Raximov Ulug‘bek Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastrini kartografik ta’minlashni takomillashtirish (Samarqand shahri misolida)”, 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3788.
Ilmiy rahbar: Isakov Erkin Xo‘jayorovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD26/26.01.2023.T.109.04.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Inamov Aziz Nizamovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Buxoro filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastrini kartografik ta’minlashni takomillashtirishda GAT dasturlaridan foydalanib atributiv ma’lumotlar bazasini yaratish hamda moddiy madaniy meros obektlarini seriali kartalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moddiy madaniy meros obektlarini texnik holatini baholash, toifalarga ajratish hamda miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olgan holda masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib kartalar yaratish mexanizmi ishlab chiqilgan;
moddiy madaniy meros obektlarining texnik holatini saqlash uchun endogen va egzogen jarayonlarni e’tiborga olib himoya zonasini belgilash, geodezik dala o‘lchash va kartografik tasvirlash usullari asosida takomillashtirilgan;
sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasi asosida aniqlangan koordinata qiymatlarini geoma’lumotlar bazasi bilan integrsiyalab, geoaxborot tizimlarida moddiy madaniy meros obektlarining mobil dasturini yaratish usuli ishlab chiqilgan;
Kotlin dasturlash tili va ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridan foydalanib moddiy madaniy meros obektlarining “Mobil GAT” onlayn kadastr ma’lumotlar bazasini yaratish, android platformada ishlaydigan mobil dastur asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastrini kartografik ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
moddiy madaniy meros obektlarini texnik holatini baholash, toifalarga ajratish asosida miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olgan holda kartalar mazmuni ishlab chiqilganligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 22-avgustdagi 08-06537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada moddiy madaniy meros obektlarining seriyali kartalarini yaratish tartibi ishlab chiqilgan;
masofadan zondlash, GAT texnologiyalari va kartografik tasvirlash usullari asosida moddiy madaniy meros obektlarining himoya zonasini belgilash usullari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 22-avgustdagi 08-06537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu usullardan moddiy madaniy meros obektlarining himoya zonasini belgilash ishlarida foydalanilgan;
geoaxborot tizimlari va geodezik o‘lchash natijalari asosida moddiy madaniy meros obektlarining mobil dasturini yaratishning algoritmi va karta yaratish usuli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 22-avgustdagi 08-06537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu algoritmni tadbiq qilish asosida moddiy madaniy meros obektlarining kartalarini tuzishda foydalanilgan;
GAT dasturlari va “MySQL” ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridan foydalangan holda moddiy madaniy meros obektlarining “control.moziy.net” ma’lumotlar bazasining boshqaruv tizimi va shu tizim asosida android platformada ishlaydigan “Moziy” nomli mobil dasturi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 22-avgustdagi 08-06537-sonli ma’lumotnomasi). Yaratilgan elektron, onlayn mobil dastur, kadastr sohasiga oid ishlarda, madaniy merosni muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni echishda katta ahamiyat kasb etadi. Joriy qilinayotgan mobil dastur yuzaga keladigan muammolarni 25-30% gacha kamaytirdi.