Madaminov Faxriddin Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona viloyati sharoitida COVID-19 assotsirlangan o‘pkaning aspergillyozi», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2254.
Ilmiy rahbar: Tilavberdiev  Shuxrat Artikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 assotsirlangan o‘pkaning aspergillyozining tashxislash va davolash yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 tashxisi bilan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi bemorlarda antibakterial terapiya samarasizligi, saturatsiya ko‘rsatkichlari past saqlanib turishi, tana xarorati yuqori darajada saqlanib turishi opportunistik invaziv aspergillyozda asosiy klinik omil ekanligi  asoslangan;
COVID-19 bilan xastalangan asoratli bemorlarning  qon zardobi, balg‘ami va bronxioalveolyar lavaji suyuqligida Aspergillus spp. galaktomannan antigenini aniqlash asosida kasallikni erta tashxislash yo‘li ekanligi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda invaziv aspergillyozni qo‘shilishi, bemorlarda limfotsitopeniya (CD4<350) mavjudligi, steroidlar va antimikrob dori vositalar qabul qilishi sababli rivojlanishi asoslangan;
ilk bor COVID-19 tashxisi bilan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi uzoq muddat davolanayotgan bemorlarda Aspergillus spp.  zamburug‘lariga   tekshirish tavsiya etilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023yil 22 dekabrdagi 01-02/u-t-x-07 xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 tashxisi bilan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi bemorlarda antibakterial terapiya samarasizligi, saturatsiya ko‘rsatkichlari past saqlanib turishi, tana xarorati yuqori darajada saqlanib turishi opportunistik invaziv aspergillyozda asosiy klinik omil ekanligi  asoslangan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 04.02.2022 yildagi 22 A-sonli, Viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 11.02.2022 yildagi 13 A-sonli, «Farg‘ona medikal fayzi» xususiy klinikasi bo‘yicha 18.02.2022 yildagi 1 A-sonli buyrug‘lari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 tashxisi bilan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi bemorlarda mikotik asoratlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ularni o‘z vaqtida tashxislash COVID-19 invaziv aspergillyoz bemorlarida og‘ir asoratlarning oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bemorlarida invaziv aspergillyoz kasalligini erta aniqlash, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida statsionar davolanayotgan bemorlarning o‘limi sezilarli darajada kamaygan va har bir bemorga sarf-xarajatlarni 36 mln so‘m miqdorda iqtisod qilishga olib keldi (O‘zR SSV tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha davolash 2020-yil 23-martdan 30-sentyabrgacha har bir bemor statsionar palatada davolanishi uchun kuniga 750 000 so‘mni tashkil etgan. Og‘ir axvoldagi bemorlarni davolash uchun sutkalik sarf xarajat 1,2 mln so‘mni tashkil etgan). Xulosa: Farg‘ona viloyati aholisida COVID-19 infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarni maqsadli tekshirish va davolash, har bir bemor hisobiga 36 mln so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan xastalangan asoratli bemorlarning  qon zardobi, balg‘ami va bronxioalveolyar lavaji suyuqligida Aspergillus spp. galaktomannan antigenini aniqlash asosida kasallikni erta tashxislash yo‘li ekanligi isbotlangan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 04.02.2022 yildagi 22A-sonli, Viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 11.02.2022 yildagi 13A-sonli, «Farg‘ona medikal fayzi» xususiy klinikasi bo‘yicha 18.02.2022 yildagi 1A-sonli buyrug‘lari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda invaziv aspergillyozni o‘z vaqtida aniqlash samarali etiotrop davolashni o‘tkazishni ta’minladi va ularning o‘limga olib keluvchi oqibatlarini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda invaziv aspergillyozni erta tashxislash bemorlarda kasallikning og‘ir oqibatlarga olib kelishini oldi olindi, bu esa har bir bemordan 450 000 so‘m miqdorda iqtisod qilish imkonini berdi (O‘zR SSV tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha 2020-yil 23-martdan 30-sentyabrgacha har bir bemorning statsiyonar palatada davolanishi xarajatlari kuniga 750 000 so‘mni tashkil etgan. Og‘ir axvoldagi bemorlarni davolash uchun sutkalik