Xaitbaeva Shukurjon Xaitbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda periferik asab tizimi kasalliklarining klinik-paraklinik xususiyatlari va davolashni optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2117.
Ilmiy rahbar: Sadikova Gulchexra Kobulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda turli etiologiyali periferik asab tizimining kasalliklari reabilitatsiya taktikasini optimallashtirish va uning samaradorligini baholash bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda periferik asab tizimining tug‘ruq va orttirilgan jarohatlarida nerv tolalarining mexanik ta’sirlanishida monoplegik, infeksion etiologiyali zararlanishlarida tarkok yalliglanish jarayoni tufayli paraplegik va tetraplegik, hamda rivojlanish nuqsonlarida nerv tizimi tuzilmalarining anomaliyasi sababli paraplegik sindromlar ustunlik qilishi aniqlangan;
bolalarda chuqur parez hamda aksonal bilan aralash tip zararlanishlar, engil parez bilan demielinizatsiyalanuvchi tip zararlanish orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
bolalarda periferik parezlarning og‘irligini dinamik baholash shkalasi asosida pastki periferik paraparez sindromi uchun periferik monoparezlardan farkli ravishda yuqori sezgirligi va spesifikligi aniqlangan;
periferik nevropatiyalar bilan og‘rigan bolalarda rivojlangan nevrologik va ortopedik asoratlarni oldini olish va ularni kamaytirishga qaratilgan reabilitatsiya chora-tadbirlari elektroakupunkturadan foydalangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 6 dekabrdagi 03/138-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 27 dekabrdagi 03/2706-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda periferik asab tizimining tug‘ruq va orttirilgan jarohatlarida nerv tolalarining mexanik ta’sirlanishida monoplegik sindrom, infeksion etiologiyali zararlanishlarida tarqoq yalliglanish jarayoni tufayli paraplegik va tetraplegik sindromlar, hamda rivojlanish nuqsonlarida nerv tizimi tuzilmalarining anomaliyalarida paraplegik sindromlar ustunlik qilishi aniqlanishi tug‘ma va orttirilgan periferik asab tizimi kasalliklarini dominant etiologik omillarini va ustunlik qiluvchi sindromlarini aniqlash bemorlarni individual reabilitatsiya dasturini ishlab chiqishga yordam berganligi va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga yordam berganligi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 04.10.2023 yildagi 42-sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi filiali bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 179-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli etiologiyali mononevropatiya, tug‘ruq pleksopatiyasi, va ba’zi rivojlanish nuqsonlarini aniq tashhislash va unga asoslanib davolashga etiopatogenetik yondoshish kasallikni chuqur asoratlarini oldini olishga yordam beradi, o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilgan reabilitatsiya natijasida bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: periferik asab tizmi kasalliklari asoratlari bo‘lgan bemorlarda kasallikka olib keluvchi etiologik omillar va ustunlik qiluvchi sindromlarni bog‘liqligini aniqlash qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishni talab qilmasligi hisobiga iqtisod qilingan; Xulosa: periferik asab tizimi kasalliklari asoratlari bo‘lgan bemorlarni tashhislash va davolashni rejasini mukammallashtirish 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larni 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda chuqur parez hamda aksonal bilan aralash tip zararlanish, engil parez bilan demielinizatsiyalanuvchi tip zararlanish orasida korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, bu erta va qiyosiy tashhislash, kasallik oqibatini prognozlash imkonini bergan va tegishli reabilitatsion markazlarga yo‘naltirish kasallik klinik belgilarini chuqurlashuvini oldi olinganligi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 04.10.2023 yildagi 42-sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi filiali bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 179-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: periferik asab tizimi kasalliklari asoratlari bo‘lgan bemorlarga qiyosiy tashhis qo‘yish, shuning oqibatida kasallikning davolash sifati yaxshilangan, neyroortopedik asoratlari oldi olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: kasallik og‘irlik darajasini to‘g‘ri tashhislash va reabilitatsiya dasturini individual ravishda ishlab chiqish elektroneyromiografik ko‘rsatkichlarni 76,7%ga yaxshilanishi hisobiga iqtisod qilingan.Xulosa: periferik asab tizimi kasalliklari asoratlari bo‘lgan bemorlarni optimallashtirilgan tashhislash usuli 1 nafar bemor uchun 166900 so‘mni tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda periferik parezlarning og‘irligini dinamik baholash shkalasi asosida pastki periferik paraparez sindromi uchun periferik monoparezlardan farkli ravishda yuqori sezgirligi va spesifikligi aniqlangani periferik asab tizimi kasalliklari asoratlari bo‘lgan bemorlarning individual reabilitatsion dasturini tuzishda ushbu shkalasini qo‘llash nevrologik kamomat darajasini to‘g‘ri aniqlash va dinamikada davolash natijalarini ustunlik qiluvchi sindromlarga bog‘liq ravishda baholash imkoniyatini yaratganligi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 04.10.2023 yildagi 42-sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi filiali bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 179-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: modifikatsiyalangan periferik parez darajasini dinamik baholash shkalasini qo‘llash nogironlik darajasini to‘g‘ri baholash va o‘tkazilayotgan reabilitatsion davo choralari samarasini dinamikada baholash, va uning samaradorligi yuqori bo‘lganda nogironlik guruhidan chiqarishga asos bo‘la olgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: modifikatsiyalangan periferik parez darajasini dinamik baholash shkalasini qo‘llash natijasida individual ravishda samarali reabilitatsion dastur ishlab chiqildi, uning yordamida xarakat kamomati va ortopedik asoratlarni kamaytirish va noironlik foizini kamaytirish hisobiga iqtisod qilingan.Xulosa: periferik asab tizimi kasalliklari asoratlari bo‘lgan bemorlarning neyro-ortopedik kamomat darajasini aniqlash nogironlik foizini kamayishiga bir nafar bemordan 580000 so‘m iqtisod qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: periferik nevropatiyalar bilan og‘rigan bolalarda rivojlangan nevrologik va ortopedik asoratlarni oldini olish va ularni kamaytirishga qaratilgan reabilitatsiya chora-tadbirlari elektroakupunkturadan foydalangan holda qo‘llanilgani bemorlarda harakat kamomatini kamaytirgani, hayot sifatini yaxshilangani va nogironlik ko‘rsatkichlarini kamayganligi. Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 04.10.2023 yildagi 42-sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi filiali bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 179-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: periferik asab tizimi kasalliklari asoratlari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan, va ularning hayot sifati ortgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: bemorlarning statsionarda davolash muddatlari qisqarishi va qo‘llaniladigan dori vositalariga sarf qilinadigan mablag‘lar sonini kamayishi, davolashning samaradorligini ortishi va nogironlik ko‘rsatkichini kamayshi hisobiga qilingan.Xulosa:mukammallashtirilgan tashhislash va reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash natijasida 300000 so‘m byudjet va 300000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilingan.