Tuksanova Zebiniso Izatulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Osteoartroz kompleks reabilitatsiyasiga tabaqalashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish”, 14.00.12 - Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1179.
Ilmiy rahbar: Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Phd.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Miraxmedova Hilola To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi osteoartroz bilan kasallangan bemorlarga tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan kompleks reabilitatsiya usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor osteoartroz kasalligi reabilitatsiyasini bo‘g‘im destruktiv va degenarativ jarayonlari rivojlanish bosqichlarini hisobga olib farmakoterapevtik va fizikaviy yondashuvlar hamda davolash mashqlariga tabaqalashtirilgan va personal kompleks reabilitatsiya sxemalarini shakllantirish orqali olib borish asoslangan;
gonartroz va koksartroz kasalligi reabilitatsiyasida lazer va magnitoterapiya, karipain bilan elektroforez, “skandinavcha” yurish mashqlarini muayyan ketma-ketlik va kompleks qo‘llash bo‘g‘im degenerativ jarayonlari patofiziologik mexanizmlariga sinergik ta’siriga erishish hisobiga tibbiy tiklanish jarayonini jadallashuvi va davo samaradorligi oshishi isbotlangan;
osteoartroz kasalligi reabilitatsiyasida tabaqalashtirilgan va kompleks yondashuvlarni qo‘llash bo‘g‘imdagi destruktiv jarayonlarni bochqichma-bosqich maqsadli bartaraf etishi tufayli og‘riq sindromini kamayishi hamda bemor hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi asoslangan;        
gonartroz va koksartroz kasalligini davolashda “skandinavcha” yurish oddiy yurishga qaraganda bemorlar bo‘g‘imlarida harakat funksiyasini tiklash bilan birga ularning tana vazni indeksiga ta’siri nisbatan yuqori ekanligi tufayli ko‘proq samara berganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 4 dekabrdagi 23-Z/086-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 dekabrdagi 01/4951-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: osteoartroz kasalligi reabilitatsiyasida farmakoterapevtik va fizikaviy yondashuvlar hamda davolash mashqlariga tabaqalashtirilgan kompleks reabilitatsiya sxemalari shakllantirilgan. Bo‘g‘im destruktiv va degenarativ jarayonlari rivojlanish bosqichlari hisobga olinib  individual yondashgan holda Juyzar sog‘lomlashtirish maskani bo‘yicha 2021 yil 30 yanvardagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2021 yil 1 fevraldagi 5/1-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: osteoartroz kasalligi klinik o‘ziga xosligini o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lib, osteoartroz klinik belgilari og‘irligini VASh va Leken indeksi baholash shkalasidan foydalanish kasallik og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlash va unga muvofiq maqbul davo choralari qo‘llanilishini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining ambulator poliklinika va statsionar muassasalarining xarajatlar smetasidan olingan ma’lumotlarga qaraganda tumanlar xududidagi poliklinika, OShP lardagi qatnovlarga ajratilgan mablag‘ 6828 so‘mni tashkil qilgan. Ambulator sharoitda tibbiy yordam uchun 1 ta bemor 1 ta tashrifi uchun 6828 so‘m mablag‘ sarflangan va davlat byudjeti xisobidan ajratilgan. Bemorda bo‘g‘im MRT tekshiruvi 220000 so‘m, bemor uchun 270000 so‘m mablag‘ sarflangan. Osteoartroz mavjud bemorlar soni respublika miqyosida ko‘pligi xisobga olinsa, tejalgan iqtisodiy xarajat har bir bemor uchun 186655 so‘mni tashkil qilgan va kamaytirishga erishildi. Xulosa: Osteoartroz bilan kasallangan bemorlarda kompleks reabilitatsiya davo natijasida bo‘g‘im atrofidagi to‘qimalarning shishi kamayishi va og‘riqlar kamayganligi sababli ularning umumiy ahvolining yaxshilanishi qayd etildi. Bo‘g‘imda shish 2,3 marotaba, harakat cheklanganligi 2,1, siqilishlar 1,1, deformatsiya 1,2  baravarga kamaygan.
ikkinchi ilmiy yangilik: osteoartroz kasalligi reabilitatsiyasida lazer va magnitoterapiya, karipain bilan elektroforez, “skandinavcha” yurish kompleks qo‘llanildi va UTT asosida dinamik ko‘rsatkichlar natijasi baholandi. Bo‘g‘im degenerativ jarayonlari patofiziologik mexanizmlariga sinergik ta’siriga erishish hisobiga tiklanish jarayonini jadallashuvi va samaradorligi Juyzar sog‘lomlashtirish maskani bo‘yicha 2021 yil 30 yanvardagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2021 yil 1 fevraldagi 5/1-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: osteoartroz reabilitatsiyasida fizioterapevtik muolajalar va davolovchi jismoniy mashqlarni kompleks olib borish bemorlarda kuzatilgan klinik belgilarni bartaraf etishi va hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash chora-tadbirlari sarf-xarajatlarini kamayishi shifokor ko‘riklari, dori darmonlar, statsionarga murojaat kabi muolajalarning qisqarishi bilan belgilangan. Shifokorga murojaat sarf-xarajatining o‘rtacha ulushi 650000 so‘m, bundan bir marta shifokorga murojaatning o‘rtacha qiymati 65000 so‘m, bir kasallikni davolash uchun shifokorga murojaatlar soni umumiy 650000 so‘m. Statsionarda davolanish kunining qisqarishidagi iqtisodiy ulush 220000 so‘m. Statsionar bo‘limida bemorni davolanishining 1 o‘rin kuni o‘rtacha qiymati, asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni davolash uchun statsionar bo‘limida o‘rin kunlari soni qisqargan. Xulosa: tavsiya etilgan kompleks reabilitatsiya chora-tadbirlari bemor bo‘g‘imidagi degenerativ-distrofik jarayonlarning tiklanish davomiyligini qisqarishi, jarayon jadallashuvini to‘xtatish va remissiyaning davrini uzaytirish hisobidan kelib chiqqan.
uchinchi ilmiy yangilik: osteoartroz kasalligi reabilitatsiyasida tabaqalashtirilgan va kompleks yondashuvlarni qo‘llash bo‘g‘imdagi destruktiv jarayonlarni bosqichma-bosqich maqsadli bartaraf etishi tufayli og‘riq intensivligi kamayishi hisobidan bemor hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga erishilgan Juyzar sog‘lomlashtirish maskani bo‘yicha 2021 yil 30 yanvardagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2021 yil 1 fevraldagi 5/1-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tabaqalashtirilgan yondashuv bemorlarni fizioterapiya usullari bilan qamrab olish darajasini kengaytirishga, davolash samaradorligini oshirishiga,  statsionarda yotish kunlarini qisqarishiga, nogironlikni oldini olishga,  nojo‘ya reaksiyalar holatlarini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini oshirishga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash chora tadbirlarining yillik samaradorligi quyidagicha: tavsiya etilayotgan davolash usulining umumiy iqtisodiy ulushi 23065724 so‘m. Bundan: bir ish kunida 1 nafar bemor uchun yalpi ichki maxsulot o‘rtacha qiymati 47200 asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir hodisa uchun mexnatga layoqatsizlikning o‘rtacha davomiyligi; vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlikning bir kuni uchun o‘rtacha mablag‘ miqdori 1267452 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: fizioterapevtik muolajalar va davolovchi jismoniy mashqlarni kompleks olib borish bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga hamda ularda jismoniy va ruhiy faollikning oshishiga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: osteoartroz kasalligini fizioterapevtik muolajalar bilan davolashda birinchi navbatda og‘riqli sohaga magnitoterapiya, keyin esa “Karipain” dori vositasi bilan elektroforez, hamda lazerterapiya muolajalari kompleks qo‘llanilgan. Elektroforez tufayli terining o‘tkazuvchanligi oshdi hamda yuborilgan dori preparati depolandi.  Skandinavcha yurish zararlangan bo‘g‘imda to‘plangan dori komponentlarini bo‘g‘im yuzasida tekis surkalanishiga va buning natijasida kompleks davo samaradorligi oshishiga erishilganligi Juyzar sog‘lomlashtirish maskani bo‘yicha 2021 yil 30 yanvardagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2021 yil 1 fevraldagi 5/1-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: osteoartroz bilan kasallangan bemorlarni reabilitatsiya qilishning asosiy tamoyillariga rioya qilgan holda tibbiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini yanada to‘liq hajmda amalga oshirish vaqtinchalik mehnatga yaroqsizlikning kamayishiga, umuman nogironlar soni va uning og‘irlik darajasining kamayishiga olib kelgan. Bu esa ish vaqtining yo‘qotilishi va davlat ijtimoiy sug‘urta byudjeti xarajatlarini kamaytirishga, shuningdek, mehnat resurslarini saqlashga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: osteoartroz kasalligini davolashda magnitoterapiyadan so‘ng “Karipain” dori vositasini elektroforezini lazerterapiya bilan hamda “skandinavcha” yurishni kompleks qo‘llanilishini amaliyotga joriy qilinishi natijasida: 1 nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 7840000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 2203000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: osteoartroz kasalligini davolashda “Karipain” elektroforezi,  magnitoterapiya, lazerterapiyani kompleks qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 7840000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 2203000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish