Farmanov Jonibek Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi sharoitida asalarichilikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2734
Ilmiy rahbar: Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishi sharoitida asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining o‘z dala maydonlari atrofida asalari uyalarini joylashtirilishidan manfaatdorligini oshirishda o‘simliklarga zararkunandalariga qarshi kimyoviy ishlov berish va boshqa agrotexnik tadbirlardagi cheklovlar tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy yo‘qotishlarni davlat tomonidan soliq imtiyozlarini berish orqali qoplash taklifi asoslangan;
asalarichilik xo‘jaliklarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashda davlat banklari orqali qayta moliyalash stavkasida, tijorat banklari orqali qayta moliyalash stavkasidan oshgan, ammo 10 punktdan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplab berishga yo‘naltirilgan revolver kreditlarini ajratish taklifi asoslangan;
asalarichilik faoliyatini rivojlantirishni mamlakatga import qilingan asal mahsulotlari va asalari inventarlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i va boj to‘lovlarining 50 foizi miqdordagi mablag‘lar va boshqa manbalar hisobiga shakllantiriluvchi “Asalarichilikda texnologik transfer jamg‘armasi” mablag‘lari orqali moliyalashtirish taklifi asoslangan;
iqlim o‘zgarishlari sharoitida yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini inobatga olgan holda Qashqadaryo viloyatida asal mahsuloti ishlab chiqarish hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining o‘z dala maydonlari atrofida asalari uyalarini joylashtirilishidan manfaatdorligini oshirishda o‘simliklarga zararkunandalariga qarshi kimyoviy ishlov berish va boshqa agrotexnik tadbirlardagi cheklovlar tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy yo‘qotishlarni davlat tomonidan soliq imtiyozlarini berish orqali qoplash taklifi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “Hududlarda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02/23-1595-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida asalarichilik subektlari uchun ozuqa ta’minotini hal etish hisobiga tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi 15-20 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
asalarichilik xo‘jaliklarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashda davlat banklari orqali qayta moliyalash stavkasida, tijorat banklari orqali qayta moliyalash stavkasidan oshgan, ammo 10 punktdan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplab berishga yo‘naltirilgan revolver kreditlarini ajratish taklifi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “Hududlarda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02/23-1595-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hisoblash usullari yordamida asalarichilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari tarkibini kamaytirishga, raqamli texnologiyalarni joriy etilishi hisobidan mehnat unumdorligini oshirishga, mahsulotlarni diversifikatsiyalashuviga, tarmoqda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini 10-15 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
asalarichilik faoliyatini rivojlantirishni mamlakatga import qilingan asal mahsulotlari va asalari inventarlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i va boj to‘lovlarining 50 foizi miqdordagi mablag‘lar va boshqa manbalar hisobiga shakllantiriluvchi “Asalarichilikda texnologik transfer jamg‘armasi” mablag‘lari orqali moliyalashtirish taklifi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “Hududlarda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02/23-1595-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tabiatdan shira kelishi, qishloq xo‘jaligi ekinlariga kasallik va zararkunandalarga qarshi vositalardan foydalanilishi, iqlim o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlardan erta ogohlantirish tizimi orqali “Aqlli uya” mexanizmi asosida ari oilalarini samarali boshqarishning moliyaviy manbalarini ta’minlash imkoni yaratilgan;
iqlim o‘zgarishlari sharoitida yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini inobatga olgan holda Qashqadaryo viloyatida asal mahsuloti ishlab chiqarish hajmining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan hududlarda asal ishlab chiqish hajmini oshirishga qaratilgan istiqboldagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02/23-1595-son hamda Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 8-avgustdagi 02/1252-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida mavjud asalari oilasi sonini 1 foizga oshishi evaziga asal ishlab chiqarish hajmi 110,9 foizga ortishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish