Xudoyarova Gavhar Nurmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozi gidativ kistasidagi yo‘ldosh bakteriyalarga antibiotiklarning o‘tkazuvchanligi va ta’siri», 03.00.06 – Zoologiya, 16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B389.
Ilmiy rahbarlar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Vohidova Adolat Mamatkulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Davlatov Ravshan veterinariya fanlari doktori, professor; Safarova Feruza, biologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hayvonlardan olingan exinokokk kapsulasidagi mikroorganizmlarga -antibiotiklarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor exinokokkoz bilan eksperimental zararlangan oq sichqon va kalamushlardan ajratib olingan namunalarda, antibiotiklarning exinokokk kapsulasi va uning mikroflorasiga antibakterial ta’siri aniqlangan;
exinokokkozni asoratsiz davolashda morfologik va parazitologik tadqiqot usullari orqali antibiotiklarning ta’sir mexanizmi ochib berilgan;
exinokokkozining gidativ kistasidagi mikroflorada patogen bakterialarning chastotasi va miqdori aniqlangan;
jigarning exinokokkektomiyasida tirik atsefalotsistalarda reinvaziyani kuchaytirivchi faol germinal elementlar ta’sirida pyogen jarayon xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar exinokokkozi gidativ kistasidagi yo‘ldosh bakteriyalarga antibiotiklarning o‘tkazuvchanligi va ta’siri yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
turli piogen bakteriyalarning exinokokk kapsula suyuqligiga ta’siri va antibiotiklarning ularga ta’sirini, bakteriyalarning fermentativ faolligini, kapsulaning organ to‘qimalariga ta’sirini shuningdek mikroorganizmlarning keng spektrli antibakterial preparatlarga sezuvchanligini aniqlash bo‘yicha takomillashtirilgan uslubi Nurobod, Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlarining fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilik rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/23-2098-son ma’lumotnomasi). Natijada, jigar exinokokki pufaklari tarkibidagi mikroorganizmlar ta’sirida jigar exinokokkozini tashxislashda iqtisodiy zararni 25-35%ga kamaytirish imkonini bergan;
jigar exinokokkozi birinchi tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash taktikasini tanlash dasturi hamda Bakteriyalar bilan zararlangan exinokokk kapsulasi orqali antibiotiklarga sezuvchanlik va antibiotiklarning o‘tkazuvchanligi olib borish taktikasi Samarqand viloyatining Nurobod, Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlarining fermer xo‘jaliklari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilik rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/23-2098-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi hayvonlari jigar exinokokkozining parazitar, mikrobiologik, immunologik diagnostikasida xarajat miqdorini 13-27%ga kamaytirish imkonini bergan.