Tleuov Medet Abdimuratovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Banklararo raqobatni rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2965.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qoraliev Sherbek To‘raboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda banklararo raqobatni ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sof foizli marja ko‘rsatkichini foizli daromadlarning o‘sishini foizli xarajatlarning o‘sishidan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali bank aktivlarining rentabelligini oshirish taklif etilgan;
bankning foizli daromadlari bilan foizli xarajatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni jalb qilingan depozitlarni samarali aktiv operatsiyalarga joylashtirish orqali ta’minlash taklif etilgan;
zaxira kapitalini 10 foizga oshirish orqali regulyativ kapital hajmini oshirish yo‘li bilan bankning raqobatbardoshligini oshirish taklif etilgan;
muddatli depozitlarni 15 foizga oshirish orqali passivlarning barqarorligini ta’minlash va aktivlarning barqaror tarkibini samarali diversifikatsiya qilish yo‘li bilan tijorat bankining likvidliligini oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklararo raqobatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
sof foizli marja ko‘rsatkichini foizli daromadlarning o‘sishini foizli xarajatlarning o‘sishidan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali bank aktivlarining rentabelligini oshirish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 6 apreldagi 755-son «Investisiya siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 15 martdagi № 07-16/4337-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mikrokreditbankda foizli daromadlarning brutto aktivlarga nisbatan darajasi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 0,2 foizli punktga oshgan;
bankning foizli daromadlari bilan foizli xarajatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni jalb qilingan depozitlarni samarali aktiv operatsiyalarga joylashtirish orqali ta’minlash taklifi «Mikrokreditbank» ATB «2022 yilga mo‘ljallangan «Likvidlilikni boshqarish siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 15 martdagi № 07-16/4337-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mikrokreditbankda sof foizli daromadning miqdori 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 23,6 foizga ortgan;
zaxira kapitalini 10 foizga oshirish orqali regulyativ kapital hajmini oshirish yo‘li bilan bankning raqobatbardoshligini oshirish taklifi taklifi «Mikrokreditbank» ATBning «Likvidlilik tavakkalchiliklarini boshqarish to‘g‘risida»gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 15 martdagi № 07-16/4337-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mikrokreditbankda regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘i 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 5,9 foizli punktga oshgan;
muddatli depozitlarni 15 foizga oshirish orqali passivlarning barqarorligini ta’minlash va aktivlarning barqaror tarkibini samarali diversifikatsiya qilish yo‘li bilan tijorat bankining likvidliligini oshirish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 2 maydagi 850-son 2023 yilga mo‘ljallangan bankning «Depozit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 15 martdagi №07-16/4337-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mikrokreditbankda barqaror passivlarning brutto passivlar hajmidagi salmog‘i 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 11,7 foizga ortgan.