Mengnorov Almardon Abdirahmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt896 Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saidakbarov Xaydar Xodjimuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Abdullaev Ravshan Voxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Murodov Sherzodbek Murod o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollarini aniqlash va baholash bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi va ichki oziq-ovqat bozorlaridagi raqobatlar ta’sirini hisobga olgan holda meva-sabzavot mahsulotlarini miqdor va sifat indikatorlari asosida tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
mavsum omili ta’sirida meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan bozor narxlarining o‘zgarish ehtimolini inobatga olgan holda ishlab chiqaruvchi sub’ektlar ko‘radigan foyda (zarar)ni hisoblash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
meva-sabzavotchilik tarmog‘i bilan bog‘liq barcha sub’ektlar, idora va tashkilotlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar tizimini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi raqamli elektron platforma ishlab chiqilgan, uning tarkibi va vazifalari asoslangan;
respublika meva-sabzavotchilik tarmog‘ini 2030 yilgacha qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘jallangan rivojlantirish ssenariylari va meva-sabzavot mahsulotlari hajmining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
Qishloq xo‘jaligining rivojlanish indikatorlarini miqdoriy va sifat jihatidan tahlil qilish hamda respublika agrar sektorining tashqi va ichki bozor muhitini, ustuvor yo‘nalishlarini asoslash va kelajakdagi tendensiyalarning ta’sirini hisobga oluvchi prognozlar tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27-dekabrdagi 05/032-5109-son ma’lumotnomasi). Natijada, bozor va eksportga yo‘naltirilgan aqlli qishloq xo‘jaligi va uning meva-sabzavotchilik tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan tegishli dastur va chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining mavsum omili ta’sirida o‘zgarish ehtimolligini belgilashga oid uslubiy yondashuv Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil
27-dekabrdagi 05/032-5109-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuv oziq-ovqat bozori va uning segmentlaridagi o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishdan olinadigan daromad ko‘rsatkichlari, rentabellik va xarajatlari, mahsulot tannarxi, ularni sotish kanallari, oziq-ovqat va resurslar bozorlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratgan;
meva-sabzavotchilik tarmog‘ida katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlash jarayonlarini uyg‘un tarzda monitoring qilish va avtomatlashtirishga qaratilgan integratsiyalashgan tizimni tashkil etish bo‘yicha takliflari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27-dekabrdagi 05/032-5109-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika miqyosida va hududlar kesimida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining elektron platformasini raqamli iqtisodiyot jarayonlari bilan integratsiyalashni ta’minlash, mahsulotlar harakatini boshqarish, narx siyosatini takomillashtirish kabi masalalarga bog‘liq ma’lumotlardan barcha sub’ektlar tomonidan maqsadli va manzilli foydalanish imkoniyati yaratilgan;
meva-sabzavotchilik tarmog‘ini 2030 yilgacha qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘jallangan rivojlantirish ssenariylari va meva-sabzavot mahsulotlari hajmining prognoz parametrlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27-dekabrdagi 05/032-5109-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavot mahsulotlarini eksport hajmi 2023 yilga nisbatan 2030 yilda 60 foizga yuqori bo‘lishligi, ushbu yillarga mos ravishda yalpi mahsulot hajmi istiqbolda 11799,7 ming tonnani tashkil etishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish