Kamilov Nuriddin Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Periimplantatli mukozitlar va dental periimplantitlarni jarrohliksiz davolashni klinik-eksperimental asoslash”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1237.
Ilmiy rahbar: Mel`kumyan Timur Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kopbaeva Mayra Taytoleuovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Kozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomli Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi glisin va eritritol asosidagi xavo-abraziv usulda abraziv aralash malarni qo‘llash bilan periimplantli mukozitlar va dental periimplantitlarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta glisin (Air-FlowPerio) va eritritol asosidagi (Air-FlowPlus) abraziv kukunlar suvda to‘liq erimasligi, ularning suvda erimaydigan fraksiyalar esa kremniy ionlari miqdori bo‘yicha bir-biridan ishonchli (1,2 marta) farq qilishi aniqlangan;
birinchi marta, glisinga nisbatan eritritol asosidagi aralashma bilan kontaminirlangan dental implantlarni xavo-abraziv usulida tozalash, ular yuzasidagi kremniy miqdori 9 marta (r=0,000) ortishi va kimyoviy tozalikni buzulishi isbotlangan;
titanli tayanch atrofidagi yo‘qotilgan suyakni tiklash istiqbolida an’anaviy usulda, shuningdek, glisin asosli xavo-abrazivli aralashma bilan ishlov berilgan kontaminirlangan implantlarning yuqori suyak integratsiyasi eritritolga nisbatan mos ravishda 1,2 va 1,3 marta (p<0,05) eng yuqori biomosligi asoslangan;
birinchi marta periimplantli mukozitni davolashda glisin asosli kukun bilan suprastrukturani xavo-abraziv usulda tozalash an’anaviy usulga nisbatan 3 marta yuqori samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar kengashining 2024 yil 3yanvardagi №04-x/24-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta glisin (Air-FlowPerio) va eritritol asosidagi (Air-FlowPlus) abraziv kukunlar suvda to‘liq erimasligi, ularning suvda erimaydigan fraksiyalar esa kremniy ionlari miqdori bo‘yicha bir-biridan ishonarli farq qilishi (1,2 marta) ilmiy jihatdan isbotlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan,Toshkent shahridagi MChJ “TO‘RTINChI” stomatologiya poliklinikasining “Terapevtik stomatologiya” bo‘limiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №99-sonli buyrug‘i va TDSI klinikasiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №57-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida abraziv kukunlarda suvda erimaydigan fraksiyalarni mavjudligi dental implantlarni milk osti yuzasini tozalash natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yatrogen holatlarni: qonashni jadallanishi, davomiy yiring oqishi va patologik jarayonni rivojlanishini bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:tadqiqotning tajriba qismi ko‘pincha tibbiy ilmiy loyihaning bir qismi bo‘lib, uning daromadiga emas, balki uning xarajatlariga kiritiladi. Shu munosabat bilan, xayvonlarda o‘tkaziladigan tajriba preklinik tadqiqotlar samaradorligini faqat ijobiy yoki salbiy uzoq muddatli natijalar olingandan keyin asoslangan holda hisoblash mumkin. Xulosa:«Periimplantatli mukozitlar va dental periimplantitlarni jarrohliksiz davolashni klinik-eksperimental asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023-yil 03 noyabrdagi №04-z/27-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta eritritol asosidagi aralashma bilan kontaminirlangan dental implantni xavo-abraziv usulida tozalash, ular yuzasida kremniy miqdorini glisin asosidagi kukun bilan ishlov berilgan implantlarga nisbatan ishonarli ortishiga imkon berganligi ilmiy asoslangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan,Toshkent shahridagi MChJ “TO‘RTINChI” stomatologiya poliklinikasining “Terapevtik stomatologiya” bo‘limiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №99-sonli buyrug‘i va TDSI klinikasiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №57-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:eritritol asosli aralashma bilan havo-abrazivli ishlov berish titan implantatni kimyoviy tozaligini buzulishiga va suyak to‘qimasi bilan integratsiya sifatini pasayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotning tajriba qismi ko‘pincha tibbiy ilmiy loyihaning bir qismi bo‘lib, uning daromadiga emas, balki uning xarajatlariga kiritiladi. Shu munosabat bilan, xayvonlarda o‘tkaziladigan tajriba preklinik tadqiqotlar samaradorligini faqat ijobiy yoki salbiy uzoq muddatli natijalar olingandan keyin asoslangan holda hisoblash mumkin. Xulosa: «Periimplantatli mukozitlar va dental periimplantitlarni jarrohliksiz davolashni klinik-eksperimental asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023-yil 03 noyabrdagi №04-z/27-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik:titanli tayanch atrofidagi yo‘qotilgan suyak to‘qimasini tiklashda eritritolga nisbatan glisin asosidagi kukun bilan xavo-abraziv usulda ishlov berishni, xamda implantni kontaminirlangan yuzasini pnevmogidroblastingi samaradorligini isbotlovchi dalillar asoslangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan,Toshkent shahridagi MChJ “TO‘RTINChI” stomatologiya poliklinikasining “Terapevtik stomatologiya” bo‘limiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №99-sonli buyrug‘i va TDSI klinikasiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №57-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:an’anaviy usul va glisin asosidagi aralashmani qo‘llash bo‘yicha olingan tajriba ma’lumotlari klinik amaliyotda yanada xavfsiz foydalanish uchun dalil bo‘lib hizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:tadqiqotning tajriba qismi ko‘pincha tibbiy ilmiy loyihaning bir qismi bo‘lib, uning daromadiga emas, balki uning xarajatlariga kiritiladi. Shu munosabat bilan, xayvonlarda o‘tkaziladigan tajriba preklinik tadqiqotlar samaradorligini faqat ijobiy yoki salbiy uzoq muddatli natijalar olingandan keyin asoslangan holda hisoblash mumkin. Xulosa:«Periimplantatli mukozitlar va dental periimplantitlarni jarrohliksiz davolashni klinik-eksperimental asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023-yil 03 noyabrdagi №04-z/27-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:birinchi marta periimplantli mukozitni davolashda glisin asosidagi kukun bilan suprastrukturani xavo-abraziv usulda tozalash an’anaviy usulga nisbatan 3 marta samaradorligi ilmiy asoslandi va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan,Toshkent shahridagi MChJ “TO‘RTINChI” stomatologiya poliklinikasining “Terapevtik stomatologiya” bo‘limiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №100-sonli buyrug‘i va TDSI klinikasiga 2023 yil 06 oktyabrdagi №56-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalin milk fenotipi bo‘lgan bemorlarni davolashda an’anaviy reabilitatsiya va glisinni qo‘llash bilan havo-abrazivli ishlov berish suppuratsiya ko‘rsatkichi bo‘yicha muqobil bo‘lgan eritritolni qo‘llashga nisbatan samaraliroq edi, bu esa bemorlarni tibbiy reabilitatsiyasini qisqarishiga va yuqori davo samaradorligiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani hisoblashda uskuna amortizatsiyasini, abraziv kukun miqdorini, sarflangan vaqt va bir qatnov uchun ketgan vaqtlarning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Tavsiya etilgan ishlov berish usulini qo‘llash davo samaradorligi 2-2,5 martaga oshirishi hamda kamida 1 250 000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa:«Periimplantatli mukozitlar va dental periimplantitlarni jarrohliksiz davolashni klinik-eksperimental asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023-yil 03 noyabrdagi №04-z/27-sonli xat yuborilgan.