Hayitov Abdulaziz Haydar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 pandemiyasi davrida o‘tkir respirator infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlari», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2932.
Ilmiy rahbar: Atoeva Mashhura Abrorovna, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mustanov Abdusamad Norsaatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 pandemiyasi davrida o‘tkir respirator infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor SARS-CoV-2 va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari o‘rtasida «biologik» ko‘rinishdagi interferensiya hodisasi isbotlangan;
ilk bor SARS-CoV-2 virusi mavsumiy grippning A (H1N1) shtammlarini siqib chiqarganligi, rinovirus va RSV viruslarini sirkulyasiyasi pandemiyalararo darajada saqlanib qolganligi asoslangan;
COVID-19 pandemiyasi davrida shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda bakterial koinfeksiya rivojlanishida gramm-manfiy mikroflora va zamburug‘lar ahamiyati ortganligi isbotlangan;
o‘tkir respirator virusli infeksiyalar epidemiyasiga qarshi va ularni bakteriologik asoratlarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlari takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 27 dekabrdagi 23-Z/105-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor SARS-CoV-2 va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari o‘rtasida «biologik» ko‘rinishdagi interferensiya hodisasi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: pandemiya davrida qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasida biologik ko‘rinishdagi interferensiya hodisasini inobatga olgan holda, epidemiyaga qarshi hamda profilaktik chora-tadbirlarni qayta ishlab chiqib amalga oshirish tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyat boshqarmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №56), hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha buyruq (20.04.2023 y.: №27) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: SARS-CoV-2 va gripp viruslari o‘rtasida interferensiya fenomeni mavjudligi, o‘tkazilgan va xorijiy tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlanganligi sababli, kelgusida qayd etilishi mumkin bo‘lgan epidemiya mavsumi uchun bashorat ko‘p jihatdan kasallikning tarqalishiga, SARS-CoV-2ning o‘zgaruvchanligi va yangi variantlarning paydo bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pandemiya davrida qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasida «biologik» ko‘rinishdagi interferensiya hodisasini inobatga olgan holda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlardan 720 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Pandemiya davrida qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasida biologik ko‘rinishdagi interferensiya hodisasini inobatga olgan holda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlardan 1 720 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor SARS-CoV-2 virusi mavsumiy grippning A (H1N1) shtammlarini siqib chiqarganligi, rinovirus va RSV viruslarini sirkulyasiyasi pandemiyalararo darajada saqlanib qolganligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: pandemiya davrida SARS-CoV-2 virusi gripp virusini o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari tarkibidan siqib chiqarishi natijasida gripp virusining sirkulyasiyasida pasayishini inobatga olgan holda, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining birlamchi tizimida gripp epidemiyasiga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar rejasini qayd etilish holatiga ko‘ra qayta ishlab chiqish tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyat boshqarmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №56), hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha buyruq (20.04.2023 y.: №27) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: SARS-CoV-2ning paydo bo‘lishi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarkibida gripp viruslari ulushining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi, pandemiyaning muayyan davrlarida gripp bilan kasallanish holatlari deyarli aniqlanmagan. Shu bilan birga, O‘RVI tarkibida SARS-CoV-2ning dominantligi fonida boshqa O‘RVI qo‘zg‘atuvchilarining (adenovirus, rinovirus, RSV va boshqalar) nisbiy ulushi barqarorligicha qoldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SARS-CoV-2 virusi gripp virusini o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari tarkibidan siqib chiqarishi natijasida gripp virusining sirkulyasiyasida pasayishini inobatga olgan holda, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiyalarni bashoratlash imkonini beradi va har 1 nafar bemor uchun 1 716 000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: SARS-CoV-2 virusi gripp virusining sirkulyasiyada pasayishiga olib kelishi natijasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyalarni bashoratlash hisobidan har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 716 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davrida shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda bakterial koinfeksiya rivojlanishida gramm-manfiy mikroflora va zamburug‘lar ahamiyati ortganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 bilan bog‘liq pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda gramm-manfiy bakteriyalarning ustunligini hisobga olgan holda, bakteriyalarga qarshi eng maqbul preparatlarni tanlash zarurligi tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyat boshqarmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №56), hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha buyruq (20.04.2023 y.: №27) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda bakterial koinfeksiyaning «mikrobiologik peyzaji» etiologik tuzilishida grammusbat bakteriyalarning ustunligi, zamburug‘ florasining yuqori xavfi va shartli patogen qo‘zg‘atuvchilarning faollashishi bilan tavsiflangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda gram-manfiy bakteriyalarning ustunligini hisobga olgan holda, bakteriyalarga qarshi eng maqbul preparatlarni tanlash natijasida 1 nafar bemor uchun statsionar davolash xarajatlarini qisqartirish orqali 720 000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: Pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda gram-manfiy bakteriyalarning ustunligini hisobga olgan holda, bakteriyalarga qarshi eng maqbul preparatlarni tanlash hisobiga budjet mablag‘larini 720 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir respirator virusli infeksiyalar epidemiyasiga qarshi va ularni bakteriologik asoratlarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlari takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni rejalashtirish uchun infeksiya manbaini aniqlashda virusologik tekshiruvlar bilan birgalikda bakteriologik tekshiruvlar (gramm-manfiy mikroorganizmlar, zamburug‘lar) ham o‘tkazilishi zarurligi tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyat boshqarmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №56), hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha buyruq (20.04.2023 y.: №27) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: pandemiya davrida gripp va O‘RVI epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish maqsadida, epidemik jarayonning barcha bo‘g‘inlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarga quyidagicha qo‘shimchalar kiritildi. Masalan, kasallik manbaiga nisbatan o‘tkaziladigan laborator tekshirish (PZR, Ekspress- test) asosida qo‘zg‘atuvchi virus turini aniqlash bilan bir qatorda, pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradigan koinfeksiyalarni aniqlash maqsadida bakteriologik tekshirish usullarini ham amalga oshirish zarurligi nazarda tutilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradigan koinfeksiyalarni oldini olish maqsadida bakteriologik tekshirish natijasida har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 760 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha kasallik manbai hamda moyil organizmga nisbatan virusologik tekshirish bilan parallel ravishda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradigan koinfeksiyalarni oldini olish maqsadida bakteriologik tekshirish usullarini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini
760 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «COVID-19 pandemiyasi davrida o‘tkir respirator infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlari» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 18 apreldagi 04/2353-sonli xat yuborilgan.