Jabborova Tozagul Xujamurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalari faunasi va ekologik guruhlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B817.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.91.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Karimqulov Abdulla Tadjiqulovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalari (Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae, Corbiculidae) tur tarkibi va bioekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalarining zamonaviy holati tahlil qilinib Bivalvia sinfining Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalariga mansub 14 ta tur va 2 ta kenja turi aniqlangan;
ikki pallali mollyuskalarning sun’iy suv tiplarida tarqalishi, zichligi ochib berilgan;
suv omborlarida tarqalgan Corbicula cor va Corbicula purpurea turlarini populyasiyalarda yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri asoslangan;
o‘ta o‘zgaruvchan Euglesa avlodiga mansub Euglesa turkistanica turini yadro ichida transkripsiyalangan rDNK genlarining IS-2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalari faunasi va ekologik guruhlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
endem va noyob tur sifatida “Qizil kitob” ga kiritilgan Corbicula cor, Corbicula fluminalis, Corbicula purpurea, Colletopterium bactrianum, Colletopterium cyreum sogdianum larning Qashqadaryo havzasining turli suv tiplarida tarqalgan populyasiyalarining dinamik hususiyatlari asosida ularni muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududi Yakkabog‘ va Qamashi tumanlar bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 fevraldagi 03-02/8-317-son ma’lumotnomasi). Natijada, sun’iy suv havzalaridagi suv rejimlarini mavsumiy boshqarish, noyob turlar tarqalgan qirg‘oqoldi biotoplarini saqlab qolish va inqirozga moyil 5 ta populyasiyalarini muhofazalash imkonini bergan;
5 ta saproblik guruhlari asosida suvlarning organik ifloslanish darajasini baholash uchun ikki pallali mollyuskalardan indikator sifatida foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar I-OT-2019-21-raqamli "Tovar baliq chavaklarini etishtirishda tabiiy ozuqa bazasi - plankton organizmlarni etishtirish usullari va amaliy ahamiyati" mavzusidagi amaliy loyihada baliq etishtiriluvchi havzalardagi suvlarning organik ifloslanish darajasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 24 noyabr 704-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqlarni intensiv ko‘paytiriluvchi suv havzalarida ifloslanishning mezasaprob, oligosaprob va katarobli zonalarini aniqlash hamda suvning sifati bo‘yicha sun’iy havzalarda suvning almashinishini samarador boshqarish imkonini bergan;
morfologik belgilar bo‘yicha o‘ta o‘zgaruvchan xususiyatga ega Euglesa avlodiga mansub Euglesa turkistanica turini Molekulyar genetik tadqiqotlar rDNK ning IS-2 sohasi 5.8S. uchastkasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NSBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining (NCBI) 2023 yil 30 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Euglesa turkistanica turi uchun OR616539-identifikatsiya raqami olingan va u xalqaro miqiyosda turni ikki pallali mollyuskalarning molekulyar-filogenetik shajarasidagi o‘rnini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish