Mamatqulova Lobar O‘rolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tomchilatib sug‘orishda urug‘lik g‘o‘zani parvarishlashning agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.02– Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD./Qx.653.
Ilmiy rahbar: Durdiev Normat Hasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xasanov Maksud Marifovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tomchilatib sug‘orish texnologiyasida urug‘lik uchun etishtiriladigan Buxoro-10 g‘o‘za navining sug‘orish tartiblari va mineral o‘g‘it me’yorlarini ishlab chiqish hamda yuqori urug‘lik paxta hosili etishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tomchilatib sug‘oriladigan urug‘lik paxta uchun etishtirilgan Buxoro-10 g‘o‘za navini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-65% tartibda sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
urug‘lik chigit uchun etishtirilgan o‘rta tolali Buxoro-10 g‘o‘za navini egatlab sug‘orilganda mineral o‘g‘itlarni N-250, P-175, K-125 kg/ga, tomchilatib sug‘orilganda N-200, P-140, K-100 kg/ga me’yorda qo‘llash samarali ekanligi aniqlangan;
och tusli bo‘z tuproqlarda urug‘lik uchun ekilgan Buxoro-10 g‘o‘za navini tomchilatib sug‘orishda 2-5-2 tizimda gullashgacha 280-300 m3/ga, gullash-hosil to‘plash davrida 370-390 m3/ga, pishish davrida esa 300-310 m3/ga me’yorlarda jami 9 marta sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
tomchilatib sug‘orish texnologiyasida mineral o‘g‘itlarni suvda eritib qo‘llash hisobiga g‘o‘zaning o‘sish-rivojlanishi yaxshilanib, ko‘saklar soni 1,2-2,3 dona, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 0,5-1,3 g, 1000 dona chigit vazni 7,4-9,9 g yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Curxondaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tomchilatib sug‘orish usulida urug‘lik g‘o‘za etishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
g‘o‘za urug‘chiligi fermer xo‘jaliklari uchun «Tomchilatib sug‘oriladigan maydonlarda Buxoro-10 g‘o‘za navidan sifatli urug‘lik paxta etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6-oktyabr №21-06/1161-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma g‘o‘za urug‘chiligi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tomchilatib sug‘orishda o‘rta tolali “Buxoro-10” g‘o‘za navidan urug‘lik paxta etishtirish uchun ChDNSga nisbatan 75-75-65% tartibda sug‘orish va mineral o‘g‘itlarni N-200, P-140, K-100 kg/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi Surxondaryo viloyati Denov tumani “Jamshid Farrux Bobomurodovlar” f/x 120 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6-oktyabr №21-06/1161-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zadan 6-8 s/ga qo‘shimcha paxta hosili va sifatli urug‘lik olingan hamda 1000 dona chigit vazni 8-10 g, bir ko‘sak vazni 0,8-1,0 g oshgan,
Surxondaryo viloyati Denov tumanida o‘rta tolali “Buxoro-10” g‘o‘za navidan tomchilatib sug‘orishda yuqori va sifatli urug‘lik paxta ettishtirish agrotexnologiya elementlari “Denov oltin erlari” fermer xo‘jaligining 100 gektar maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6-oktyabr №21-06/1161-son ma’lumotnomasi). Natijada egatlab sug‘orishga nisbatan 6-8 s/ga yuqori hosil olinib, chigit unuvchanligi 8-10%, pishganligi 6-8%, moydorligi 0,8-1,0% ortgan va rentabellik darajasi 13-17 % oshishiga erishilgan.