Irnazarov Shuxrat Ismatullaevichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy va ang‘izida etishtirilgan takroriy ekinlarni o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligiga mineral o‘g‘itlar ta’sirining ilmiy asoslari”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Qx225.
Ilmiy maslahatchi: Tellyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Bobomirzaev Pirnazar Xursandovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Mirzaev Lutfulla Aribjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining tipik va och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyda etishtirishda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning bug‘doy, takroriy tariq va mosh ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatining turli iqlim sharoitlarida turli me’yorlarda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning asosiy ekin kuzgi bug‘doy o‘simliklarining o‘sib, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri va uning ang‘izida etishtirilgan takroriy ekinlar tariq va moshga keyingi ta’siri o‘rganilgan hamda ilmiy asoslangan;
mineral o‘g‘itlarning N210P150K100 me’yori kuzgi bug‘doyning dala unuvchanligi, maysalar saqlanuvchanligi, rivojlanish davrlarining davomiyligi, fotosintetik faoliyati, hosil biometrik ko‘rsatgichlari, don sifati va hosildorlikning yuqori bo‘lishiga (och tusli bo‘z tuproqlar - 80,4 s/ga, tipik bo‘z tuproqlar - 81,6 s/ga) ijobiy ta’siri aniqlangan;
oziqlantirishning yuqori (N210P150K100) foni ang‘izida takroriy etishtirilgan tariqning o‘sishi, rivojlanishi, organik moddalar to‘plashi, hosil strukturasi va hosildorligiga (och tusli bo‘z tuproqlar - 27,8 s/ga, tipik bo‘z tuproqlar - 28,3 s/ga) keyingi ijobiy ta’siri aniqlangan;
ang‘izda etishtirilgan moshning o‘sishi, rivojlanishi, umumiy, to‘la qiymatli dukkaklar va ildizida tuganaklar hosil bo‘lishi va hosildorligiga (och tusli bo‘z tuproqlar - 19,2 s/ga, tipik bo‘z tuproqlar - 19,8 s/ga) kuzgi bug‘doy oziqlantirilishida qo‘llanilgan mineral o‘g‘it me’yorlarining keyingi samarali ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doy etishtirishda mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlari aniqlangan hamda ang‘izida tariq va mosh ekinlari etishtirib, bir yilda gektaridan 108,2/109,9 s/ga don hosili olishga erishilgan va iqtisodiy jihatidan baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z va tipik bo‘z tuproqlari sharoitida sug‘oriladigan bir yilda ikki marta don hosili etishtirish tizimida mineral o‘g‘itlarning asosiy ekin kuzgi bug‘doyga va keyingi takroriy ekinlarga ta’sirini ilmiy asoslash va joriy etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“Janubiy mintaqalar sharoitida bir yilda ikki marta don hosili etishtirishda mineral o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2022 yil 21 iyundagi 01/862 - son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlar etishtiradigan agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklarida mo‘l hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
bir yilda ikki don hosili etishtirish tizimida asosiy ekin sifatida etishtirilgan kuzgi bug‘doy mineral o‘g‘itlarning oshirilgan me’yor va nisbati bilan (N210P150K100) oziqlantirish Kasbi tumani “Saidmamat Polvon Saidov” f/x - 24 ga (och tusli bo‘z tuproqlar) maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi №04/22-04/7624 - son ma’lumotnomasi). Natijada, 77,1 s/ga don hosili, 1389 ming so‘m sof foyda, 48,6 % rentabellikka erishilgan. Ang‘izida takroriy ekin sifatida mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmasdan tariq etishtirilganda, tuproqdagi mineral o‘g‘itlar qoldiqlari hisobiga hosildorlik 26,4 s/ga, sof foyda 978 ming so‘m, rentabellik 59 %, mosh etishtirilganda, don hosili 18,7 s/ga, sof foyda 1147 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 69,2 % ni tashkil etgan;
Koson tumanida “Qulmonov Umir” f/x - 15 ga (och tusli bo‘z tuproqlar), “Soipov Shaxboz” f/x - 24 ga (och tusli bo‘z tuproqlar) jami 39 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi №04/22-04/7624 - son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy ekin kuzgi bug‘doydan 77,0 - 79,7 s/ga don hosili, 1385 - 1531 ming so‘m sof foyda va 48,5 - 53,6 % rentabellikka erishilgan. Ang‘izida takroriy ekin tariq etishtirilganda 21,3-26,8 s/ga don hosili, 475-1018 ming so‘m sof foyda, rentabellik 28,7-61,4 % ga teng bo‘lgan. Mosh etishtirilganda, 18,8-18,6 s/ga don hosili, 1167-1137 ming so‘m sof foyda, rentabellik darajasi 70,4-68,6 % ni tashkil etgan;
Mirishkor tumanida “Saxovat” f/x - 30 ga (och tusli bo‘z tuproqlar), “Chaman tuhfasi” f/x - 30 ga (och tusli bo‘z tuproqlar) maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi №04/22-04/7624 - son ma’lumotnomasi). Natijada, 76,8-79,4 s/ga bug‘doy don hosili, 1165-1518 ming so‘m sof foyda, 50,0-53,1% rentabellikka erishilgan. Ang‘izida takroriy tariq etishtirilganda 24,4-25,8 s/ga don hosili, 778-918 ming so‘m sof foyda, rentabellik 47,0-55,4 % ga teng bulgan. Mosh etishtirilganda, 17,5-17,4 s/ga don hosili, 972-962 ming so‘m sof foyda, rentabellik darajasi 58,6-58,0 % ni tashkil etgan;
Nishon tumani “Turaqulov Ravshan” f/x ning 36 ga (och tusli bo‘z tuproqlar) maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi №04/22-04/7624 - son ma’lumotnomasi). Natijada, 78,9 s/ga bug‘doy don hosili, 1490,6 ming so‘m sof foyda, 52,1 % rentabellikka erishilgan. Takroriy tariq etishtirilganda 26,6 s/ga don hosili, 998,6 ming so‘m sof foyda, rentabellik 60,2 % ga teng bo‘lgan. Mosh etishtirilganda 18,8 s/ga don hosili, 1162 ming so‘m sof foyda, rentabellik darajasi 70,1 % ni tashkil etgan;
Yakkabog‘ tumanida jami 60 ga (tipik bo‘z tuproqlar) joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi №04/22-04/7624 - son ma’lumotnomasi). Natijada, 78,1 - 79,1 s/ga don hosili, 1446,5 – 1499,8 ming so‘m sof foyda, 50,6 - 52,5 % rentabellikka erishilgan. Ang‘izida takroriy ekin tariq etishtirilganda 26,0-25,3 s/ga don hosili, 938,6-875,3 ming so‘m sof foyda, rentabellik 56,6-52,8 % ga teng bo‘lgan. Mosh hosili 17,7-17,8 s/ga, 1002,0-1012,0 ming so‘m sof foyda, rentabellik darajasi 60,4-61,0 % ni tashkil etgan.