Xajiev Sarvar Ortiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyali bemorlarni diagnostikasi va davolashni optimallashtirish” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/ Tib2233.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Sirojiddin Rashidovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan kasallangan bemorlar o‘rtasida yuqori o‘pka gipertenziyasini tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda kasallikning qiyosiy, klinik xususiyatlaridan xansirash, tez charchash, yurak urib ketishi, umumiy holsizlik kabi xususiyatlari aniqlangan;
ilk bora bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy davolash standartlarini taxlili umum qabul qilingan davoga sildenofil va nebivalol kombinatsiyasini qo‘llash afzalligi asoslangan;
ilk bora bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi davosiga sildenofil va nebivalol kombinatsiyasini qo‘llash 3 oy davomida kasallikning muhim klinik belgilarini, instrumental yurak ichi gemodinamika va o‘pka arteriyasi sistolik arterial bosim ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi va qon biokimyoviy tahlilida salbiy o‘zgarishlar kuzatilmaganligi  isbotlangan;
bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori o‘pka gipertenziyasining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar: yurak ritmining buzulishlari, o‘pkaning surunkali obstruqtiv kasalliklari, semizlik, ortiqcha tana vazni (OTV), arterial gipertenziya (AG) va lipidlar almashinuvining buzilishi, o‘z sog‘lig‘ini noto‘g‘ri baholash, shifokorlar tavsiyalarini etarli darajada bajarmaslik - kasallikning prognostik prediktorlari sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil 28 dekabrdagi 10/138 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2022-yil 2-noyabrdagi 04/4513-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda kasallikning qiyosiy, klinik (xansirash, tez charchash, yurak urib ketishi, umumiy holsizlik) va funksional xususiyatlari aniqlanganligi Xorazm viloyati Orolbo‘yi mintaqasi,  ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.01.2023-yildagi №1 sonli buyruq, hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.12.2022-yildagi №22 I-§2-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda  erta ExoKG tekshiruvini o‘tkazish davolovchi shifokorlarga tashxis qo‘yish va profilaktika ishlarini samarali olib borishga yordam berishi hamda tibbiy tekshiruvlar samaradorligini oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan (TTA Urganch filiali klinikasi preyskuranti 1 kunga 130 000 so‘m ) keyingi davolash usulini tanlash va tashxisiy tekshiruvlarga nisbatan qisqa vaqt ichida yakuniy tashxis qo‘yish imkonini berdi. Bu nogironlikni 50% ga kamaytirib, kasalxona uchun sarflanadigan mablag‘ni 1 nafar bemor uchun 1 300 000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. 100 nafar bemordan kasallik asoratini 6 bemordan 3 bemorgacha kamaytirilgan bo‘lib bir nafar bemordan 1 300 000 so‘m iqtisod qilinishi hisobiga, yillik iqtisodiy samaradorlik 3 900 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qildi. Xulosa: Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda erta ExoKG usulidan foydalangan holda yuqori o‘pka gipertenziyasi tahlilini o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash samarodorligini oshirib, bir nafar bemor hisobiga 1 300 000 so‘m iqtisod qilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy davolash standartlarini taxlili natijasi bo‘yicha umum qabul qilingan davoga sildenofil va nebivalol kombinatsiyasini qo‘llashning afzalligi Xorazm viloyati Orolbo‘yi mintaqasi,  ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.01.2023-yildagi №1 sonli buyruq, hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.12.2022-yildagi №22 I-§2-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi, uning sababini erta baholash va davolash bemorlarning shifoxonada o‘tkazadigan o‘rin-kunlari sonining qisqarishiga va odatiy hayot tarziga tezroq qaytishiga erishildi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy standart usullari taxlil qilingan holda davolash kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish va davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Bir nafar bemor uchun odatda kuniga o‘rtacha 90 000 so‘m rejalashtirilgan bo‘lsa, tadqiqot davomida esa  -  37 000 so‘m dori vositalariga sarflangan. Xulosa: Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi davolashni optimallashtirish sababini erta aniqlash kasallikning kechishiga va bemorlarning davolash samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bir nafar bemorga 53 000 so‘m iqtisod qilingan.
uchinchi ilmiy yangilik: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi davosiga sildenofil va nebivalol kombinatsiyasini qo‘llash 3 oy davomida kasallikning muhim klinik belgilarini, instrumental yurak ichi gemodinamika va o‘pka arteriyasi sistolik arterial bosim ko‘rsatkichlarini yaxshilashi va qon biokimyoviy tahlilida salbiy o‘zgarishlar asoslanganligi Xorazm viloyati Orolbo‘yi mintaqasi,  ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.01.2023-yildagi №1 sonli buyruq, hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.12.2022-yildagi №22 I-§2-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi holati mavjud bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik, instrumental va laboratoriya belgilarini aniqlash, bemorlarda kuzatiladigan salbiy oqibatlarning oldini olishga va ularning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan keyingi davolash usulini tanlash (TTA Urganch filiali klinikasi kuniga 130 000 so‘m) va yakuniy tashxis qo‘yish, tibbiy yordam uchun sarflanadigan mablag‘ va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish orqali bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan 1 300 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasini klinik, instrumental va laboratoriya belgilarini o‘rganish kasallikning kechishini ijobiy natijalarga olib kelishi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori o‘pka gipertenziyasining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar: yurak ritmining buzulishlari, o‘pkaning surunkali obstruqtiv kasalliklari, semizlik, ortiqcha tana vazni (OTV), arterial gipertenziya (AG) va lipidlar almashinuvining buzilishi, o‘z sog‘lig‘ini noto‘g‘ri baholash, shifokorlar tavsiyalarini etarli darajada bajarmaslik - kasallikning prognostik prediktorlari sifatida inobatga olinganligi Xorazm viloyati Orolbo‘yi mintaqasi,  ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.01.2023-yildagi №1 sonli buyruq, hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.12.2022-yildagi №22 I-§2-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori o‘pka gipertenziyasining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar sifatida yurak ritmining buzulishlari, o‘pkaning surunkali obstruqtiv kasalliklari, semizlik, ortiqcha tana vazni (OTV), arterial gipertenziya (AG) va lipidlar almashinuvining buzilishi, o‘z sog‘lig‘ini noto‘g‘ri baholash, xamda shifokorlar tavsiyalarini etarli darajada bajarmaslik kasallikning kechishiga va bemorlarning davo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori o‘pka gipertenziyasining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillarni (yurak ritmining buzulishlari, o‘pkaning surunkali obstruqtiv kasalliklari, semizlik, ortiqcha tana vazni (OTV), arterial gipertenziya (AG) va lipidlar almashinuvining buzilishi) inobatga olish, o‘z sog‘lig‘ini to‘g‘ri baholash, xamda shifokorlar tavsiyalarini etarli darajada bajarish kasallikning kechish davomiyligini, bemorlarni shifoxonada qolish kunlarini o‘rtacha 14 kundan 10 kunga qisqartirish orkali xar bir bemordan 520 000 ming so‘m iqtisod qilinishi va davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikga erishilgan. Xulosa: Bemorlarda yuqori o‘pka gipertenziyasining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillarni inobatga olish, o‘z sog‘lig‘ini to‘g‘ri baholash, xamda shifokorlar tavsiyalarini etarli darajada bajarish bemorlar ahvolini sezilarli darajada yaxshilanishiga yordam berishi va qo‘shimcha dori vositalarisiz kasallikni davolash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish