Nishanov Dilshod Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Itlar demodekozining epizootologiyasi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish”, 03.00.06 - Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V69
Ilmiy rahbar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Sabirjan Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Nasimov Shuxrat Naimovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida itlar demodekozining epizootologik holatini tahlil qilish, kasallikga tashxis qo‘yish, davolash va profilaktik tadbirlar majmuini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning pitomniklar, volerlar (it asrash xonasi) va aholi xonadoni sharoitlaridagi itlar demodekozining epizootologiyasi va bioekologik xususiyatlari aniqlangan; 
demodekozning  itlar jinsi (urg‘ochi itlarda 65 %, erkaklarida  30-35 %), zoti (Sharqiy Evropa ovcharkalarida 14,8%, nemis ovcharkalarida 15,1%) va yil mavsumlari bo‘yicha (bahorda 35 %, yozda 21,6 %, kuzda 26,6 %, qishda 40%) tarqalish dinamikasi tadqiq etilgan;
demodekozning klinik belgilari, qonning morfologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlarida kuzatiladigan o‘ziga xos o‘zgarishlarni aniqlash hamda ezilgan tomchi usulida mikroskopik tekshirishlarga asoslangan tashxis usuli ishlab chiqilgan;
itlar demodekozini 1% li ivermektindan 1 ml/50 kg teri ostiga,  xelsivit preparatidan 1ml/30 kg muskul orasiga ineksiya qilish, jarohatni dekasan eritmasi bilan yuvish va sulphur malhamidan surtishga asoslangan davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Itlar demodekozining epizootologiyasi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Itlar demodekozining diagnostikasi, davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Samarqand va Qashqadaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya xizmatiga qarashli xizmat itlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 17-martdagi №02/23-115-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida xizmat itlari demodekozining oldini olishda 86-92% samaradorlikka erishilgan;
itlar demodekozini davolashda 1% li ivermektin preparatini teri ostiga 1 ml/50 kg miqdorida ineksiya qilish, jarohatni dekasan eritmasi bilan yuvish va sulphur malhami surtish, allergiyaga qarshi suprastin, immun tizim faoliyatini kuchaytirish maqsadida xelsivit preparatini 3 ml.dan muskul orasiga ineksiya qilish usuli ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 17-martdagi №02/23-115-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usulining qo‘llanilishi natijasida demodekoz bilan kasallangan itlarning to‘liq sog‘ayishiga erishilgan. Kasallikni davolash va oldini olish uchun sarflangan 1 so‘mga xarajatlar qoplami 8,0 so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish