Pardaev Jamshid Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Korxonalarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish (xizmat ko‘rsatish korxonalari misolida)”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Giyasov Sarvar A’zamovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyati ko‘rsatuvchi korxonalarini soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lovchi kichik biznes maqomidagi xizmat ko‘rsatish korxonasi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan holda ham davlat soliq organinixabardor qilgan holda soliq qarzini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini taqdim etish taklifi asoslangan;
norezident tavsifidagi xizmat ko‘rsatish korxonalari, agar o‘z faoliyati uchun xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar sotib olish (sotish) bo‘yicha xizmatlar qiymati xalqaro shartnomada alohida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, soliq solinadigan daromad miqdorinimazkur turdagi xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlash taklifi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchiamaldagi hamdayangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq davri davomida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshsa, ular daromadi belgilangan miqdorga etgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lash tartibiga o‘tishi taklifi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalardan aylanmadan olinadigan soliqlarning amaldagi 4 foizdan 25 foizga qadarbelgilangan stavkalari o‘rnigaiqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilari sifatida umumiy 4 foizlik soliq stavkasini belgilash asosida unifikatsiya qilishorqalisoliq ma’murchiligi soddalashtirish va soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lovchi kichik biznes maqomidagi xizmat ko‘rsatish korxonasi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan holda ham davlat soliq organini xabardor qilgan holda soliq qarzini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 100-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 27-yanvardagi
15-10240-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kichik biznes maqomidagi xizmat ko‘rsatish korxonalariga ham soliq qarzini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqidan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
norezident tavsifidagi xizmat ko‘rsatish korxonalari, agar o‘z faoliyati uchun xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar sotib olish (sotish) bo‘yicha xizmatlar qiymati xalqaro shartnomada alohida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, soliq solinadigan daromad miqdorini mazkur turdagi xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 351-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 27-yanvardagi 15-10240-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa tortishda soliq bazasini ob’ektiv shakllantirishga asos bo‘lgan;
xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaldagi hamda yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq davri davomida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshsa, ular daromadi belgilangan miqdorga etgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lash tartibiga o‘tishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 462-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 27-yanvardagi 15-10240-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun QQS va foyda solig‘ini hisoblash, soliq ma’murchiligini soddalashtirish, soliq to‘lovchining basharti umumiy jami daromadi bir milliard so‘mdan oshsa ulardan tegishli tartibda QQS va foyda solig‘ini o‘zlari buxgalteriya qoidalariga asosan soliqlarni hisoblashga o‘tishi va o‘zlariga nisbatan soliq majburiyatlarini to‘g‘ri aniqlab borish imkoni yaratilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalardan aylanmadan olinadigan soliqlarning amaldagi
4 foizdan 25 foizga qadar belgilangan stavkalari o‘rnigaiqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilari sifatida umumiy 4 foizlik soliq stavkasini belgilash asosida unifikatsiya qilish orqali soliq ma’murchiligi soddalashtirish va soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 467-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 27-yanvardagi 15-10240-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, xizmat ko‘rsatish korxonalari zimmasidagi soliq yukini muayyan darajada engillashtirish, soliq to‘lovchilarda soliqlarni hisoblash tizimini soddalashtirish orqali soliq to‘lovchilar ixtiyorida bir yilda o‘rtacha hisobda 458 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘larning qolishi hamda ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish imkoni yaratilgan.