Nasimov Ravshanjon Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq yukini optimallashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt       
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tulakov Ulug‘bek Toshmamatovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq yukini baholash va uni optimallashtirish jarayonlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
benzin va dizel yoqilg‘isini oxirgi iste’molchilarga sotadigan shaxslar uchun aksiz solig‘ini bekor qilib, uni to‘lash majburiyatini neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar zimmasiga yuklash orqali mazkur soliq turini byudjet daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan unifikatsiya qilish taklifi asoslangan;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan miqdorda yoki jismoniy shaxslardan deklaratsiya asosida olinadigan daromad solig‘ini bekor qilish hamda mazkur soliq o‘rniga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aylanma solig‘i yoki QQS va foyda soliqlarini to‘lashni tanlash imkonini berish orqali soliq yukini optimallashtirish taklifi asoslangan;
yuridik shaxslarning asosiy infratuzilma hamda ko‘chmas mulk obektlari uchun mol-mulk solig‘i stavkasini yillik inflyasiya darajasini hisobga olgan holda 0,5% dan 0,8% gacha oshirish orqali indeksatsiya qilish asosida asosiy stavka darajasiga etkazish va teng soliqqa tortish shartlarini yaratish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik subektlari tomonidan ijtimoiy reestriga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan hajmda ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan holatda mol-mulk solig‘i va er solig‘idan imtiyoz berish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq yukini baholash va uni yanada optimallashtirish bilan bog‘liq ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
benzin va dizel yoqilg‘isini oxirgi isteʼmolchilarga sotadigan shaxslar uchun aksiz solig‘ini bekor qilib, uni to‘lash majburiyatini neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar zimmasiga yuklash orqali mazkur soliq turini byudjet daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan unifikatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-813-son “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 3-noyabrdagi
15-109925-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiz solig‘i turlarini byudjet daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan unifikatsiya qilish, davlat byudjetiga qo‘shimcha 63,0 mlrd.so‘mlik mablag‘ jalb etilishi va soliq to‘lovchilar zimmasiga soliq yukining keskin oshishiga olib kelmasligini ta’minlash imkonini bergan;
yuridik shaxslarning asosiy infratuzilma hamda ko‘chmas mulk obektlari uchun mol-mulk solig‘i stavkasini yillik inflyasiya darajasini hisobga olgan holda 0,5% dan 0,8% gacha oshirish orqali indeksatsiya qilish asosida asosiy stavka darajasiga etkazish va teng soliqqa tortish shartlarini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-813-son “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 3-noyabrdagi 15-109925-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  davlat byudjetiga qo‘shimcha 149,7 mlrd.so‘mlik mablag‘ jalb etilishi va soliq to‘lovchilar zimmasiga tushadigan soliq yuki keskin oshishining oldini olish imkoni yaratilgan;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan miqdorda yoki jismoniy shaxslardan deklaratsiya asosida olinadigan daromad solig‘ini bekor qilish hamda mazkur soliq o‘rniga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aylanma solig‘i yoki QQS va foyda soliqlarini to‘lashni tanlash imkonini berish orqali soliq yukini optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-813-son “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 3-noyabrdagi 15-109925-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq stavkalarini optimallashtirish hisobiga soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini 342 mlrd.so‘mga kamaytirish imkonini bergan;
tadbirkorlik subektlari tomonidan ijtimoiy reestriga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan hajmda ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan holatda mol-mulk solig‘i va er solig‘idan imtiyoz berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 19-iyundagi 18/1-74550-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik subektlariga tabaqalashgan miqdorlarda imtiyoz va preferensiyalar belgilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish