Annakulov Kamol Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozorida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2255.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tula Nodir Baxodir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat bozorida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish omillarining mazmuni, harakat yo‘nalishi, ta’sir ko‘rsatish ob’ektlari hamda bitiruvchilar raqobatbardoshligini rivojlantirish va amalga oshirishni ta’minlaydigan sub’ektlarning takomilshatirilgan tasnifi ishlab chiqilgan;
bitiruvchilar raqobatbardoshligini integral baholash uslubi ularning umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari tizimi hamda bu ko‘rsatkichlarning ish beruvchi uchun qiymatini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
shaxsning mehnat bozoridagi iqtisodiy harakati, oylik maosh me’yori va karera imkoniyati, bitiruvchining boshqa nomzodlardan afzal raqobat xususiyatlarini namoyon qilishi kabilarga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini ular ishga joylashish jarayonida ro‘yobga chiqarish modeli takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning talabalarni maqsadli intensiv tayyorlash shaklini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Tarmoq oliy ta’lim muassasasi – korxona – ish beruvchi” tizimi faoliyatining samarali mexanizmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozorida OTM bitiruvchilari raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish omillarining mazmuni, harakat yo‘nalishi, ta’sir ko‘rsatish ob’ektlari hamda bitiruvchilar raqobatbardoshligini rivojlantirish va amalga oshirishni ta’minlaydigan sub’ektlarning takomillashtirilgan tasnifidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ijrosini ta’minlashda tuman (shahar) bandlik va tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini isloh qilish, ya’ni ularni «xizmat ko‘rsatish»dan «muammoni echish» modeliga bosqichma-bosqich o‘tkazishda keng foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 16 martdagi 01/00-04/10-1582-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kompleks yondoshuviga ko‘ra davlat, mahalliy davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish idoralari, aholi bandligi xizmati, ish beruvchilar, OTMlar, OTMlar qoshidagi bandlik markazlari jamoat tashkilotlari va boshqalarning harakatlarini muvofiqlashtirish zarururatiga ko‘ra raqobatbardoshlik omillari tasnifiga ko‘ra ta’sir ko‘rsatish markazi – sub’ekt nuqtai nazaridan amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi ochib berilgan;
bitiruvchilar raqobatbardoshligini integral baholash uslubi ularning umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari tizimi hamda bu ko‘rsatkichlarning ish beruvchi uchun qiymatini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmonining ilovsi bilanlan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning 170-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 16 noyabrdagi 03/17-3307-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarning raqobatbardoshligini integral baholash orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash imkoniyatlarini oshirish hamda mehnat bozoridagi talab va taklifni muvofiqlashtirish imkonini bergan.
shaxsning mehnat bozoridagi iqtisodiy harakati, oylik maosh me’yori va karera imkoniyati, bitiruvchining boshqa nomzodlardan afzal raqobat xususiyatlarini namoyon qilishi kabilarga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini ular ishga joylashish jarayonida ro‘yobga chiqarishni takomillashtirilgan modelidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-366-son qarori 3-ilova “2022 – 2024 yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” 1-bo‘lim “Norasmiy bandlikni tahlil qilish” 1-, 2- va 3-bandlar  ijrosini ta’minlashda keng foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 16 martdagi 01/00-04/10-1582-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bitiruvchilar raqobatbardoshligini ularning ishga joylashish jarayonida ro‘yobga chiqarish jarayonida uslubiy-amaliy jihatdan tegishli qarorlar qabul qilish, mehnat faoliyatining ehtimoliy variantlarini belgilash, bitiruvchining ijtimoiy-iqtisodiy holati va tanlov asosida shaxsiy-sub’ektiv me’yorlar (maqsadlar)ni baholash, bitiruvchining mehnat sharoitiga nisbatan talablari va ish beruvchining xodim kasbiy malakasi va boshqa muhim sifatlariga nisbatan talablarini rejalashtirish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan. Bu esa o‘z navbatida norasmiy bandlik ulushini qisqartirishda muhim omillardan ekanligini asoslangan.
oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning talabalarni maqsadli intensiv tayyorlash shaklini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Tarmoq oliy ta’lim muassasasi – korxona – ish beruvchi” tizimi faoliyatining samarali mexanizmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmonning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsesiyasi”ning 3-bob 5-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 16 noyabrdagi 03/17-3307-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ish beruvchilar talablarini inobatga olgan xolda talabalarining kasblarni egallashi, ish beruvchilar uchun maqsadli shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarning ta’lim jarayonini nazorat va monitoring qilish, shuningdek, xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni kuzatib borish hamda shu orqali oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari o‘rtasidagi ishsizlik darajasini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish