Oserbayeva Sarbinaz Rustemovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida tut ipak qurtining resiprok duragaylariga ekstremal ekologik omillarning ta’siri”, 06.02.04 – Ipakchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1085.
Ilmiy rahbar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02
Rasmiy opponentlar: Valiev Sayfiddin Tojitdinovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jumag‘ulov Qaxramon Alievich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurtining turli kombinatsiyadagi resiprok duragay avlodlarini hayotchanlik, pilla mahsuldorlik va texnologik belgilariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekstremal ekologik sharoitlarining ta’sir darajasini aniqlash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tut ipak qurtining turli genotipga ega bo‘lgan yirik pillali Go‘zal, Marvarid, o‘rta pillali Asaka, Marxamat zotlari hamda yangi sermahsul tizimlarning reproduktiv ko‘rsatkichlarini namoyon bo‘lishiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekstremal ekologik omillarining ta’sir darajasi aniqlangan;
pilla vazni va texnologik xususiyatlari bo‘yicha ajralib turuvchi Liniya 300 tizimining hayotchanligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida seleksiyalash natijasida F1 avlodda 90,0 % dan F3 avlodga kelib 95,7 % gacha ortishi mumkinligi aniqlangan;  
ekstremal sharoitlarda seleksion tanlash natijasida Liniya 300 va Liniya 301 tizimlarida pilla vaznini 1,70 g dan 2,2 g gacha etkazish mumkinligi isbotlangan;    
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekstremal sharoitlarini tut ipak qurtining Go‘zal, Marvarid zotlari va Liniya 300, Liniya 301 tizimlari ishtirokida olingan (♀A x ♂V va ♀V x ♂A) resiprok duragay kombinatsiyalarga ta’sir darajasi o‘zaro qiyoslash usulida asoslangan;  
“Liniya 300 x Liniya 301” va “Liniya 301 x Liniya 300” resiprok duragaylari shimoliy hududlarda o‘z potensialini saqlab qolish xususiyati bo‘yicha rayonlashtirilgan zotlararo duragaylardan ustunligi aniqlangan;
ekstremal sharoitlarda seleksion tanlash natijasida Liniya 300, Liniya 301 tizimlarida tanlash samaradorligi mos ravishda pushtdorlik bo‘yicha R=-56,8; R=-78,2 dona; qurtlar hayotchanligi bo‘yicha R=5,2; R=4,4% va pilla vazni bo‘yicha R=0,5; R=0,3 g gacha ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut ipak qurtining resiprok duragaylariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekstremal sharoitlari ta’sirini tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar natijalari asosida:    
Qoraqalpog‘iston “Agropilla” MChJ da “Liniya 300” va “Liniya 301” tizimlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekstremal sharoitlarida urug‘lar tayyorlangan va ishlab chiqarish sharoitida parvarishlangan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2023 yil 19 sentyabrdagi 2-2/1442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1 quti qurt hisobidan “Liniya 300” tizimidan 52 kg, “Liniya 301” tizimidan esa 55 kg pilla hosili olingan, 1 qutidan olingan iqtisodiy samaradorlik “Liniya 300” tizimida 1358000,2 so‘m, sof foyda 1290000,3 so‘mni tashkil etgan. “Liniya 301” tizimida esa iqtisodiy samaradorlik 1436000,6 so‘m, sof foyda 1364000,8 so‘m hamda rentabellik darajasi  “Liniya 300” tizimida 49,8%, “Liniya 301” tizimida esa 53,6 % ni tashkil etgan;    
“Liniya 300 x Liniya 301” duragayi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiyatosh tumanida “Gulsara pillachi” fermer xo‘jaligida joriy qilingan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2023 yil 19 sentyabrdagi 2-2/1442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2 quti qurt hisobidan 16,0 kg qo‘shimcha pilla hosili olingan. Jumladan, 2 qutidan olingan iqtisodiy samaradorlik 685400 so‘mni, sof foyda 651200 so‘mni hamda rentabellik darajasi 18,5% ni tashkil etgan;     
 “Liniya 301 x Liniya 300” duragay kombinatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida Taxiyatosh tumanida “Roza-Banu” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2023 yil 19 sentyabrdagi 2-2/1442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2 quti qurt hisobidan 18,0 kg qo‘shimcha pilla hosili olingan. Jumladan, 2 qutidan olingan iqtisodiy samaradorlik 722200 so‘m, sof foyda 686100 so‘mni hamda rentabellik darajasi 18,5% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish