Turaeva Dinara Tulkunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqobat sharoitida oliy ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3319
Ilmiy rahbari: Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ne’matov Inatillo Ubaydullaevish, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik texnologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy o‘quv yurtlarida ta’lim xizmatlarining marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan ibotat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy o‘quv yurtlari uchun bosqichma-bosqich marketing dasturini amalga oshirishda bozor va raqobat muhitini tadqiq etish (BRM=0,18), oliy ta’lim muassasasini pozisiyalash va marketing rejasini ishlab chiqish (PMR=0,22), yuqori imijni shakllantirish va faol reklama kampaniyasini tashkil etish (IRK=0,26), samarali narx siyosatini va ta’lim shakllarini belgilash (NS=0,15), ishga joylashtirish va o‘qishga qabul (BQ=0,19) tadbirlari guruhlari bo‘yicha vaqt va qiymat jihatidan nisbatini ta’minlash asosida ta’lim xizmatlari iste’molchilari bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish taklifi asoslangan;
turli darajadagi ta’lim tashkilotlari raqobatbardoshligini boshqarishning asosiy strategik yo‘nalishlarini talabalarning turli toifalarini marketing yo‘naltirish va ta’lim berishning yakka tartibdagi traektoriyasini kengaytirish tadbirini kiritish asosida takomillashtirish taklifi asoslangan;
ta’lim jarayonining turli bosqichlarida ta’lim muassasasining mijozlar guruhlari va oqimlari bilan o‘zaro ta’sirida ta’lim mahsulotini taqdim etishning uzoq operasion siklida marketing axborot tizimini joriy etish va samarali ishlash imkoniyatini ta’minlash orqali oliy ta’lim muassasasi daromadlariga ta’sirining 1,1 ≤ DOTM ≤ 1,4 me’yoriga erishish asoslangan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarining marketing strategiyalari asosida rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari, ularda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda tahsil olayotgan talabalar soni dinamikasining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim xizmatlarining marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
oliy o‘quv yurtlari uchun bosqichma-bosqich marketing dasturini amalga oshirishda bozor va raqobat muhitini tadqiq etish (BRM=0,18), oliy ta’lim muassasasini pozisiyalash va marketing rejasini ishlab chiqish (PMR=0,22), yuqori imijni shakllantirish va faol reklama kampaniyasini tashkil etish (IRK=0,26), samarali narx siyosatini va ta’lim shakllarini belgilash (NS=0,15), ishga joylashtirish va o‘qishga qabul (BQ=0,19) tadbirlari guruhlari bo‘yicha vaqt va qiymat jihatidan nisbatini ta’minlash asosida ta’lim xizmatlari iste'molchilari bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 10 noyabrdagi 3283/15-2023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari uchun bosqichma-bosqich marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha, birinchi navbatda ta’lim xizmatlari iste’molchilari bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar (chora-tadbirlar) ishlab chiqilgan;
turli darajadagi ta’lim tashkilotlari raqobatbardoshligini boshqarishning asosiy strategik yo‘nalishlari talabalarning turli toifalarini marketing yo‘naltirish va ta’lim berishning yakka tartibdagi traektoriyasini kengaytirish tadbirini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 martdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovasiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200 sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 10 noyabrdagi 3283/15-2023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turli darajadagi ta’lim tashkilotlari, jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining raqobatbardoshligini boshqarishning asosiy strategik yo‘nalishlari tizimini kengaytirish imkoni yaratilgan;
ta’lim jarayonining turli bosqichlarida ta’lim muassasasining mijozlar guruhlari va oqimlari bilan o‘zaro ta’sirida ta’lim mahsulotini taqdim etishning uzoq operasion siklida marketing axborot tizimini joriy etish va samarali ishlash imkoniyatini ta’minlash orqali oliy ta’lim muassasasi daromadlariga ta’sirining 1,1 ≤ DOTM ≤ 1,4 me’yoriga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyundagi PF-165-son “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan innovasion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 10 noyabrdagi 3283/15-2023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida marketingni boshqarishning funksional bloklari ishlab chiqilib, oliy ta’limni raqamlashtirish sharoitida universitetga marketing axborot tizimini (MAT) joriy etilishi. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining rentabelligini mustahkamlashga, ta’lim xizmatlaridan olgan daromadlarini 20 foizga oshirishga va 15 foizga ko‘proq talabalarni jalb qilishga imkon berdi. Bu universitetning yillik daromadlarini oshirish va yanada o‘sishi hamda raqobatbardoshligi uchun ta’lim dasturlari va xizmatlarini ishlab chiqish, takomillashtirishga sarmoya kiritish imkonini berdi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarining marketing strategiyalari asosida rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari, ularda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda tahsil olayotgan talabalar soni dinamikasining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 10 noyabrdagi 3283/15-2023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining mehnat bozoridagi talabalar ehtiyojlarining o‘zgarishiga moslashish, tegishli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb qilish, ilmiy va biznes tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ko‘proq talabalarni kasb-hunarga jalb qilish va ularning qoniqish darajasini oshirish imkoni yaratilgan.