Kurbanniyozova Yulduz Allaberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glycirhiza glabra, Hipericum scabrum, Ziziphora pedicellata va Mediazia macrophylla o‘simliklar ekstraktlari aralashmasining antigipoksik faolligini o‘rganish» 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3183.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Alisher Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Islamova Jannat Ikramovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Tabiiy o‘simliklardan tayyorlangan kam zaharli glizimed fitokompozisiyasining antigipoksant va aktoprotektiv ta’sirlari, shuningdek davolovchi ta’sirining ba’zi patogenetik mexanizmlarini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston xududida o‘suvchi shirinmiya ildizi, dalachoy, kiyik o‘ti va alqor o‘ti o‘simliklaridan ajratilgan quruq ekstraktini gipoksiyaning turli eksperimental modellarida birinchi marta antigipoksantlik xossasiga ega ekanligi, hamda ushbu fitokompozisiya fitin va ayniqsa piratsetamdan ustunligi aniqlangan;
glizimedning antigipoksant xossasining ta’sir mexanizmi ko‘p jihatdan antioksidant tizim fermentlarining faolligini ortishi tufayli erkin radikallar ta’sirida oksidlanish jarayoni jadalligini susayishi natijasida xujayralarni apaptozini bartaraf etish bilan bog‘liqligi asoslangan;
piratsetam, fitin va ayniqsa glizimed antigipoksant xossasi eritrotsitlarning zaharlarni shimish, o‘rta molekulyar peptidlar konsentratsiyasini kamayishi va paramesiylar yashash vaqtini uzayishida namoyon bo‘lgan endogen zaharlanish sindromi darajasini pasaytirishi aniqlangan;
ilk bor tajribalarda glizimed ta’sirida jismoniy zo‘riqishga chidamlilik va uni saqlanishini ortishi, xamda mushaklar kuchini yuqori bo‘lishi ushbu fitokompozisiyaning aktoprotektorlik faolligini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 13-dekabrdagi 12/055-son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston xududida o‘suvchi shirinmiya ildizi, dalachoy, kiyiko‘ti va alqor o‘ti o‘simliklaridan ajratilgan quruq ekstraktini gipoksiyaning turli eksperimental modellarida farmakologik va biokimyoviy tadqiqot usullaridan foydalanilgan xolda birinchi marta antigipoksantlik xossasiga ega ekanligi, xamda ushbu fitokompozisiya fitin va ayniqsa piratsetamdan ustunligi aniqlandi;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 16 dekabrdagi 43 sonli buyruq  hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 14 dekabrdagi 11-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: patogenezida gipoksiya holati bo‘lgan kasalliklarni mahalliy xom ashyodan ishlab chiqilgan preparat bilan samarali davolash imkoniyatini yaratadi. 
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak qon-tomir va nafas tizimi kasalliklari avj olayotgan bugungi kunda mahalliy mahsulotlardan yuqori farmakologik faollikka ega bo‘lgan, kam zaharli, olinishi va ishlab chiqarilishi arzon bo‘lgan, import o‘rnini bosuvchi vosita, tejamkor antigipoksantlar sonini kengaytirish imkoniyatini berdi, boshqa antigipoksant vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlandi. 
Xulosa: olingan natijalar glizimed fitoyig‘masini gipoksiya holatlarini davolash va profilaktikasida qo‘llanuvchi piratsetam preparatidan qolishmasligini asosladi. 2022 yilda Respublikaga import bo‘lgan birgina Piratsetam dori vositasining hajmi 1 020 575 AQSH  dollarini tashkil etishini inobatga olinsa ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “Drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan).
Ikkinchi ilmiy yangilik: glizimedning (shirinmiya ildizi, dalachoy, kiyiko‘ti va alqor o‘ti o‘simliklaridan ajratilgan quruq ekstrakt) antigipoksant xossasining ta’sir mexanizmi ko‘p jixatdan antioksidant tizim fermentlarining faolligini ortishi tufayli, erkin radikallar ta’sirida oksidlanish jarayoni jadalligini susayishi natijasida hujayralarni apaptozini bartaraf etish bilan bog‘liqligi ilk bor isbotlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 16 dekabrdagi 43 sonli buyruq  hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 14 dekabrdagi 11-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘pgina antigipoksantlik xususiyatiga ega bo‘lgan dori vositalarining ta’sir qilish mexanizmida yog‘ kislotalar oksidlanishini ingibirlashi buni natijasida, gipoksiyada rivojlanadigan patologik jarayonlarning ijobiy tomonga o‘zgarishi yotadi. Yangi yaratilgan fitoyig‘ma gipoksiya jarayonida kechadigan patologik jarayonlarning yog‘ kislotalar oksidlanishini ingibirlaydi, anaerob glikoliz mahsulotlarini kamaytiradi, antioksidant tizim fermentllar faolligini oshiradi. Shu sababdan patogenezida gipoksiya bo‘lgan ko‘pgina kasalliklarda davolovchi va profilaktik ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taqdim qilingan fitoyig‘ma tarkibidagi flavanoidlar yig‘indisi uning antioksidant fermentlar faolligini oshirishiga sabab bo‘ladi va mahalliy dorivor o‘simliklardan olingan,  mahalliy ishlab chiqarilgan, samarali import o‘rnini bosuvchi antioksidantlar va antigipoksantlar safini kengaytirish imkoniyatini berdi. 
Xulosa: Yaratilgan yangi fitoyig‘ma patogenezida gipoksiya bo‘lgan ko‘pgina kasalliklarda davolovchi va profilaktik ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamiz hududida o‘suvchi dorivor o‘simliklardan olingan bu quruq ekstrakt yuqori iqtisodiy samaraga ega .2022 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina Piratsetam dori vositasining hajmi 1 020 575 AQSH  dollarini tashkil etgan.(ma’lumot “Drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan).
Uchinchi ilmiy yangilik: piratsetam, fitin va ayniqsa glizimed (shirinmiya ildizi, dalachoy, kiyiko‘ti va alqor o‘ti o‘simliklaridan ajratilgan quruq ekstrakt) antigipoksant xossasi eritrotsitlarning zaharlarni shimish, o‘rta molekulyar peptidlar konsentratsiyasini kamayishi va paramesiylar yashash vaqtini uzayishida namoyon bo‘lgan endogen zaharlanish sindromi darajasini pasaytirgan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 16 dekabrdagi 43 sonli buyruq  hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 14 dekabrdagi 11-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hozirgi kunda bemorlarda gipoksiya bilan kechuvchi kasalliklarni davolash maqsadida, nojo‘ya ta’sirlari etarlicha bo‘lishiga qaramasdan, ko‘plab sintetik antigipoksant dori vositalari qo‘llanilib kelinmoqda. Glizimed (shirinmiya ildizi, dalachoy, kiyiko‘ti va alqor o‘ti o‘simliklaridan ajratilgan quruq ekstrakt) o‘zining samarasi bo‘yicha ushbu sintetik dori vositalarni o‘rnini bosuvchi alternativ preparat hisoblanadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Glizimed fitoyig‘masini turli patologik holatlarda organizmda kechadigan intoksikatsiya belgilarini kamaytirishini inobatga olsak, taqdim qilingan yangi mahalliy dorivor o‘simliklardan olingan  ushbu vosita, samarali import o‘rnini bosadi, boshqa antigipoksant vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlandi. 
Xulosa: Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan glizimed vositasi sintetik dori vositalariga qaraganda kam zaharli va tannarxi arzon ekanligi aniqlandi. 2022 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina Piratsetam dori vositasining hajmi 1 020 575 AQSH dollarini tashkil etishini inobatga olinsa ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “Drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan).
To‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribalarda Glizimed (shirinmiya ildizi, dalachoy, kiyiko‘ti va alqor o‘ti o‘simliklaridan ajratilgan quruq ekstrakt) ta’sida jismoniy zo‘riqishga chidamlilik va uni saqlanishini ortishi, hamda mushaklar kuchini yuqori bo‘lishi, ushbu fitokompozisiyaning aktoprotektorlik faolligini ta’minlashi aniqlangan;  
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 16 dekabrdagi 43 sonli buyruq  hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutida 2022 yil 14 dekabrdagi 11-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hayot sifatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan kasbiy faoliyatda jismoniy imkoniyat va mehnat qobiliyatining faqat kichik bir qismigina ishtirok etadi. Tajribalar davomida eksperimental hayvonlar aktoprotektorlik xususiyatini aniqlash uchun majburiy suzish, sirpanchiq tayoqchada turish vaqti va dinomometr yordamida panjalarni ushlash kuchi aniqlandi va glizimedni qo‘llaganda aktoprotektorlik xossasi taqqoslanilgan preparatlardan ustun keldi. Ushbu ko‘rsatkich surunkali kasalliklarda ushbu ekstraktni qo‘llash uchun ayni muddao hisoblanadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taqdim qilingan yangi mahalliy dorivor o‘simliklardan olingan  tabiiy xom ashyodan mahalliy ishlab chiqarilgan, samarali import o‘rnini bosuvchi vosita tejamkor antigipoksantlar arsenalini kengaytirish imkoniyatini berdi, boshqa antigipoksant vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlandi. 
Xulosa: 2022 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina Piratsetam dori vositasining hajmi 1 020 575 AQSH dollarini tashkil etishini inobatga olinsa ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “Drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan).
“Glycirhiza glabra, Hipericum scabrum, Ziziphora pedicellata va Mediazia macrophylla o‘simliklar ekstraktlari aralashmasining antigipoksik faolligini o‘rganish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 28-noyabrdagi 03-4765-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish