Egamberdiev Sobir Yuldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxonalarda pomidorni cherri tipdagi nav namunalarini etishtirish texnologik elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx903.
Ilmiy rahbar: Yunusov Salohiddin Atxamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Do‘smuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoshimxo‘jaev Bexzod Muzaffarovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pomidorni issiqxonalarda cherri tipidagi nav namunalarini etishtirish texnologik elementlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor cherri pomidorni issiqxonalarda serhosil (12,7-14,7 kg/m2), ertapishar (12 kun), kasalliklarga chidamli, yuqori iqtisodiy samarador (530 mln. – 1064 mln. so‘m sof foyda) va shirin mevali Blek cherri, Krasniy slivovidniy, 1000 N2 pomidorki va Medoviy kaskad navlari istiqbolli deb topilgan;
cherri pomidorni issiqxonada etishtirishda Connect moddasini 200 ml/100 l me’yorda urug‘larni ivitish va bargidan 2 marta purkash hosildorlikni (17,1-17,5 kg/m2) va tovarbop hosil ulushini (94,2-94,5 %) oshirganligi aniqlangan;
cherri pomidor ko‘chatlarni ekishda tuproqda namligini saqlovchi Gidrogel` moddasini 1,2 g/m2 me’yorda qo‘llash hosildorlikni (17,9 kg/m2) va tovarbop hosil ulushini (95,2 %) oshirganligi aniqlangan;
cherri pomidorni issiqxonada etishtirishda maqbul ( ×30 sm) ekish sxemasi yuqori samaradorlikka erishganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqxonalarda pomidorni cherri tipdagi nav namunalarini etishtirishning texnologik elementlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
cherri pomidorni issiqxonalarda etishtirishga mos istiqbolli navlarini etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Qibray tumani “Mirzajonov Xolmat Fayz” MChJ ning 0,5 ga, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Murodbek Zuxriddinovich” fermer xo‘jaligida 0,7 ga maydonlardagi issiqxonalarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 21 avgustdagi №04/21-05/4157-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yangi navlarni etishtirish xo‘jaliklardagi boshqa navlarga nisbatan 19 – 21% gacha yuqori samaradorlikka erishilgan.
cherri pomidorni issiqxonalarda etishtirishda o‘sib rivojlanishiga yangi o‘stiruvchi moddalarni qo‘llash ishlanmasi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “G‘allakor paxta tolasi” fermer xo‘jaligida 0,5 ga, Qamashi tumani “Zafarov Shaxzodbek” fermer xo‘jaligida 0,8 ga, Andijon viloyati Asaka tumani “Samaragrozovetservis” MChJ ning 1,0 ga maydonlaridagi issiqxonalarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 21 avgustdagi №04/21-05/4157-son ma’lumotnomasi). Natijada cherri pomidor urug‘larini Microset Super (50 ml/100 l) va Connect (200 ml/100 l) preparatlarida ivitish va o‘simlikka 2 marta purkash, pomidor ko‘chatlarini Gidrogel` moddasi bilan birgalikda ekish usullarini qo‘llash natijasida xo‘jaliklardan gektariga 19 – 21% gacha yuqori samaradorlikka erishilgan.