Bazarov Adham Xayrullaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Infeksion mastitda mikroorganizmlarni sut va sut mahsulotlarining sanitar texnologik sifatiga ta’siri”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V73
Ilmiy rahbar: Salimov Hait Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Vafakulov Sa’dulla Hakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mengliev G‘ayrat Akramovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sigirlarda infeksion mastitni zamonaviy diagnostika qilish usullarini ishlab chiqish, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining kul`tural, biokimyoviy, tinktorial xususiyatlarini va ularni sut va sut mahsulotlarini sanitar texnologik sifatiga ta’sirini o‘rganish hamda kasallikni davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sigirlarda infeksion subklinik mastitning etiologiyasida staphylococcus epidermidis bakteriyasining roli aniqlangan;
infeksion subklinik mastitga ekspress diagnoz qo‘yish uchun «SamDVMChBU» reagenti ishlab chiqarilgan;
mastit kasalligida sutdagi stafilokokklarning enterotoksigenlik xususiyati tajribalarda aniqlangan;
stafilokokklarning enterotoksigen faolligini belgilovchi omil ular ishlab chiqaradigan ribonukleaza fermenti ribonuklein kislotani parchalash xususiyatiga ega toksin ekanligi ilmiy asoslangan;
ilk bor sog‘lom sigirdan sog‘ib olingan yig‘ma sutga 6-8 % mastitli sutning qo‘shilishi, sutning sanitar, tovarlilik sifatini pasaytirib, sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda yaroqsiz holga keltirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Infeksion klinik va subklinik mastitda mikroorganizmlarni sut va sut mahsulotlarining sanitar texnologik sifatiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
«Mastitga ekspress diagnoz qo‘yish, xo‘jalikni mastitdan sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va Respublikamiz qoramolchilik xo‘jaliklari sharoitidagi sigirlarda mastitlarni aniqlash uchun joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 31- yanvardagi 02/23-28-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarda infeksion mastitni aniq diagnostika qilish va qoramolchilik xo‘jaliklarini kasallikdan 70-80% ga sog‘lomlashtirishga erishilgan;
sigirlar infeksion mastitini subklinik davrda aniqlash imkonini beruvchi yangi «SamDVMChBU» reagenti yaratilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 31- yanvardagi 02/23-28-son ma’lumotnomasi). Ushbu reagentni qo‘llash orqali sigirlarda subklinik mastitlarni barvaqt diagnostika qilishga erishilgan;
infeksion mastit kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini (staphulococcus aureus va staphulococcus epidermidis) turlararo ishonchli farqlashda DNK-aza, koagulaza, tellurit reduktaza testlarini qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyalariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 31- yanvardagi 02/23-28-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarda mastit qo‘zg‘atuvchilarini turlararo identifikatsiyalash va ularning sut va sut mahsulotlariga ta’sirini baholash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish