Abbosxonova Fotimaxon Xasan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Koronavirus infeksiyasidan keyin bemorlarda alopesiyani tashxislash va davolashga personal yondashuv. 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2747.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.29.01.
Rasmiy opponenetlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Toirov Bobur Akbarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II.   Tadqiqotning maqsadi organizmning vitamin va mikroelement statusini hisobga olgan holda shaxsiy yondashuvni joriy etish orqali koronavirus infeksiyasidan keyin bemorlarda alopetsiyani tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasidan keyingi diffuz alopesiya kechishining jinsga xos xususiyatlari aniqlangan, jumladan, erkaklar o‘rtasida 90% hollarda diffuz alopesiyaning androgen shaklining qaytalanishi ustunlik qiladi, ayollarda esa diffuz alopesiyaning telogen shakli ko‘proq rivojlanishi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasidan so‘ng alopesiyaning diffuz shakli bilan og‘rigan bemorlarda ayrim ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada kamayishi isbotlangan, jumladan, rux mikroelementi alopesiyaning telogen shakli bilan og‘rigan bemorlarda 1,21-1,45 marta, androgen shakli bilan og‘rigan bemorlarda esa 0,87-1,12 marta, selen mikroelementi alopesiyaning telogen shakli bilan og‘rigan bemorlarda 2,01 - 2,74 marta va alopesiyaning androgen shakli bo‘lgan bemorlarda 1,14 - 1,92 marta kamayishi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasidan keyingi alopesiyaning telogen shakli bilan og‘rigan bemorlarda gemoglobin 0,14-0,2 marta, B12 vitamini 1,64-1,93 marta, D vitamini 0,22-0,38 marta kamayishi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasidan keyingi alopesiyada Vitamineralle vitamin-mineral kompleksni va «Fatiderm+» spreyni qo‘llash, shuningdek, lazeroterapiya usullaridan foydalanish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasidan so‘ng DA bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida “Korreksiya mikroelementnogo statusa pri postkovidnoy alopesii” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspertlar kengashining 24.08.2023 yil 08/23-26-x-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma koronavirus infeksiyasidan keyin alopesiyani tashxislash va davolash algoritmini takomillashtirish imkonini berdi.
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan so‘ng alopesiyaning diffuz shakli bilan og‘rigan bemorlarda ko‘rsatkichlar sezilarli darajada kamayishi isbotlangan, jumladan telogen alopesiya bilan kasallangan bemorlarda rux 1,21-1,45 martaga, alopesiyaning androgen shakli bo‘lgan bemorlarda esa 0,87-1,12 martaga kamayadi, selen mikroelementi telogen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda 2,01 - 2,74 marta va alopesiyaning androgen shakli bo‘lgan bemorlarda 1,14 - 1,92 marta kamayishi haqida Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserida 8-iyun` 2023 yildagi 53-son buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan teri-tanosil va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filialida 19-iyun` 2023 yildagi 51-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan ma’lumotlar ayollarda telogen alopesiya va erkaklarda androgen alopesiya rivojlanish xavfini bashorat qiluvchi marker sifatida mikroelementlarning (sink, selen) kamayishidan foydalanishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diagnostik chora-tadbirlar ro‘yxatiga sochlarning mikroelementlar tarkibini o‘rganishni kiritish soch to‘kilishining klinik kechishini bashorat qilish imkonini beradi va ushbu patalogiyani davolashni yaxshilash imkoniyatini yaratadi. Biz taklif etayotgan soch to‘kilishining turli shakllariga tashxis qo‘yish usuli uchun 129 nafar sarf qilinadigan byudjet mablag‘laridan 11 165 337 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 13 265 337 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni tejash imkonini bergan. Xulosa: Mikroelementlarning spektrometrik tahlili bemorlarda qaysi mikroelementlar etishmasligini aniqlash uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet bo‘lgan  byudjet mablag‘larini 86 553 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan so‘ng diffuz alopesiyaning telogen alopesiya shaklida gemoglobin 0,14-0,2 marta, B12 vitamini 1,64-1,93 marta va D vitamini 0,22 - 0,38 marta kamayishi haqida ma’lumot berishi Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserida 8-iyun 2023 yildagi 53-son buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan teri-tanosil va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filialida 19-iyun 2023 yildagi 51-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: biokimyoviy testlar (D vitamini, B12 vitamini, ferritin va TTG) ko‘lamini hisobga olgan holda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash yo‘li bilan koronavirus infeksiyasidan keyin alopesiya rivojlanish ehtimolini kamaytirishda va bemorlarni personal usulda davolash samaradorligini oshirishni imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash kasallikning qaytalanishining oldini olish, davolashning yuqori samaradorligiga erishish uchun, maqsadli tahlillarni o‘tkazilgandan 78 nafar bemordan byudjet mablag‘lari hisobidan 9 984 000so‘m, byudjetdan tashqari davolanayotgan bemorlar uchun esa 11 872 650 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: koronavirusdan keyin rivojlangan alopesiyani zamonaviy, maqsadli va  tejamkor diagnostika  usuli orqali 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 128 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘dan 256 780 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan.
 uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan so‘ng bemorlarda diffuz alopesiya uchun “Vitamineralle” vitamin-mineral kompleksi va “Fatiderm+” spreyidan foydalanish, shuningdek, apparatli lazer terapiyasi usuli samaradorligi isbotlanishi  Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserida 8-iyun 2023 yildagi 53-son buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan teri-tanosil va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filialida 19-iyun 2023 yildagi 51-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlar uchun "Fatiderm+" spreyidan foydalanish shuningdek, fizioterapiyaning lazer apparat usullarini qo‘llashning davolanishga individual yondashuvni qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi maqsadsiz dori darmonlar va davolash usullarini qo‘llanilishi oldini olish, davolash samaradorligini oshirish va resedivlarni oldini olinishi tufayli bemor 1 kurs davo muolajasida davolash samarasini qayd etishi natijasida statsionar sharoitda 78 nafar bemorga  statsionar sharoitda kurs davo (10kunlik)  tavsiya etilgan usul orqali byudjet hisobidan 128 169 600  so‘mni  tashkil etadi, byudjetdan tashqari 133 893 160 so‘m moddiy xarajatlarini kamaytirishga erishildi. Xulosa: Ushbu tadqiqot zamonaviy, tejamkor davolash usuli orqali bemorlarda koronavirusdan keyin rivojlangan alopesiyani davolashda samaradorlikni oshirish, tatbiq natijalari  1 nafar bemorga kasallikni davolashda davolash vaqtini tejash, resedivlarni oldi olinishi hisobiga  1 643 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish