Xakimova Zilola Fazliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘ daryolari oqimini iqlim o‘zgarishining turli ssenariyalari asosida baholash (Chirchiq-Ohangaron havzasi misolida)», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Gr212.
Ilmiy rahbar: Yunusov G‘olib Xodjaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Pirnazarov Ravshan Topvoldievich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ daryolari gidrologik rejimi va oqimi miqdorlarini global iqlim o‘zgarishining turli ssenariyalari asosida yaqin kelajak uchun baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim o‘zgarishining asosiy belgilari − havo harorati hamda atmosfera yog‘inlarining miqdoriy o‘zgarishlari Chirchiq-Ohangaron havzasidagi meteorologik kuzatish ma’lumotlari asosida baholangan;
daryolar oqimi (Q, m3/s) bilan qishki (Xq, mm) va yozgi (Xyo, mm) atmosfera yog‘inlari hamda yozgi havo harorati (t, 0C ) orasidagi ko‘p hadli bog‘lanishlar statistik baholangan, ularning regressiya tenglamalari tuzilgan;
ko‘p hadli bog‘lanishlarning regressiya tenglamalari asosida daryolarning yillik oqimi miqdorlari iqlimiy omillarga bog‘liq holda aniqlangan;
daryolarning vegetatsiya davri va uning alohida oylari oqimini iqlimiy omillarga bog‘liq holda uzoq muddatli prognozlash uslubi takomillashtirilgan;
global iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan ssenariyalari asosida daryolar oqimining asosiy gidrologik ko‘rsatkichlari (Q, m3/s; W, km3; M, l/skm2; h, mm) yaqin kelajak uchun miqdoriy baholash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ daryolari oqimini global iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan ssenariyalari asosida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Chirchiq-Ohangaron havzasida havo harorati hamda atmosfera yog‘inlarining bazaviy va joriy iqlimiy davrlar uchun hisoblangan qiymatlarini o‘zaro solishtirish natijalari asosida aniqlangan o‘zgarishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tezkor ma’lumotnomalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorolgiya xizmati agentligining 2023 yil 27 iyuldagi 01-15/1316-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishi haqida tayyorlanadigan tezkor ma’lumotnomalar matni va ularning mazmuniga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Piskom va Chotqol daryolari oqimining meteorologik omillarga, xususan, mavsumiy atmosfera yog‘inlari va yozgi havo haroratiga bog‘liqligini ifodalovchi ko‘p hadli regressiya tenglamalaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida Chorvoq suv omboriga mazkur daryolardan vegetatsiya davri, yil choraklari va oylarida quyiladigan oqim miqdorlarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorolgiya xizmati agentligining 2023 yil 27 iyuldagi 01-15/1316-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolardan Chorvoq suv omboriga quyiladigan oqim miqdorini baholash usullariga aniqlik kiritishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
daryolarning yillik, vegetatsiya davri va uning alohida oylari oqimining ko‘p hadli regressiya tenglamalari asosida aniqlangan miqdriy ko‘rsatkichlaridan “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Daryolarning to‘yinish manbalari” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 1 maydagi 08-03160-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘yinish manbalariga bog‘liq holda, daryolar suv resurslarini tezkor miqdoriy baholashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
daryolar oqimining global iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan ssenariyalari asosida yaqin kelajak uchun aniqlangan miqdoriy qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi – O‘zgidrometda Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolaridan kelajakda Chorvoq va Ohangaron suv omborlariga quyilishi mumkin bo‘lgan oqim miqdorlarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorolgiya xizmati agentligining 2023 yil 27 iyuldagi 01-15/1316-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari suv resurslaridan suv omborlari yordamida foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan.