Kamalova Aynura Ilalatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida qishloq xo‘jalik hayvonlarining ektoparazitlarini tarqalishi va oldini olish choralari”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/V54
Ilmiy rahbar: Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Aktam Gafurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Taylakov Tolib Isakulovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog'iston sharoitidagi qoramolchilik va qo‘ychilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda ektoparazitlarning epizootologiyasini va mavsumiy dinamikasini o‘rganish hamda ularga qarshi yuqori samarador usullarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog'iston sharoitida qishloq xo‘jalik hayvonlarida ektoparazitlarning epizootologiyasi o‘rganilgan va qoramollarning 70-80 % hamda qo‘ylarning 80-82 foizi 12 ta turga mansub ektoparazitlar bilan zararlanganligi aniqlangan;
ektoparazitlar bilan zararlangan qoramollarning qon ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, qondagi asosiy o‘zgarishlar, yani gemoglobin miqdori meyorga nisbatan 16,7 foizgacha, eritrotsitlar miqdorini 20,0 foizgacha kamayishi, eozonofillar miqdorini me’yorga nisbatan 15,0 foizgacha, limfotsitlar miqdorining esa 12,0 foizgacha oshishi aniqlangan;
qishloq xo‘jalik hayvonlarini ektoparazitlardan himoya qilishda yangi «Alpha-shakti» 10% EC piretroid preparatini samarali insektoakaritsid 0,03 foizli kontsentratsiyasi aniqlanib tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
ektoparazitozlarga qarshi o‘tkazilgan davolash va profilaktika chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi o‘rganilib, sarf qilingan 1 so‘m xarajatga 5,2 so‘m sof daromad keltirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shorva mollarining ektoparazitlariga qarshi kurashish yuqori samarador piretroid preparatlarning samaradorligini aniqlash borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Alpha-shakti preparatining chorvachilikda ektoparazitlarga qarshi qo‘llanilishi» (2022) tavsiyanoma tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi 02/23-531-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilish natijasida xo‘jaliklarni ushbu kasalliklardan sog'lomlashtirish imkoni yaratilgan.
Qoraqalpog'iston Respublikasining zoobiotsenozlarida, ya’ni Nukus hamda Qorao‘zak tumanlaridagi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi qaramog'idagi chorva hayvonlarida tekinxo‘rlik qiluvchi ektoparazitlarga qarshi «Alpha-shakti» (piretroid 10% k.e.) preparatining 0,03 foizli kontsentratsiyalari yuqori terapevtik va insektitsid samara ko‘rsatishi aniqlangan hamda amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi 02/23-531-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramol va qo‘ylarda parazitozlarni davolash va oldini olishga sarflangan 1 so‘m xarajatga 5,2 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan;
«Alpha-shakti» preparatining chorvachilikda ektoparazitlarga qarshi qo‘llanilishi» nomli tavsiyanoma (2022) chop etilgan. Ushbu ishlab chiqilgan ilmiy echimlar asosida fermer va xususiy aholi qaramog'idagi chorva hayvonlarining parazitozlarini oldini olish va davolashda yangi o‘zimizda va xorijda ishlab chiqarilgan samarali veterinariya preparatlari amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 30 noyabrdagi 02/23-531-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amaliyotda qo‘llash natijasida chorva hayvonlari orasida ektoparazitozlarning oldini olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish