Djurabaev Otabek Djurabaevichning
fan  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksportbop mahsulot ishlab chiqarishda operatsiyon strategiyani takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment, 08.00.03 –  Sanoat iqtisodiyoti (Iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.DSc/Iqt464  
Ilmiy maslahatchi: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Suyunov Dilmurot Xolmurotovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Ra’no Rustamovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta-to‘qimachilik klasterlarida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha operatsion strategiyani takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning strategik boshqaruvida operatsion strategiya” tushunchasining mazmuni kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish vositalari va darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy tuzilma bo‘g‘inlarini boshqarish tamoyillari hamda strategik muhim operativ vazifalarni hal etishni belgilab beruvchi nisbatan tor ixtisoslashgan strategiya nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlarida innovatsion mahsulotni ishlab chiqarishga oid operatsion qarorlarni sifat jihatidan baholash mezonlarining “samarali” (1≤SBQ), “past samarali” (0,5≤SBQ≤0,9), “samarasiz”                              (0≤SBQ≤0,49), “zararli” (SBQ<0) miqdoriy qiymatlariga muvofiq keluvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, restrukturizsiya qilish, diversifikatsiyalash hamda ishlab chiqarishdan voz kechish optimal qarorlari asoslangan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining operatsion strategiyasi ishlab chiqarish jarayonini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash, aylanish tezligining pasayishi xavflari hamda to‘lov qobiliyati darajasini baholashda ko‘p bo‘g‘inli tuzilmalarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyatiga ko‘ra takomillashtirilgan;
paxta va to‘qimachilik eksportining statistik ahamiyati va unga tashkiliy-iqtisodiy omillarning ta’sirini ko‘p omilli ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar prognoz parametrlari baholangan;
O‘zbekistonda paxta va to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi dinamikasining panelli ma’lumotlar modeli asosida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta va to‘qimachilik klasterlarida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha tezkor strategiyani takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning strategik boshqaruvida operatsion strategiya” tushunchasining mazmuni kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish vositalari va darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy tuzilma bo‘g‘inlarini boshqarish tamoyillari hamda strategik muhim operativ vazifalarni hal etishni belgilab beruvchi nisbatan tor ixtisoslashgan strategiya nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Operatsion menejment” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 24 oktyabr 328-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida korxonaning strategik boshqaruvidagi operatsion strategiyasidan tashkiliy tuzilma bo‘g‘inlarini boshqarish tamoyillari hamda strategik muhim operativ vazifalarni hal etishni belgilab beruvchi nisbatan tor ixtisoslashgan strategiya sifatida foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlarida innovatsion mahsulotni ishlab chiqarishga oid operatsion qarorlarni sifat jihatidan baholash mezonlarining “samarali” (1≤SBQ), “past samarali” (0,5≤SBQ≤0,9), “samarasiz” (0≤ SBQ≤0,49), “zararli” (SBQ<0) miqdoriy qiymatlariga muvofiq keluvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, restrukturizsiya qilish, diversifikatsiyalash hamda ishlab chiqarishdan voz kechish optimal qarorlaridan foydalanish taklifidan mamlakatdagi yetakchi paxta va to‘qimachilik klasterlari faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 12/12-1219-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatdagi yetakchi paxta va to‘qimachilik klasterlari faoliyatida ilg‘or texnologiyalar, tashkiliy-texnik echimlar va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish orqali ishlab chiqarish tannarxini 12,2 foizga kamaytirish, daromadni 15,1 foizga oshirish va raqobatbardoshlikni mustahkamlash imkoni yaratilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining operatsion strategiyasi ishlab chiqarish jarayonini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash, aylanish tezligining pasayishi xavflari hamda to‘lov qobiliyati darajasini baholashda ko‘p bo‘g‘inli tuzilmalarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyatiga ko‘ra takomillashtirish taklifidan mamlakatdagi yetakchi paxta va to‘qimachilik klasterlari faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 12/12-1219-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta va to‘qimachilik klasterlari faoliyatida aylanma ishlab chiqarish fondlarini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodologiyaning joriy etilishi aylanma ishlab chiqarish fondlarining xavfli vaziyatlardan yo‘qotilishini 5 foizga kamaytirish hamda “ST Agro Cluster”, “Boyovut techno cluster” MChJ paxta va to‘qimachilik klasterlarida resurslarni maqbullashtirish imkoni yaratilgan;
paxta va to‘qimachilik eksportining statistik ahamiyati va unga tashkiliy-iqtisodiy omillarning ta’sirini ko‘p omilli ekonometrik modellashtirish asosida baholangan 2030 yilga qadar prognoz parametrlaridan mamlakatdagi yetakchi paxta va to‘qimachilik klasterlari faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 12/12-1219-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta va to‘qimachilik klasterlari faoliyatida eksport ulushi hamda daromadning sezilarli darajada oshishiga va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga olib kelib, jumladan, “ST Agro Cluster”, «Boyovut techno cluster” kabi klasterlarning iqtisodiy samaradorligini 6,5% ga oshishiga imkon yaratilgan; 
O‘zbekistonda paxta va to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi dinamikasining panelli ma’lumotlar modeli asosida ishlab chiqilgan 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan mamlakatdagi yetakchi paxta va to‘qimachilik klasterlari faoliyatida foydalanilgan(“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 12/12-1219-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik sanoatida investisiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ish haqini oshirishga qaratilgan strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish