Reypnazarova Gulperiyzat Nukusbayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kizilning (Cornus mascula L.) biologik-xo‘jalik, tavsifi va ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Qx907.
Ilmiy rahbar: Adilov Xikmatilla Abduhalilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Qosimov Axmadjon Abdukaqodirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kizil (Cornus mascula L.) o‘simligining morfo-biologik xususiyatlarini o‘rganish va ko‘chatini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati iqlim sharoitida kizil o‘simligining introduksiya qilingan Vladimirskiy, Red star va Helen navlarining morfo-biologik xususiyatlari, o‘sishi va rivojlanish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Kizil o‘simligida 1 dona meva vazni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Vladimirskiy navida 2,6 g, Red star navida 3,2 g, Helen navida 2,5 g bo‘lishi aniqlangan;
kizil o‘simligi ko‘chatini urug‘idan ko‘paytirishda asosan 2 yillik va vazni 0,79-0,80 g bo‘lgan urug‘lardan foydalanish unuvchanlikni 94% ga oshirishi isbotlangan;
kizil o‘simligi ko‘chatini, yashil qalamchalardan sun’iy boshqariladigan mikroiqlim sharoitida ko‘paytirishda Ekstra (1 g/l suvga) o‘stiruvchi modda bilan ishlov berilganda 83 % tayyor ko‘chatlar chiqishi aniqlangan;
kizil o‘simligi ko‘chatini, yog‘ochlashgan qalamchalardan ko‘paytirishda fevral` oyining II dekadasida 70×30 sm ekish sxemasida 84 % natija berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kizil ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining himoyalangan maydonida 0,01 ga maydonda kizil o‘simligining yashil qalamchalarini ko‘paytirish ishlanmasi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi №04/21-06/67-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kizil o‘simligidan 0.01 ga himoyalangan inshootdan o‘rtacha 1500 dona ko‘chat etishtirilib 500 donasi 25000 sumdan realizatsiya qilinib 12500000 sum daromad olishga erishildi;
ochiq maydonlarda kizil o‘simligining yog‘ochlashgan ko‘chatlarini ko‘paytirish ishlanmasi Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumani “Muzaffar bog‘i” fermer xo‘jaligining 0,05 gektar ochiq maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi №04/21-06/67-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1 gektar maydondan o‘rtacha 4000 dona kizil ko‘chatlarini ko‘paytirishga erishilgan, rentabellik 700 % ni tashkil etgan;
ochiq maydonlarda kizil o‘simligining yog‘ochlashgan qalamchalarini ko‘paytirish ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumani “Aziz Xurmat mevazori” fermer ho‘jaligida 0,02 ga ochiq maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi №04/21-06/67-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 0,02 gektar maydondan o‘rtacha 800 dona kizil ko‘chatlarini etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish