Aripova Nargiza Nusratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vitamin D tanqisligida surunkali pankreatitning o‘ziga xos kechishi va uning davosini takomillashtirish”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tibl650.
.4.PIlmiy rahbar: Xamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot nstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali pankreatit kasalligini vitamin D tanqisligida kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarning asosiy qismida vitamin D tanqisligi, qon zardobida kal`siy miqdorini kamayishi, ul`tratovush densitometriya usuli bilan suyaklar tekshirilganda osteopeniya va osteoporoz aniqlangan;
surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda ul`tratovush tekshiruvi ko‘rsatkichlaridan parenxima exogenligini diffuz oshishi, exosignallar amplitudasi va davomiyligini o‘ta o‘zgaruvchanligi, me’da osti bezi to‘qimasi fibrozlanishi hamda kal`sifikatsiyalanishi, “toshloq ko‘prik” manzarasi uchrash soni ortishi bilan vitamin vitamin D tanqisligi og‘irlik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan;
vitamin D tanqisligi va o‘ta og‘ir tanqisligi mavjud surunkali pankreatit bilan og‘rigan tanqislik va o‘ta tanqislik guruxlardagi bemorlarda fekal elastaza ko‘rsatkichining pastligi vitamin D etishmovchiligi rivojlanish xavfini bashorat qiluvchi omil sifatida asoslangan;
surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda o‘rinbosar fermentoterapiya o‘tkazilganda vitamin D miqdori 6%ga, uning misellyar shaklidagi qabul qilinganda 18%ga ko‘tarilishi va koprologik tekshiruvlar natijasida ijobiy samaradorlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 14 dekabrdagi 12/052-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarning asosiy qismida vitamin D tanqisligi, qon zardobida kal`siy miqdorini kamayishi, ul`tratovush densitometriya usuli bilan suyaklar tekshirilganda osteopeniya va osteoporoz aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.07.2022 yildagi 42-1-sonli buyruq hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi shifoxonasi bo‘yicha 14.07.2022 yildagi 66-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vitamin D miqdorini pasayishi, etishmovchilik va tanqislik darajalarini ortishi bemorlarda yondosh xavf omillari bilan bog‘liqligi, kasallikni kechishi, me’da osti bezi fibrozlanish hamda kalsifikatsiya darajasi, uning tashqi sekretor funksiyasini pasayishi hisobiga makro- va mikronutrientlarni hazm bo‘lishi va so‘rilishini buzilishi natijasida nogironlikni oldini olish ko‘p xarajatli va qo‘shimcha vaqt talab qiluvchi davolash usullarini qo‘llash sarf xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda vitamin D tanqisligi oqibatida, osteoporoz xavf omillarini erta tashxislash, kasallikni rivojlanishini va asoratlarini oldini olish orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 989 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1089 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: surunkali pankreatitda vitamin D miqdorini pasayishi, etishmovchilik va tanqislik darajalarini ortishi, bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olingan hamda bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan bir bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 1 989 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1089 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda ul`tratovush tekshiruvi ko‘rsatkichlaridan parenxima exogenligini diffuz oshishi, exosignallar amplitudasi va davomiyligini o‘ta o‘zgaruvchanligi, me’da osti bezi to‘qimasi fibrozlanishi hamda kal`sifikatsiyalanishi, “toshloq ko‘prik” manzarasi uchrash soni ortishi bilan vitamin D tanqisligi og‘irlik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etish: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.07.2022 yildagi 42-1-sonli buyruq hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi shifoxonasida bo‘yicha 14.07.2022 yildagi 66-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: surunkali pankreatitli bemorlarda osteopeniya va osteoporoz rivojlanish omillarini erta tashxislash orqali mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; davolash chora tadbirlarini sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish sonini 29% ga kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat:
surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda densitometriya tekshiruvi usulini tatbiq etish natijasida bemorlar suyaklardagi osteoporoz rivojlanishi barvaqt aniqlangan, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olingan hamda bartaraf etish chora - tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan bir bemor hisobidan 717 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan;
Xulosa: surunkali pankreatitli bemorlarning qon zardobida vitamin D miqdorini aniqlangan va uni kasallikning kechishi bilan bog‘liqligi o‘rganilgan, bir bemor hisobidan 717 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan:
uchinchi ilmiy yangilik: vitamin D tanqisligi bo‘lgan surunkali pankreatit bilan og‘rigan tanqislik va o‘ta tanqislik guruxlardagi bemorlarda fekal elastaza ko‘rsatkichining pastligi vitamin D etishmovchiligi rivojlanish xavfini bashorat qiluvchi omil sifatida asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.07.2022 yildagi 42-1-sonli buyruq hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi shifoxonasida bo‘yicha 14.07.2022 yildagi 66-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: me’da osti bezi ul`tratovush tekshiruvida vitamin D miqdorini kamayib borishi bilan birga bezning shikastlanish darajasini bog‘liqligi aniqlangan, erta aniqlash kasallik kechishini va noxush asoratlarni kamayishiga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda vitamin D tanqisligini aniqlash va densitometriya tekshiruvida suyak zichligi holatini baholash kasallik asoratlari ortishini erta tashxislash uni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorni shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 126 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 55 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: surunkali pankreatitli bemorlarning me’da osti bezi ul`tratovush tekshiruvida vitamin D miqdorini kamayib borishi bilan birga bezning shikastlanish darajasini bog‘liqligi aniqlangan, erta aniqlash kasallik kechishini va noxush asoratlarni kamayishiga olib kelgan. Natijada bemorning shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan, reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda o‘rinbosar fermentoterapiya o‘tkazilganda vitamin D miqdori 6%ga, misellyar shakldagi vitamin D qabul qilinganda 18%ga ko‘tarilishi va koprologik tekshiruvlar natijasida ijobiy samaradorlik aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.07.2022 yildagi 42-1-sonli buyruq hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi shifoxonasi bo‘yicha 14.07.2022 yildagi 66-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: koprologik ko‘rsatkichlarini o‘rganilganligi, ekzokrin etishmovchiligi bo‘lgan surunkali pankreatitda vitamin D tanqisligi bilan kechganda bazis terapiyaga vitamin Dni misellyar shaklini qo‘llash, asoratlarni oldini olishga, sarf xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat:
surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda davolash chora -tadbirlarini barvaqt boshlash orqali kasallik faolligini kamaytirish, suyak tizimi sinish jarayonlarini rivojlanishini oldi olish hamda uning oqibatida kuzatiladigan asoratlar bartaraf etilishi natijasida byudjetdan tashqari mablag‘larni 785 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: surunkali pankreatitlar vitamin D tanqisligi bilan kechganda bazis terapiyaga vitamin Dni misellyar shaklini qo‘llash, asoratlarni oldini olishga, sarf xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Buning natijasida byudjetdan tashqari mablag‘larni 785 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: Aripova Nargiza Nusratovnaning “Vitamin D tanqisligida surunkali pankreatitning o‘ziga xos kechishi va uning davosini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 30 noyabrdagi 09/11048 sonli xati yuborilgan.