Muratova Shaxlo Taxirjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tireotoksikoz bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda klinik-metabolik va psixologik xususiyatlari: tashhis va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.03 – Endokrinologiya va 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSC/Tib406.
Ilmiy rahbar: Alimov Anvar Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Zulayxo Muralimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atadjanova Muborak Masharipovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: tireotoksikoz bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda klinik-metabolik va psixologik xususiyatlari: tashhis va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta tireotoksikoz bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarning salomatligining turli jihatlarini aniqlash bo‘yicha bemorlarning katta namunasida keng qamrovli tadqiqot o‘tkazilib, uning natijasi asosida bolalar va o‘smirlarda tireotoksikozni davolash va tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan;
gipertireozi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda suyak metabolizmining xususiyatlarini o‘rganish orqali ularda suyak mineral zichligining (SMZ) pasayishi diagnostik mezonlari, shuningdek GK bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda suyak almashinuvi buzilishlarini tashxislash va boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
bolalarda gipertireoz va psixo-intellektual sohadagi buzilishlar o‘rtasidagi munosabatlari asosida bolalarda tireotoksikoz holatida intellektual disfunksiyaning rivojlanishini bashorat qiluvchi omillari aniqlanib psixo-emotsional buzilishlari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni tashxislash va boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
bolalarda gipertireoz uchun radikal terapiya sifatida tireoidektomiyani tanlashning prognostik omillari aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi sog‘lom bolalarda qalqonsimon bez holati va suyak metabolizmining ko‘rsatkichlarning persentil qiymatlari (D vitamini, paratireoid gormoni, osteokal`sin, β-sross Laps, suyak mineral zichligi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 11 maydagi DSc5i-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 19 yanvardagi 01-06/68-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta tireotoksikoz bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarning salomatligining turli jihatlarini aniqlash bo‘yicha bemorlarning katta namunasida keng qamrovli tadqiqot o‘tkazilib, uning natijasi asosida bolalar va o‘smirlarda tireotoksikozni davolash va tashxislash algoritmi ishlab chiqilgani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 28u-son hamda Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2023 yildagi 41-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar va ishlab chiqilgan diagnostika modelidan foydalanish Greyvs kasalligi (GK) bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarni davolash sifatini oshirdi, tireotoksikoz asoratlarini o‘z vaqtida aniqlash va rivojlanishining oldini oldi. Barqaror va uzoqroq remissiyaga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oddiy va samarali tekshirish usullaridan foydalangan holda bolalarda tireotoksikozni erta aniqlash patologiyaning mavjudligini aniqlash va asoratlarni rivojlanishining oldini olish, barqaror remissiyaga erishish, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlarni bartaraf etish orqali tejash, kasalxonada davolanish, va keraksiz jarrohlik aralashuvlarni oldini olish orqali iqtisodiy samaradorlikga erishilgan. Xulosa: «Bolalar va o‘smirlarda Greyvs kasalligini tashxislash usuli» ma’lumotlar bazasi va foydali modelini amaliy qo‘llash Greyvs kasalligini tez va aniq tashxislash, asoratlarni aniqlash va shunga mos ravishda tez kompensatsiya qilish, klinik ko‘rinishning va laboratoriya parametrlarini barqaror kompensatsiyasiga erishish natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1076600 so‘mdan 1538000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertireozi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda suyak metabolizmining xususiyatlarini o‘rganish orqali ularda suyak mineral zichligining (SMZ) pasayishi diagnostik mezonlari, shuningdek GK bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda suyak almashinuvi buzilishlarini tashxislash va boshqarish algoritmi ishlab chiqilgani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 28u-son hamda Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2023 yildagi 41-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SMZ ning pasayishini o‘z vaqtida aniqlash va davolash GK bilan og‘rigan bolalarda osteoporoz, osteomalyasiya, son suyagini bo‘yni va bel umurtqalarining past travmatik sinishi rivojlanish xavfini kamaytirishi, uzoq muddatli immobilizatsiya, nogironlikni va tireotoksikozi bor bolalarning bilim va ko‘nikmalarni egallashda orqada qolishni oldi olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tireotoksikozi bor bolalarda SMZ pasayishini erta aniqlash va tuzatish past shikastli sinish rivojlanish xavfini kamaytiradi, uzoq muddatli gospitalizasiya, birinchi navbatda son suyagi bo‘yni va bel umurtqalarining sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun moliyaviy xarajatlarni kamaytirish va tireotoksikozi bor bolalarning nogironligini oldini olish natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishiladi. Xulosa: taklif etilayotgan algoritm yordamida gipertireoz bilan og‘rigan bir nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larining 2694000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda gipertireoz va psixo-intellektual sohadagi buzilishlar o‘rtasidagi munosabatlari asosida bolalarda tireotoksikoz holatida intellektual disfunksiyaning rivojlanishini bashorat qiluvchi omillari aniqlanib psixo-emotsional buzilishlari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni tashxislash va boshqarish algoritmi ishlab chiqilgani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 28u-son hamda Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2023 yildagi 41-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: GK bo‘lgan bolalarda prognoz qiluvchi omillarni erta aniqlash va psixo-emotsional buzilishlarni tuzatish, IQ ning pasayishi va depressiyani rivojlanish xavfini kamaytiradi hamda tireotoksikozi bor bolalarning bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda to‘xtab qolishning oldi olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tireotoksikozi bor bolalarda prognoz qiluvchi omillarni erta aniqlash va ularni o‘z vaqtida tuzatish psixo-emotsional soha va kognitiv funksiyalarning buzilishi xavfini kamaytiradi, xalqning intellektual salohiyatini saqlab qoladi, bu esa iqtisodiyotning va davlatning siyosatini ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Xulosa: bolalar va o‘smirlarning psixo-emotsional va intellektual holatini diagnostikasi qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilmasligi va bunday holda shifokorga qo‘shimcha tashrif buyurishning hojati yo‘qligi va bemorning erkinlik darajasi cheklanmasligi natijasida iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda gipertireoz uchun radikal terapiya sifatida tireoidektomiyani tanlashning prognostik omillari aniqlangan Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 28u-son hamda Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2023 yildagi 41-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda gipertireoz uchun terapiya turini o‘z vaqtida tanlashda tavsiya etilgan taktikalar tireotoksikozning qaytalashi va jiddiy asoratlari rivojlanishining oldini oladi, konservativ terapiyadan noto‘g‘ri umidlar yoki aksincha, bolalarda tireoidektomiyaning istalmagan xavflardan saqlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: balog‘atga etmagan bolalar gipertireozining davolash usulini tanlashni erta bashorat qilish diagnostik nazorat testlari uchun konservativ davolash davrida sezilarli iqtisodiy xarajatlar darajasini pasaytiradi va jamiyatdagi faol hayotni uzaytirgan. Boshqa tomondan, bu bolalarni kasalxonaga yotqizish va tireotoksikozni jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun keraksiz xarajatlarni oldini olgan. Xulosa: GK bilan og‘rigan bolalarda konservativ terapiyaning davomiyligi kamida 36 oy bo‘lishi kerak, ammo residiv ehtimoli 70% dan ortiq. Bolalarda gipertireozni jarrohlik yo‘li bilan davolashning o‘z vaqtida tanlangan taktikasi jismoniy va intellektual salohiyatni saqlab qolishi, hayot sifatini yaxshilashi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2366400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasida yashovchi sog‘lom bolalarda qalqonsimon bez holati va suyak metabolizmining ko‘rsatkichlarning persentil qiymatlari (D vitamini, paratireoid gormoni, osteokal`sin, β-sross Laps, suyak mineral zichligi) aniqlangani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 28u-son hamda Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2023 yildagi 41-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tibbiy yordamga murojaat qilishning dastlabki bosqichlarida bolalarda qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi va suyak metabolizmi buzilishlarini asosli ravishda istisno qilish tibbiy muassasalarda keyingi tadqiqotlar va kuzatishlarning nomaqbulligini yo‘q qilgani. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ushbu ishda O‘zbekiston Respublikasida yashovchi bolalar va o‘smirlarda aniqlangan TTG va qalqonsimon bez gormonlarining referens qiymatlaridan foydalanish qalqonsimon bez disfunksiyasini tashxislashda tibbiy xizmat ko‘rsatishning dastlabki bosqichlarida 283700 so‘mdan 437200 so‘mgacha,  bolalarda tireotoksikozda suyaklar almashinuvining buzilishini aniqlash maqsadida 378400 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida yashovchi bolalar va o‘smirlarda TTG va qalqonsimon bez gormonlarining referens qiymatlarini qo‘llash qalqonsimon bez disfunksiyasini tashxislash uchun byudjet mablag‘larini 437200 so‘mga, bolalarda tireotoksikoz holatida suyaklar almashinuvi buzilishlarini aniqlash uchun esa 378400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish