Toshpo‘lotov Shohijahon Eshpo‘lot o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning xalqaro siyosiy mexanizmlari», 09.00.09 – Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ss249.
Ilmiy rahbar: Mavlonov Jurabek Yorqul o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diniy bag‘rikenglikning xalqaro mexanizmlarini joriy etish orqali ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hamda konfessiyalararo hamkorlik munosabatini mustahkamlovchi “konstruktiv muloqot”, “faol xayrixohlik” va “siyosiy xushyorlik” kabi siyosiy muloqot turlari “xalq diplomatiyasi”ning jamiyatdagi muvozanatni ta’minlovchi va davlatlararo o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish yo‘lidagi milliy siyosatining uyg‘un manfaatlarni inobatga olish funksiyasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda turli millat va din vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikning jamiyat barqarorligiga ijobiy ta’sirini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadqiqot usullarining nazariy jihatlarining mazmuni “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz” siyosiy bag‘rikenglik g‘oyasining birlashtiruvchi, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlovchi, turli millat va elat vakillarining madaniy uyg‘unlashtiruvchi xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
dunyo xalqlari ma’naviy-axloqiy g‘oyalarining turli millatlar madaniyati rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’siri Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari ijtimoiy-siyosiy ta’limotlaridagi tolerant tamoyillar transformatsiyasining millatlararo va konfessiyalararo munosabatlari dinamikasi, xalqlar va millatlar do‘stligining amaliy natijasi, har xil elat vakillarining titul millat bilan ijtimoiy hayotdagi assimilyasion va dissimilyasion demografik ko‘rsatkichlari hamda jamiyatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi amaliy siyosiy ahamiyatiga ko‘ra ochib berilgan;
“muloqot”, “o‘zaro hurmat”, “hamjihatlik”, “murosa” kabi siyosiy muloqot turlarining milliy nazariy-metodologik mazmuni jahon bag‘rikenglik g‘oyalari rivojidagi ustuvor an’analar va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘un va ayni paytda dinamik xarakteriga ko‘ra o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik jihatlari hamda jamiyat milliy-ma’naviy xavfsizligiga ta’sirini oldini olishning tahdidbardoshlilik, mafkuraviy ozuqalanganlik, milliy vatanparvarlik vaksinasi bilan emlanganlilik xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
O‘zbekistonda dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hamda konfessiyalararo hamkorlik munosabatini mustahkamlovchi “konstruktiv muloqot”, “faol xayrixohlik” va “siyosiy xushyorlik” kabi siyosiy muloqot turlari “xalq diplomatiyasi”ning jamiyatdagi muvozanatni ta’minlovchi va davlatlararo o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish yo‘lidagi milliy siyosatining uyg‘un manfaatlarni inobatga olish funksiyasiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Imom Termiziy Xalqaro ilmiy–tadqiqot markazi tomonidan “Dunyo dinlarida bag‘rikenglik masalalari” nomli kopmleks loyiha va tanlovlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan(Imom Termiziy Xalqaro ilmiy–tadqiqot markazining 2023-yil 6-iyuldagi 01-07-134 son dalolatnomasi). Natijada, joylardagi talaba yoshlar o‘rtasida “Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik garovi”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Birdamlik va bag‘rikenglik – taraqqiyot kafolati” hamda “Xalqlar do‘stligini e’zozlagan yurt” mavzularida loyihalar tanlovlari o‘tkazilib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda turli millat va din vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikning jamiyat barqarorligiga ijobiy ta’sirini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadqiqot usullarining nazariy jihatlarining mazmuni “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz” siyosiy bag‘rikenglik g‘oyasining birlashtiruvchi, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlovchi, turli millat va elat vakillarining madaniy uyg‘unlashtiruvchi xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar ongini yot g‘oyalar va zararli diniy oqimlardan xalos etishda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish omillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan(Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 10-iyuldagi 4-13-21-1855-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi turli mafkuraviy xurujlarga qarshi mafkuraviy immunitet va zamonaviy konstruktiv-teologik yondashuvlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
dunyo xalqlari ma’naviy-axloqiy g‘oyalarining turli millatlar madaniyati rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’siri Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari ijtimoiy-siyosiy ta’limotlaridagi tolerant tamoyillar transformatsiyasining millatlararo va konfessiyalararo munosabatlari dinamikasi, xalqlar va millatlar do‘stligining amaliy natijasi, har xil elat vakillarining titul millat bilan ijtimoiy hayotdagi assimilyasion va dissimilyasion demografik ko‘rsatkichlari hamda jamiyatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi amaliy siyosiy ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 30-avgustdagi 02-22-897-son dalolatnomasi). Bu esa, jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashga ta’siri etuvchi ijobiy omillarning sifat jihatdan yaxshilanishiga hamda diniy tolerantlikning xalqaro mexanizmlarini samarali qo‘llanilishi orqali tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilgan;
“muloqot”, “o‘zaro hurmat”, “hamjihatlik”, “murosa” kabi siyosiy muloqot turlarining milliy nazariy-metodologik mazmuni jahon bag‘rikenglik g‘oyalari rivojidagi ustuvor an’analar va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘un va ayni paytda dinamik xarakteriga ko‘ra o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik jihatlari hamda jamiyat milliy-ma’naviy xavfsizligiga ta’sirini oldini olishning tahdidbardoshlilik, mafkuraviy ozuqalanganlik, milliy vatanparvarlik vaksinasi bilan emlanganlilik xususiyatlariga oid taklif va mulohazalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Yoshlarda diniy bag‘rikenglik tushunchasini shakllantirish” nomli metodik qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2023-yil 7-sentyabrdagi 01-04-271-son dalolatnomasi). Natijada, partiya faoliyati doirasida “Yoshlarda diniy bag‘rikenglik tushunchasini shakllantirish” rukni ostida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirlar sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.