Babajanov Davronbek Jumamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Foyda solig‘i soliq ma’murchiligini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2190
Ilmiy rahbar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi foyda solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foyda solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar zararlarini kelgusi davrga o‘tkazish bo‘yicha Soliq kodeksida belgilangan hisob-kitoblarga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan oshib ketishi mumkin emasligiga oid me’yorni bekor qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish taklifi asoslangan;
foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadining amaldagi chegaraviy miqdorini ikki baravar oshirish orqali mazkur toifadagi soliq to‘lovchilarning hisobdorligini soddalashtirish hamda aylanma mablag‘larining oldindan byudjetga olib qo‘yilishi holatlarini tartibga solish asoslangan;
banklar tomonidan zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan normalarning 80 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda chegiriladigan xarajatlar tarkibiga kiritilishini joriy etish asosida yuridik shaxslar tomonidan to‘lanishi zarur bo‘lgan soliqlarni undirish hamda soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi oshirish taklifi asoslangan;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni to‘langandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtirilishi va unga belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi tartibini kiritish orqali foyda solig‘i to‘lovlarining byudjetga o‘z vaqtida tushishini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Foyda solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
foyda solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar zararlarini kelgusi davrga o‘tkazish bo‘yicha Soliq kodeksida belgilangan hisob-kitoblarga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan oshib ketishi mumkin emasligiga oid me’yorni bekor qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 333-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 8-fevraldagi 18/1-09865-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq xizmati organlari tomonidan bu jarayon natijasi yuzasidan soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hisob-kitob qilishda qulay imkoniyat yaratilgan;
foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadining amaldagi chegaraviy miqdorini ikki baravar oshirish orqali mazkur toifadagi soliq to‘lovchilarning hisobdorligini soddalashtirish hamda aylanma mablag‘larining oldindan byudjetga olib qo‘yilishi holatlarini tartibga solish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 340-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 7-noyabrdagi 14/1-111218-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida daromadi 5 mlrd. so‘mdan 10 mlrd. so‘mgacha miqdorni tashkil etgan korxonalar tomonidan bo‘nak to‘lovi ma’lumotnomasi toprishi hamda har oyda soliq to‘lash majburiyatidan ozod etilib, aylanma mablag‘lari oldindan byudjetga olib qo‘yilishining oldi olingan va ularning investision imkoniyatini oshirgan;
banklar tomonidan zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan normalarning 80 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda chegiriladigan xarajatlar tarkibiga kiritilishini joriy etish asosida yuridik shaxslar tomonidan to‘lanishi zarur bo‘lgan soliqlarni undirish hamda soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi oshirish taklifi Soliq kodeksining 315-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 8-fevraldagi 18/1-09865-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuridik shaxslarning to‘lanishi zarur bo‘lgan soliqlarni undirishning qulay mexanizmi yaratilgan hamda soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi oshishiga ijobiy ta’sir qilgan;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni to‘langandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtirilishi va unga belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi tartibini kiritish orqali foyda solig‘i to‘lovlarining byudjetga o‘z vaqtida tushishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 347-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 8-fevraldagi 18/1-09865-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foyda solig‘i to‘lovchilarinig byudjetga soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida tushishi va soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi oshishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish