Hamidov Saidjon Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik destinatsiyalarning raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati, 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2707.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat univesiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirjalilova Dildora Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik destinatsiyalarning raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik destinatsiya” tushunchasi aniq chegaraga ega turistik resurs, yagona boshqaruv strategiyasiga ega tizim, ko‘p bosqichli kompleks turistik mahsulot, murakkab o‘zaro munosabatlar natijasida foydalaniluvchi turistik resurs, iste’mol qiymat bilan bir qatorda turistik tajribani shakllantiruvchi mahsulot, hudud, iste’mol qiymatiga ega qadriyat sifatida talqin etilishi asoslangan;
Buxoro viloyatidagi turistik destinatsiyalarning guruhlangan tabiiy-landshaft, ekologik, iqtisodiy subektlar demografiyasi, transport va infratuzilma, ijtimoiy-madaniy hamda turistik xavfsizlik ko‘rsatkichlari asosida Buxoro shahri, Kogon va G‘ijduvon tumanlaridagi destinatsiyalarni turistik majmualarga konsentratsiyalash taklifi asoslangan;
Buxoro viloyatining “Labi Hovuz” (RB=9,5) va Samarqand viloyatining “Ibn Sino” (RS=8,2) turistik destinatsiyalari tajribasiga ko‘ra xususiy holatlar uchun raqobatbardoshlikning omil ta’siri darajasi va omillarning vaznini o‘zida umumlashtiruvchi raqobatbardoshlik omillarining integral ko‘rsatkichini aniqlash uslubiyoti takomillashtirilgan;
turistik destinatsiyalarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlari soni, kiritilayotgan investisiyalar hajmi, xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni va turistik destinatsiyalarda band bo‘lgan aholi soni korrelatsiyasi asosida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik destinatsiyalarning raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik destinatsiya” tushunchasi aniq chegaraga ega turistik resurs, yagona boshqaruv strategiyasiga ega tizim, ko‘p bosqichli kompleks turistik mahsulot, murakkab o‘zaro munosabatlar natijasida foydalaniluvchi turistik resurs, iste’mol qiymat bilan bir qatorda turistik tajribani shakllantiruvchi mahsulot, hudud, iste’mol qiymatiga ega qadriyat sifatida talqin etilishiga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Chakana savdo prinsiplari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda turistik destinatsiyaning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish hamda amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
Buxoro viloyatidagi turistik destinatsiyalarning guruhlangan tabiiy-landshaft, ekologik, iqtisodiy subektlar demografiyasi, transport va infratuzilma, ijtimoiy-madaniy hamda turistik xavfsizlik ko‘rsatkichlari asosida Buxoro shahri, Kogon va G‘ijduvon tumanlaridagi destinatsiyalarni turistik majmualarga konsentratsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 05-12-15-4565-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda turistik destinatsiyalar faoliyatini 3 ta guruhga Sterjess metodikasi asosidagi strategik baholash natijalari aniqligi ortgan;
Buxoro viloyatining “Labi Hovuz” (RB=9,5) va Samarqand viloyatining “Ibn Sino” (RS=8,2) turistik destinatsiyalari tajribasiga ko‘ra xususiy holatlar uchun raqobatbardoshlikning omil ta’siri darajasi va omillarning vaznini o‘zida umumlashtiruvchi raqobatbardoshlik omillarining integral ko‘rsatkichini aniqlash uslubiyotini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 05-12-15-4565-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik destinatsiyalarning raqobatbardoshligini 0 dan ortib boruvchi raqobatbardoshlik omillarining integral ko‘rsatkichi orqali qiyosiy baholash natijalari aniqligi ortgan;
turistik destinatsiyalarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlari soni, kiritilayotgan investisiyalar hajmi, xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni va turistik destinatsiyalarda band bo‘lgan aholi soni korrelatsiyasi asosida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 05-12-15-4565-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida makro darajada umumiy sifat darajasi (Darbin-Uotson mezoni 1,97 ga teng) yuqori bo‘lgan chiziqsiz modelga asoslangan, turistik destinatsiyalarda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2027-yilgacha bo‘lgan, tafovut oralig‘i 0,29 foiz diapazonga teng maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.