Kamilova Sevara Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fond bozori institusional tuzilmalarining investisiya faolligini oshirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2766.
Ilmiy rahbar: Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Susanna Seyranovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fond bozori institusional tuzilmalarining investisiya faolligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fond birjasida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va er uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish taklif etilgan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan mahalliy emitentlar o‘z aksiyalarini dastlab fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra xorijiy fond bozorlarida joylashtirish taklif etilgan;
kraudfanding vositalarini keng joriy etish orqali mahalliy kapital bozoriga investorlarni jalb qilish 15 foizga oshirish asoslangan;
jamiyatning IPO orqali kapitalni kamida 10 foizga oshirish ko‘zlagan aniq maqsadni (equity story) belgilash asosida xo‘jalik sub'ektlarining IPO jarayonlarida samarali harakatini ta’minlash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fond bozori institusional tuzilmalarining investisiya faolligini oshirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va er uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish  taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida» Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 14 fevraldagi 05-10/284-son ma’lumotnomasi). Natijada, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investisiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk ob'ektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan.
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan mahalliy emitentlar o‘z aksiyalarini dastlab fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra xorijiy fond bozorlarida joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 14 fevraldagi 05-10/284-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy emitentlar tomonidan aksiyalarini xorijiy fond bozorlarida joylashtirish mexanizmi takomillashtirilgan.
kraudfanding vositalarini keng joriy etish orqali mahalliy kapital bozoriga investorlarni jalb qilish 15 foizga ortishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 14 fevraldagi 05-10/284-son ma’lumotnomasi). Natijada, emitentlar sonini ko‘paytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruvni rivojlantirish orqali taklifni oshirish mexanizmi takomillashtirilgan.
jamiyatning IPO orqali kapitalni kamida 10 foizga oshirish ko‘zlagan aniq maqsadni (equity story) belgilash asosida xo‘jalik sub'ektlarining IPO jarayonlarida samarali harakatini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 446-son qarori bilan tasdiqlangan «2022-2023 yillarda davlat ishtirokidagi yirik jamiyatlar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»«da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 14 fevraldagi 05-10/284-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik sub'ektlarining IPO jarayonlarini o‘tkazish mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish