Djumanov Kamaliddin Nuriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orqa miya o‘smalarini klinika, tashxislash va jarroxlik davosi», 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. DSc/Tib441.
Ilmiy raxbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,DSc 04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiet fanlari doktori (DSc), Mirzabaev Marat Jumabekovich, tibbiet fanlari doktori (Qozog‘iston Respublikasi), Gafur-Axunov Mirza-Ali, tibbiet fanlari doktori, professsor.
Yetakchi tashkilot nomi: Axunboev nomli Qirgiz davlat tibbiyot akademiyasi (Qirgiziston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi orqa miya o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini tashxislash usullari, davolash taktikasi va jarroxlik davolash texnikasini optimallashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
"Uzun o‘tkazuvchan yo‘llarning ekssentrik joylashuvi qonuni" ekstra- va intramedullar o‘smalar klinik nomoyon bo‘lishida xal qiluvchi ob’ektiv prognostik mezon ekanligi isbotlangan;
orqa miya o‘smalari jarrohlik davolash taktikasini optimallashtirish uchun tashxislash algoritmining qo‘llanilishi jarroxlik davolashda samaradorligi isbotlangan;
orqa miyaning ekstramedulyar o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning takomillashtirilgan taktikasi jarroxlik davolashda (o‘smani qismlarga bo‘lib, subkapsulyar ravishda, bipolyar termal bug‘lanish yordamida olib tashlash) samaradorligi asoslangan;
siringomielitik kista bilan birgalikda uchragan orqa miyaning intramedullar o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash (siringo-subaraxnoid shuntlash) taktikasi asoslangan;
ekstra- va intramedullar o‘smalarni differensial davolash taktikasi ushbu o‘smalarni jarroxlik davolashda afzalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofislashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 12 yanvar 1-son xulosasiga kura:
Ilmiy yangilikning mohiyati: "Uzun o‘tkazuvchan yo‘llarning ekssentrik joylashuvi qonuni" ekstra- va intramedullyar o‘smalar klinik namoyon bo‘lishida hal qiluvchi ob’ektiv prognostik mezon ekanligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan algoritm va intraoperatsion neyrofiziologik kriteriyalar bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuv imkonini beradi. Nevrologik etishmovchilikning tiklanish muddatlarini sezilarli qisqarganligi, jarroh manipulyasiyalari samaradorligini oshirilganligi bu ishlab chiqilgan intraoperatsion neyromonitoring mezonlari bilan izohlanadi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.11.2023 y. №01-16/525), Fag‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.07.2020 y. №01-08/252), Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.10.2023 y. №254), Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.12.2023 y. №149) va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (10.10.2023 y. №106) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilinishi orqa miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga yordam berdi, bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulator va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini berdi.
Taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish orqa miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarni davolash sifatini yaxshiladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Orqa miya o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 1) yotoq kunlarini o‘rtacha 20-25 kundan 5-10 kungacha qisqartirish orqali bemorning kasalxonada qolishini kamaytirish shifoxona xizmatlari uchun to‘lov miqdorini taxminan 5 991 ming so‘mga kamaytiradi (998 600 so‘m og‘ir bemorlar uchun intensiv terapiya palatasida bo‘lgan 1 kunlik preyskurant bo‘yicha to‘lov narxi); 2) bemorni erta ishga qaytarish operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya va dori-darmonlarni ta’minlash harajatlarini to‘lash uchun davlatga harajatni kamaytiradi va mavjud nogironlik uchun umrbod ijtimoiy ta’minot zarurligini istisno qiladi.
Xulosa: jarrohlik taktikasining bosqichini rejalashtirish bilan amalga oshirilgan operatsiyalar har bir bemor uchun 6 241 000 so‘m tejashga imkon beradi.
Djumanov Kamoliddin Nuriddinovichning “Orqa miya o‘smalarini klinika, tashxislash va jarrohlik davosi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust №02n-z/2-son xulosasi bilan tadbiq etildi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: Orqa miya o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning erta va uzoq muddatli natijalarini tahlil qilish va orqa miya o‘smalarini davolashda etapli taktikasi ishlab chiqildi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, orqa miya o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashda soddalashtirilgan algoritmdan foydalanish jarrohlik davolash taktikasining eng maqbul usulini tezda tanlash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.11.2023 y. №01-16/525), Fag‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.07.2020 y. №01-08/252), Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.10.2023 y. №254), Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.12.2023 y. №149) va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (10.10.2023 y. №106) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikni kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi.
Xulosa: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chikilgan algoritm bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuvni topish imkonini beradi.
Djumanov Kamoliddin Nuriddinovichning “Orqa miya o‘smalarini klinika, tashxislash va jarrohlik davosi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust №02n-z/2-son xulosasi bilan tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning mohiyati: Siringomielitik kista bilan birgalikda uchragan orqa miyaning intramedullar o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash (siringo-subaraxnoidal shuntlash) taktikasi asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: jarrohlik aralashuvi hajmini aniqlashda va jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorning xayot sifatini saqlashda siringo-subaraxnoidal shuntlashni qo‘llash kerakligidan dalolat beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.11.2023 y. №01-16/525), Fag‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.07.2020 y. №01-08/252), Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.10.2023 y. №254), Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.12.2023 y. №149) va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (10.10.2023 y. №106) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: orqa miyaning intramedullar o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda o‘smani olib tashlash xajmini belgilash bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda nevrologik buzilishlar ijobiy o‘zgarish sur’atlari, operatsiya bosqichlarida siringo-subaraxnoidal shuntlashni qo‘llanilishi orqali ijobiy natijaga erishiladi. Orqa miyaning intramedullar o‘smalari bo‘lgan bemorlarning 2-guruhida siringo-subaraxnoidal shuntlashni yo‘qligi natijasida asoratlar sonini oshiradi, bu esa o‘z navbatida bemor xayot sifatining buzilishiga olib keladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikning kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi.
Xulosa: Taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi.
Djumanov Kamoliddin Nuriddinovichning “Orqa miya o‘smalarini klinika, tashxislash va jarroxlik davosi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust №02n-z/2-son xulosasi bilan tadbiq etildi.
Ilmiy yangilik mohiyati: Orqa miya o‘smalarini olib tashlashning asosiy tamoyillari o‘simta parenximasining bosqichma-bosqich intrakapsulyar nozik bo‘laklarga bo‘lib olib tashlanishi, so‘ngra o‘simta kapsulasini ajratish va olib tashlash va bu orqali orqa miya mayda qon tomirlari va orqa miya ildizlarini saqlab qolish imkoni yaratildi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Orqa miyaning ekstramedulyar o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashning modernizatsiya qilingan usulini qo‘llash ishonchli tarzda 55,1% hollarda ijobiy natijalarga erishishga imkon bergan, bu esa operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib kelgan hamda qoniqarsiz natijalar foizini kamaytirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.11.2023 y. №01-16/525), Fag‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.07.2020 y. №01-08/252), Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.10.2023 y. №254), Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.12.2023 y. №149) va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (10.10.2023 y. №106) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi mehnatga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish, ijtimoiy darajada - umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Orqa miya o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 1) yotoq kunlarini o‘rtacha 20-25 kundan 5-10 kungacha qisqartirish orqali bemorning kasalxonada qolishini kamaytirish shifoxona xizmatlari uchun to‘lov miqdorini taxminan 5 991 ming so‘mga kamaytiradi (998 600 so‘m og‘ir bemorlar uchun intensiv terapiya palatasida bo‘lgan 1 kunlik preyskurant bo‘yicha narxi); 2) bemorni erta ishga qaytarish operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya va dori-darmonlarni ta’minlash harajatlarini to‘lash uchun davlatga harajatni kamaytiradi va mavjud nogironlik uchun umrbod ijtimoiy ta’minot zarurligini istisno qiladi.