Umarov Abduraximjon Maxammadumar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Vagonlarning eyilgan detallarini (avtotsepka misolida) maxsus qoplamali elektrodlar bilan payvandlab qoplab eyilishga chidamliligini oshirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3660.
Ilmiy rahbar: Abralov Maxmudjon Abralovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vagonlarning eyilgan detallarini (avtotsepka misolida) maxsus qoplamali elektrodlar bilan payvandlab qoplab eyilishga chidamliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtotsepka detallarining eyilgan yuzalariga eritib qoplash uchun uning resursini yangisiga nisbatan 3,6 martagacha yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan strukturaga, qattiqlikka va eyilishga chidamlilikka ega bo‘lgan elektrod qoplamasining maxsus tarkibi asoslangan;
eksperimental tadqiqotlar natijasida avtotsepkaning ishlash prinsipiga mos «yassi detallarni kontaktlari aro eyilishga sinash qurilmasi» va uning resursini laboratoriya sharoitida aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
avtotsepka detalining eyilishga chidamliligi ishqalanish yuzasiga beriladigan bosim kuchining ko‘payishi bilan ortib boruvchi, eritib qoplangan qatlam qattiqligi va tarkibidagi legirlovchi elementlarga bog‘liq holda kamayib boruvchi qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
maxsus qoplamali elektrodlar ishlab chiqarish qurilmasi kallagining konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Vagonlarning eyilgan detallarini (avtotsepka misolida) maxsus qoplamali elektrodlar bilan payvandlab qoplab eyilishga chidamliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan UONI13/55 va PGXN-80 dan tashkil topgan maxsus qoplamali elektrodlar “Andijon maxanika zavodi”da temir yo‘l vagonlarining avtotsepka qulf detalini qayta tiklash uchun joriy etilgan (Transport vazirligi tomonidan 2023 yil 4 maydagi 2/2845-3047-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eritib qoplangan avtotsepkalarning xizmat qilish muddatini 1,57 martaga orttirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan UONI13/55 va PGXN-80 dan tashkil topgan maxsus qoplamali elektrodlar bilan qayta tiklangan avtotsepka qulf detali “Andijon maxanika zavodi”da amaliyotga joriy etilgan (Transport vazirligi tomonidan 2023 yil 4 maydagi 2/2845-3047-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, UONI13/55+ PGXN-80 maxsus qoplamali elektrodlar bilan eritib qoplanganda mavjud detallarga nisbatan 3,6 martaga kamroq eyilish imkonini bergan.