Djalilov Rahmonkul Hamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobi va soliqqa tortishni takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” va 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3019.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugafur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Giyasov Sarvar A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobi va soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobi ma’lumotlarning ishonchligini ta’minlash, soliq nazoratini kuchaytirish maqsadida 6420-“Byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovlari bo‘yicha qarz” schyoti bo‘yicha 6420-“12 % stavkada sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarga QQS”, 6421-“0 % stavkada sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarga QQS” ishchi schyotlarni ochish va schyotlar rejasiga kiritish asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida elektron hisobvaraq-fakturani amaliyotga joriy etish orqali hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibini soddalashtirish taklifi asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organi soliq summasining o‘rnini to‘liq yoki qisman qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur soliq summasini qaytarish muddatini soliq organlari xabardor qilingan sanadan e’tiboran ikki barobarga qisqartirish orqali soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjetga tushum hajmini oshirish asoslangan;
maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladigan soliq imtiyozlarini hisobga olish uchun alohida balans schyotini ochish va hisobini yuritish maqsadida 8850-“Maqsadsiz ishlatiladigan soliq imtiyozlari” schyotini, hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi schyotlar rejasiga 8840-“Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” va 8850-“Maqsadsiz ishlatiladigan soliq imtiyozlari” ishchi schyotlarni har bir soliq turi bo‘yicha kiritish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobi ma’lumotlarining ishonchligini ta’minlash, soliq nazoratini kuchaytirish maqsadida 6420-“Byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovlari bo‘yicha qarz” schyoti bo‘yicha 6420-“12 % stavkada sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarga QQS”, 6421-“0 % stavkada sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarga QQS” ishchi schyotlarni ochish va schyotlar rejasiga kiritish taklifi “Qashqadaryo parmalash ishlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryo parmalash ishlari” AJning 2023-yil 3-maydagi 350-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq imtiyozi davri tugagandan keyin ishlatilmasdan qolgan summaning doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida elektron hisobvaraq-fakturani amaliyotga joriy etish orqali hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibini soddalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 18-apreldagi 15-41992-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘ining bazasini kengaytirish va xufiyona iqtisodiyot darajasini pasaytirish, byudjetga qo‘shimcha soliq tushumini ta’minlash imkoni yaratilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organi soliq summasining o‘rnini to‘liq yoki qisman qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur soliq summasini qaytarish muddatini soliq organlari xabardor qilingan sanadan e’tiboran ikki barobarga qisqartirish orqali soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjetga tushum hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son qonuni bilan Soliq kodeksining 274-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 18-apreldagi 15-41992-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjetga qo‘shimcha tushum tushishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladigan soliq imtiyozlarini hisobga olish uchun alohida balans schyotini ochish va hisobini yuritish maqsadida 8850-“Maqsadsiz ishlatiladigan soliq imtiyozlari” schyotini, hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi schyotlar rejasiga 8840-“Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” va 8850-“Maqsadsiz ishlatiladigan soliq imtiyozlari” ishchi schyotlarni har bir soliq turi bo‘yicha kiritish taklifi “Qashqadaryo parmalash ishlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryo parmalash ishlari” AJning 2023-yil 3-maydagi 350-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari va maqsadsiz beriladigan soliq imtiyozlarining shakllanishi va ularning ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish imkoni yaratilgan.