Ruziev Jamshid Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishqoriy er metallarining tezkor nazorati uchun fosfornomolibdenli ionoforlar asosida ion selektiv elektrodlar ishlab chiqish va ularni o‘rganish», 02.00.02- Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K663.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Ilxom Ergashboevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, proffessor; Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, proffessor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishqoriy er metallarining tezkor nazorati uchun fosfornomolibdenli ionoforlar asosida ionselektiv elektrodlar ishlab chiqish va ularning xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geteropolikislotalar (dodekamolibdenofosfot, dodekavolframofosfat) asosida ishqoriy er metallari ionlarining selektiv elektrodlari uchun yuqori sezgir membranalar sintezining optimal sharoitlari aniqlangan;
sintez qilingan Ca2+-FMK, Ba2+- FMK Sr2+-FMK va Mg2+-FMK tarkibli kompozitlarnining ionofor sifatida yuqori elektroanalitik xususiyatlarga ega ekanligini isbotlagan;
elektrod foal birikmalarning tarkibi va xossalari tekshirilgan, ularning yalpi formulasi va molekulyar og‘irligi aniqlangan;
ishqoriy er metall ionlarini aniqlashda ISE larning tarkibi 32% PVX, 5% ionofor va 63% plastifikatordan iborat hamda qalinligi 0,4-0,6 mm membranalarga mos kelganda yuqori sezgirlik va selektivlikka ega bo‘lishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan ISE larning aniqlash diapazoni, qiyalik funksiyasi, javob vaqti, xizmat muddati, aniqlash chegarasi tekshirilgan va ionlarni ekspress nazorat qilish imkoniyatlari aniqlangan;
ilk bor noorganik ionlar ishtirokida Ca+2, Mg+2, Sr+2 va Ba+2 ionlariga nisbatan FMK asosidagi ISE larning selektivligi baholangan. Elektroaktiv birikmalar tarkibi va ular membranalarining selektivligi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
ISE lar yordamida oqova, er osti va er usti suvlari tarkibida Ca+2, Mg+2, Sr+2 va Ba+2 ionlarini aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishqoriy er metallarining tezkor nazorati uchun fosfornomolibdenli ionoforlar yordamida ion selektiv elektrodlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kalsiy, stronsiy va magniy selektiv elektrodlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning ekologik laboratoriyasida amaliyotiga joriy qilingan (Gazni qayta ishlash zavodi AJning 2023 yil 20 sentyabrdagi 819-GK-09-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori selektivlik va sezgirlik bilan Mg+2, Ca+2 va Sr+2 ionlarini aniqlash imkoniyat yaratilgan.
Ion selektiv elektrodlar “GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston–Shveysariya qo‘shma korxonasida tarkibida kalsiy, stronsiy, magniy ionlari bo‘lgan obektlar analizida amaliyotga joriy etilgan (“GISSARNEFTGAZ” QKning 2023 yil 19 sentyabrdagi 755-02GNG-09-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suvni isitish qozonxonalariga berilayotgan suvning qattiqligini yuqori sezgirlik va ekspresslikda aniqlash imkonini bergan.