sarf-xarajat 1,2 mln so‘mni tashkil etgan). Xulosa: Farg‘ona viloyati aholisida COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda invaziv aspergillyozni erta tashxislash hisobiga bemorlarda kasallikning og‘ir oqibatlarga olib kelishini oldi olindi, har bir bemor hisobiga 450 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda invaziv aspergillyozni qo‘shilishi, bemorlarda limfotsitopeniya (CD4<350) mavjudligi, steroidlar va antimikrob dori vositalar qabul qilishi sababli rivojlanishi asoslangan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 04.02.2022 yildagi 22A-sonli, Viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 11.02.2022 yildagi 13A-sonli, «Farg‘ona medikal fayzi» xususiy klinikasi bo‘yicha 18.02.2022 yildagi 1A-sonli buyrug‘lari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashda limfotsitopeniyani, yondosh kasalliklarni hisobga olish, steroidlar va antibiotiklarni qo‘llashda ehtiyotkorona bo‘lish, COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda invaziv aspergillyoz qo‘shilishi oldi olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 tashxisi bilan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi uzoq muddat davolanayotgan bemorlarda Aspergillus spp. zamburug‘lariga tekshirish, ularni o‘z vaqtida aniqlash, samarali etiotrop davolash Farg‘ona viloyati sharoitida COVID-19 infeksiyasini og‘ir oqibatlari bilan statsionar davolanish muddati o‘rtacha 25-30 kun bo‘lsa, bu muddat 15-20 kunga qisqardi. Bu esa har bir reanimatsiyada yotgan bemor hisobiga 12 mln so‘m miqdorida iqtisod qilinishiga olib keldi (O‘zR SSV tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha 2020-yil 23-martdan 30-sentyabrgacha har bir bemorning statsianar palatada davolanishi xarajatlari kuniga 750000 so‘mni tashkil etgan. Og‘ir axvoldagi bemorlarni davolash uchun sutkalik sarf xarajat 1,2 mln so‘mni tashkil etgan). Xulosa: Farg‘ona viloyati aholisida COVID-19 tashxisi bilan reanimasiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi uzoq muddat davolanayotgan bemorlarda Aspergillus spp. zamburug‘lariga tekshirish, ularni o‘z vaqtida aniqlash, samarali etiotropik davolash, har bir bemor hisobiga 12 mln so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 tashxisi bilan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi uzoq muddat davolanayotgan bemorlarda Aspergillus spp. zamburug‘lariga   tekshirish tavsiya etilishi asoslangan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 04.02.2022 yildagi 22A-sonli, Viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 11.02.2022 yildagi 13A-sonli, «Farg‘ona medikal fayzi» xususiy klinikasi bo‘yicha 18.02.2022 yildagi 1A-sonli buyrug‘lari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 tashxisi bilan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlaridagi uzoq muddat davolanayotgan bemorlarda Aspergillus spp. zamburug‘lariga   tekshirish, ularni o‘z vaqtida aniqlash, samarali etiotropik davolash, o‘lim holatlarini sezilarli darajada kamaytirish va samarali profilaktika qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan tashxislash va davolash algoritmlarini qo‘llash natijasida ixtisoslashgan shifoxonalarda yotoqlar sonini, yotoq kunlarini kamaytirish va o‘lim holatlar sonini kamaytirishga erishilgan. Bu har bir bemor uchun moliyaviy xarajatlar ulushini 25 foizga tejashga imkon bergan. Bu esa har bir reanimatsiyada yotgan bemor hisobiga 9 mln so‘m miqdorida iqtisod qilinishiga olib keldi (O‘zR SSV tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha 2020-yil 23-martdan 30-sentyabrgacha har bir bemorning statsiyonar palatada davolanishi xarajatlari kuniga 750000 so‘mni tashkil etgan. Og‘ir axvoldagi bemorlarni davolash uchun sutkalik sarf xarajat 1,2 mln so‘mni tashkil etgan). Xulosa: Farg‘ona viloyati aholisida COVID-19 assotsirlangan o‘pkaning aspergillyozi bilan xastalangan bemorlarni ishlab chiqilgan tashxislash va davolash algoritmlarini qo‘llash natijasida ixtisoslashgan shifoxonalarda yotoqlar sonini, yotoq kunlarini kamaytirish va o‘lim holatlar sonini kamaytirishga erishilgan. Bu har bir bemor uchun moliyaviy xarajatlar ulushini 25 foizga tejashga imkon bergan. Bu esa har bir reanimatsiyada yotgan bemor hisobiga 9 mln so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2023 yil 15 dekabrdagi 21-15-2469-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish