Ikramova Xolidajon Saxibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gormonal bepushtlikning kombinirlangan terapiyasini qo‘llash orqali melatoninning sitoprotektiv samarasini aniqlash», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2202.
Ilmiy maslahatchi: Matrizaeva Gul`nara Djumaniyazovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot universiteti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollardagi gormonal bepushtlikda melatoninni kombinatsiyalangan terapiyada qo‘llash orqali uning sitoprotektiv samarasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gormonal bepushtligi bor ayollarda reproduktiv tizim o‘zgarishlarini uyqu buzilishi, psixo-emotsional holat va og‘riq kabi salomatlikka bog‘liq hayot sifati ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
biologik muhitlardagi melatonin darajasi–yallig‘lanish biomarkerlari va siydikdagi erkin radikallar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan, shu orqali melatoninning sitoprotektiv ta’siri asoslangan;
qon va so‘lakdagi melatonin miqdori bilan AMG va tuxumdonlarning hajmi, LG/FSG nisbati miqdorining bir-biriga bog‘liqligi asoslanib, melatonin sintezining buzilishi gormonal bepushtlik rivojlanish tashxisotida prognostik samaradorligi yuqoriligi isbotlangan;
melatoninning gormonal bepushtlikning patofiziologik mexanizmlariga ta’sirining sitoprotektiv samarasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yildagi 11 noyabrdagi 122-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Urganch shahar 2-son oilaviy poliklinika hamda, Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markaziga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023 yil 24 iyuldagi 04/4755-sonli va 2023 yil 24 iyuldagi 04/4753-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: gormonal bepushtligi bor ayollarda reproduktiv tizim o‘zgarishlarini uyqu buzilishi, psixo-emotsional holat va og‘riq kabi salomatlikka bog‘liq hayot sifati ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi o‘rganilgan va Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi, hamda Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasida 26.07.2023-yildagi 9I-sonli va 27.07.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish tadqiqotning klinik ilmiy natijalari va ishlab chiqilgan yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan tavsiyalar asosida bepushtlik sababli oilalarning buzilishini va iqtisodiy xarajatlarning kamayishiga, reproduktiv yoshdagi ayollarning hayot sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gormonal bepushtligi bor ayollarda reproduktiv tizim o‘zgarishlarini uyqu buzilishi, psixo-emotsional holat va og‘riq kabi salomatlikka bog‘liq hayot sifati ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi o‘rganish maqsadida “Hayot sifati ko‘rsatkichlarini baholovchi shkala” ishlab chiqarilgan va undan foydalanib, gormonal bepushtlikda o‘tkaziladigan tahlillar miqdorlarining kamayishiga erishildi va 1 nafar bemor uchun 850 000 so‘m iqtisod qilindi.
Xulosa: ishlab chiqilgan “Hayot sifati ko‘rsatkichlarini baholovchi shkala”dan foydalanish gormonal bepushtligi bor ayollarda kasallik darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan instrumental va laborator diagnostika usullarining kamayishi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larning 850 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Xorazm viloyatida ilk marotaba biologik muhitlardagi melatonin darajasi–yallig‘lanish biomarkerlari va siydikdagi erkin radikallar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan, shu orqali melatoninning sitoprotektiv ta’siri tavsiflangan. Olingan natijalar Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi, hamda Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasida 26.07.2023-yildagi 9I-sonli va 27.07.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliyotga tatbiq etilgan natijalar gormonal bepushtligi bor ayollarni davolash va tashxislash sifatini yaxshilash, asoratlarning kuzatilishini hamda oila buzilishlarining sonini qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan tekshiruv rejasi tufayli bepushtligi bor ayollarda 1 nafar bemor uchun 850 000 so‘m iqtisod qilingan.
Xulosa: gormonal bepushtlikda melatoninning sitoprotektiv ta’siri tavsiflash maqsadida Xorazm viloyatida ilk marotaba biologik muhitlardagi (qon va so‘lak) melatonin darajasi, tizimli yallig‘lanish biomarkerlari, siydikdagi erkin radikallar aniqlanib, ularning o‘zaro korrelyasiyasi o‘rganilgan. Kelib chiqqan natijalar asosida tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, tavsiya qilingan tekshiruv rejasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larning 850 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qon va so‘lakdagi melatonin miqdori bilan AMG va tuxumdonlarning hajmi, LG/FSG nisbati miqdorining bir-biriga bog‘liqligi ko‘rsatilgan va melatonin sintezining buzilishi gormonal bepushtlik kelib chiqishida prognostik samaradorligi yuqori ekanligi tasdiqlash maqsadida, tadqiqot davomida tashxislash va davolash samaradorligini oshirish borasida olingan natijalar Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi (26.07.2023-yildagi 9-I-son buyruq) va Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasining (27.07.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi gormonal bepushtligi bor ayollarni davolash samaradorligining oshganligi, yordamchi reproduktiv texnologiyalar va operativ davodan foydalanmasdan konservativ terapiya usullaridan foydalangan holda fertillikni tiklashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1nafar bemor uchun yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanmasdan homilador bo‘lish byudjetdan tashqari mablag‘larning 30 000 000 so‘m miqdorda va laparoskopik jarrohlik amaliyotidan byudjet mablag‘larining 3 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: gormonal bepushtlik uchun standart terapiya va melatonin bilan kombinirlangan terapiya samaradorligining qiyosiy tahlili, shuningdek, melatonin xavfsizligini baholash amalga oshirilgan. Gormonal bepushtlikning og‘riq, ruhiy tushkunlik va uyqu buzilishi bilan birga kelganida standart terapiyaga melatonin qo‘shish samarali ekanligi ko‘rsatib bergan. Olingan natijalar gormonal bepushtligi bor ayollarni davolash samaradorligi oshganini ko‘rsatib, yordamchi reproduktiv texnologiyalar va operativ davodan foydalanmasdan konservativ terapiya usullaridan foydalangan holda fertillikni tiklashga yordam bergan. Yangi davolash usuli byudjetdan tashqari 30 000 000 so‘m va byudjet mablag‘larning 3500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqotlar melatoninni gormonal bepushtlikning patofiziologik mexanizmlariga ta’sirini o‘rganib, uning sitoprotektiv samarasini ko‘rsatgan. Ayollar organizmini o‘rganishga doir akusherlik va ginekologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish maqsadida Xorazm viloyati aholi reproduktiv salomatlik markazi (26.07.2023-yildagi 9-I-son buyruq) va Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikasining (27.07.2023-yildagi 381-12-180-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotning klinik ilmiy natijalari va ishlab chiqilgan yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan tavsiyalar asosida bepushtlik sababli oilalarning buzilishini oldini olishga, iqtisodiy xarajatlarni kamayishiga, reproduktiv yoshdagi ayollarning hayot sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi tuxumdonlar endometriozi va tuxumdonlar polikistozining diagnostikasida antioksidant tizim faoliyatini tekshirish orqali differensial tashxislash va melatoninni bepushtlik patogenezidagi ahamiyatini bilish va uni standart davoga qo‘shish 1 nafar bemor uchun 850 000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: yangi tekshiruv rejasi, ishlab chiqilgan Hayot sifatini baholovchi so‘rovnoma va yangi davolash usuli byudjetdan tashqari 850 000 so‘m va byudjet mablag‘larning 3 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.