Shernazarov Otamurod Narmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hiqildoq surunkali paralitik stenozlarini tashxislash va davolashni maqbullashtirish» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1872.
Ilmiy rahbar: Voxidov Ulug‘bek Nuridinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Efendiev Akif Zaxid ogli tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Ozarbaydjon).
Yetakchi tashkilot: Abuali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarni kompleks tashxislash va davolashni maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarda kasallik kechimini va davolash natijalarini baholashda tashqi nafas funksiyasini aniqlash, ya’ni spirografiyada Tiffno indeksi, EYuHT va BLHT25 ko‘rsatkichlarini diagnostik ahamiyati isbotlangan;
hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarda bemorlarning yashash sifati (SF-36 savolnomasi) ko‘rsatkichlari, ya’ni jismoniy va psixologik komponentlarning salbiy bo‘lishi va davolashdan keyin dinamikada o‘zgarishi asoslangan;
hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashdan oldin ovoz sifati ko‘rsatkichlarini, ya’ni fizik, jismoniy va emotsional ko‘rsatkichlarning pastligi hamda davolashdan keyin ovoz sifatining yaxshilanganligi isbotlangan;
hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarga ularning holati, nafas va ovoz funksiyalarini tekshirish natijalariga asoslangan holda jarrohlik usulini tanlash, jarrohlik davolash ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, undan oldingi tayyorgarlik va keyingi reabilitatsiyani o‘tkazishga qaratilgan davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2023 yil 20 noyabr` №17-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarda kasallik kechimini va davolash natijalarini baholashda tashqi nafas funksiyasini aniqlash, ya’ni spirografiyada Tiffno indeksi, EYuHT va BLHT25 ko‘rsatkichlarini diagnostik ahamiyati isbotlangan, hiqildoq paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarda kasallikning kechimi va og‘irlik darajasini baholashda tashqi nafas funksiyasini tekshirish (spirografiya) usulini qo‘llash samaradorligi hamda undagi bir lahzalik havo tezligi ko‘rsatkichi orqali baholashning diagnostik ahamiyati isbotlandi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash dinamikasida tovush yorig‘idagi o‘zgarishlarni aniqlashning usuli ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi, tavsiya etilgan usul sodda, oson amalga oshiriladigan va yuqori darajada ishonchli ekanligi isbotlandi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Hiqildoqning ikki tomonlama surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarda nafas olish qiyinligi va ovoz xiraligi 2 baravar ko‘proq bezovta qilishi, hamda nafas olish va ovoz chiqarish funksiyalari ham yaqqol buzilgan bo‘ladi, ya’ni spirometriyada  eng yuqori hajmiy tezlik va o‘pka majburiy hayotiy hajmining 25 foiziga etgan soniyali hajmiy tezligini pasaygan bo‘ladi. Shu sababli kompleks tashhislashda taklif qilingan usullarni qo‘llash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin.
«Hiqildoq surunkali paralitik stenozining diagnostikasini optimallashtirish» va «Hiqildoqni surunkali paralitik stenozini jarrohlik davolashning qiyosiy xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi 8n-z/12-son 19.01.2022  va 8n-r/1032 04.11.2021 olingan).
ikkinchi ilmiy yangilik: hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarda bemorlarning yashash sifati (SF-36 savolnomasi) ko‘rsatkichlari, ya’ni jismoniy va psixologik komponentlarning salbiy bo‘lishi va davolashdan keyin dinamikada o‘zgarishi baholangan, hiqildoq surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarning yashash sifatini davolashdan oldin va keyingi baholash bemorning ahvolini va jarrohlik usulining samaradorligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 2 150 000 so‘m iqtisod qilindi. Bu o‘z navbatida bemorning amaliyotga tayyorlash va ahvolini to‘g‘ri baholashga yordam beradi, bu esa kasalxonada yotish kunlari sonini kamaytiradi. Xulosa: Bemorlarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi davlat byudjeti mablag‘lariga sarflanishini kamaytiradi. «Hiqildoq surunkali paralitik stenozining diagnostikasini optimallashtirish» va «Hiqildoqni surunkali paralitik stenozini jarrohlik davolashning qiyosiy xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi 8n-z/12-son 19.01.2022  va 8n-r/1032 04.11.2021 olingan).
uchinchi ilmiy yangilik: hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashdan oldin ovoz sifati ko‘rsatkichlarini, ya’ni fizik, jismoniy va emotsional ko‘rsatkichlarning pastligi hamda davolashdan keyin ovoz sifatining yaxshilanganligi isbotlangan, hiqildoq surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarning ovoz sifatini davolashdan oldin va keyingi baholash bemorning ahvolini va jarrohlik usulining samaradorligini ko‘rsatadi. Hiqildoq surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarning ovoz sifati yomonlashgan bo‘lib, o‘rta hisobda 78,1±0,1 ni tashkil etadi. Bemorlar yaxvolining qoniqarsiz ekanligi va jarrohlik amalidan keyin uning yaxshilanganligi hayot sifatini baholashni muhimligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun hordektomiya va laterofiksasiya jarrohlik amaliyoti ishlab chiqilgan. «Hiqildoq surunkali paralitik stenozining diagnostikasini optimallashtirish» va «Hiqildoqni surunkali paralitik stenozini jarrohlik davolashning qiyosiy xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi 8n-z/12-son 19.01.2022  va 8n-r/1032 04.11.2021 olingan).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: hiqildoqning surunkali paralitik stenozi bo‘lgan bemorlarga ularning holati, nafas va ovoz funksiyalarini tekshirish natijalariga asoslangan holda jarrohlik usulini tanlash, jarrohlik davolash ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, undan oldingi tayyorgarlik va keyingi reabilitatsiyani o‘tkazishga qaratilgan davolash algoritmi ishlab chiqilgan, jarrohlik davolash ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, undan oldingi tayyorgarlik va keyingi reabilitatsiyani o‘tkazishga qaratilgan davolash algoritmi ishlab chiqilgan, «Hiqildoq surunkali paralitik stenozining diagnostikasini optimallashtirish» va «Hiqildoqni surunkali paralitik stenozini jarrohlik davolashning qiyosiy xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi 8n-z/12-son 19.01.2022  va 8n-r/1032 04.11.2021 olingan).

Yangiliklarga obuna bo‘lish