Nazarova Nozimaxon Sunnatilla kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda morfogenetik oqsillar prizmasi orqali yurak-qon tomir kasalliklari va minerallar almashinuvining buzilishi», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1634
Ilmiy rahbar: Alixanova Nodira Mirshovkatovna, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nasirova Xurshidaxon Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: morfogenetik oksillarning (FGF23, Klotho) suyak mineral metabolizmini tartibga solishning umumiy ajralmas qismi sifatida axamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet 2 tur va SBK 1-5 darajasi bo‘lgan bemorlarda suyak-minerallar almashinuvi va yurak-qon tomir asoratlarining xavf omillarini boshqaruvida FGF-23 va Klotho oqsilining surunkali buyrak kasalligining markerlari ekanligi aniqlangan;
qandli diabet 2 tur va SBK bo‘lgan bemorlar zardobida morfogenetik oqsillarning an’anaviy suyak minerallar almashinuvi buzilishi markerlarining kon bosimi, chap qorincha miokardi remodellashuvi va tomirlar qattiqligi bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi asoslangan;
ikkilamchi giperparatireoz rivojlanishida an’anaviy giperfosfatemiya va paratgormon miqdorining oshishi ko‘rsatkichlaridan ko‘ra zardobdagi FGF-23 va Klotho oqsilini aniqlash, suyak mineral almashinuvi buzilishini erta tashxislash markeri ekanligi aniqlangan;
kardioprotektiv marker sifatida vitamin D va uning faol metaboliti bilan davolash natijasida morfogenetik oqsillar (FGF23, Klotho oksili) ning ijobiy o‘zgarish dinamikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 23 yanvardagi 49-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23-yanvardagi 01-06/80-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet 2 tur va SBK 1-5 darajasi bo‘lgan bemorlarda suyak-minerallar almashinuvi va yurak-qon tomir asoratlari uchun xavf omillarini boshqarishda FGF-23 va Klotho oqsilining surunkali buyrak kasalligining markerlari ekanligi aniqlangani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 21.07.2023 yildagi 51-son hamda Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 01-10/27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet 2 tur, surunkali buyrak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar orasida fibroblast o‘sish omili 23 (FGF-23), Klotho oqsili, paratgormon, vitamin D va uning faol metabolitlarini erta aniqlash natijasida yurak qon-tomir kasalliklari sababli yuzaga keluvchi to‘satdan o‘lim xavfini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuv qandli diabet 2 tur surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir va suyak minerallar almashinuvini buzilishini erta tashxislash, differensial tashhislash uchun zarur bo‘lgan ortiqcha laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikga erishiladi. Xulosa: qandli diabet 2 tur, surunkali buyrak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar orasida tomirlar kalsifikatsiyasi, miokard remodellashuvi, fibroblast o‘sish omili 23 (FGF-23), Klotho oqsili, paratgormon, vitamin D va uning faol metabolitlarini erta aniqlash natijasida yurak qon-tomir kasalliklari sababli yuzaga keluvchi to‘satdan o‘lim xavfini kamaytirish va bu o‘z navbatida o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: QD2 va SBK bo‘lgan bemorlar zardobida morfogenetik oqsillarning an’anaviy suyak minerallar almashinuvi buzilishi markerlarining kon bosimi, chap qorincha miokardning remodellashuvi va qon tomir devorlarining qattiqligi bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik asoslangani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 21.07.2023 yildagi 51-son hamda Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 01-10/27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet 2 tur, surunkali buyrak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar orasida yurak qon – tomir kasalliklari sababli yuzaga keluvchi to‘satdan o‘lim xavfini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qandli diabet 2 tur va SBK bo‘lgan bemorlar zardobida morfogenetik oqsillarning an’anaviy suyak minerallar almashinuvi buzilishi markerlarining, chap qorincha miokardi remodellashuvi va tomirlar qattiqligi bilan bog‘liq holda qiyosiy tahlili o‘tkazilishi natijasida o‘rta hisobda har bir bemor hisobiga 1 mln 500 ming so‘m iqtisod qilishga erio‘iladi. Xulosa: qandli diabet 2 tur va SBK bo‘lgan bemorlar zardobida morfogenetik oqsillarning an’anaviy suyak minerallar almashinuvi buzilishi markerlarining, chap qorincha miokardi remodellashuvi va tomirlar qattiqligi bilan bog‘liq holda qiyosiy tahlili o‘tkazilishi orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 1500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi giperparatireoz rivojlanishida an’anaviy giperfosfatemiya va paratgormon miqdorining oshishi ko‘rsatkichlaridan ko‘ra zardobdagi FGF-23 va Klotho oqsilini aniqlash, suyak mineral almashinuvi buzilishini erta tashxislash markeri ekanligi aniqlangani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 21.07.2023 yildagi 51-son hamda Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 01-10/27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zardobdagi FGF-23 va Klotho oqsilini aniqlash, ikkilamchi giperparatireoz rivojlanishida an’anaviy giperfosfatemiya va paratgormon miqdorining oshishi muximroq ekanligi va kasallikning darajasi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar asosida bemorlarni o‘z vaqtida monand davolash, ularning hayot sifati hamda umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tireotoksikozi bor bolalarda prognoz qiluvchi omillarni erta aniqlash va qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar orasida tomirlar kalsifikatsiyasi, miokard remodellashuvi, fibroblast o‘sish omili 23 (FGF-23), Klotho oksili, paratgormon, vitamin D va uning faol metabolitlarini erta aniqlash natijasida yurak qon-tomir kasalliklari sababli yuzaga keluvchi asoratlarni oldini olish bemorlar shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga olib keladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. Shifoxonaga davolanish muddatining 10 kundan 8 kunga qisqarishi natijasida Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bir bemor uchun 560000 so‘m iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: qandli diabet 2 tur surunkali buyrak kasalligida yurak qon-tomir asoratlarni erta tashxislash tibbiyot amaliyoti uchun muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga bo‘lib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 560000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kardioprotektiv marker sifatida vitamin D va uning faol metaboliti bilan davolash natijasida morfogenetik oqsillar (FGF23, Klotho oksili) ning ijobiy o‘zgarish dinamikasi aniqlangani Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 21.07.2023 yildagi 51-son hamda Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 01-10/27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardioprotektiv marker sifatida vitamin D va uning faol metaboliti bilan davolash natijasiga ko‘ra morfogenetik oqsillarning o‘zgarish dinamikasi bilan bog‘liq va belgilangan klinik xavf bilan bir qatorda qo‘shimcha bashorat qiluvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kardioprotektiv marker sifatida vitamin D va uning faol metaboliti bilan davolash natijasiga ko‘ra morfogenetik oqsillarning o‘zgarish dinamikasi darajasini o‘rganish va davo muolajalarini optimallashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 650000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 2300000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: kardioprotektiv marker sifatida vitamin D va uning faol metaboliti bilan davolash natijasiga ko‘ra morfogenetik oqsillarning o‘zgarish dinamikasi optimallashtirish sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 1250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.