Anvarova Dildora Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy tahlili”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu143.
Ilmiy rahbar: Ismailova Gulnoza Saidiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muqaddasxon Tursunovna, yuridik fanlar doktori, professor; Dadasheva Aqida Abdujabborovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tomonidan xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishni takomillashtirilishida teng huquq hamda imkoniyatlar berishga qaratilgan vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rish orqali jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishlarni bartaraf etish zarurligi asoslangan;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholash genderga oid auditning asosiy vazifasi hisoblanishi zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida davlat organlari va tashkilotlarda faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib gender audit uslubiyotiga rioya qilgan holda baholash o’tkazilishi zarurligi asoslangan;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar bilim olish huquqini gender tenglik tamoyili asosida imtiyozlar berish orqali ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha davlat granti qabul ko’rsatkichlari doirasidagi tanlovda ishtirok etishlari uchun vakolatli davlat organi tomonidan tavsiyanoma berish tartibini joriy etish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
davlat tomonidan xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishni takomillashtirilishida teng huquq hamda imkoniyatlar berishga qaratilgan vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rish orqali jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishlarni bartaraf etish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni 6-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023 yil 31 maydagi 12/31-05-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini amalga oshirilishida kamsitishlarni bartaraf etish hamda oldini olishga doir vaqtinchalik tashkiliy, huquqiy, institusiyaviy maxsus choralar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholash genderga oid auditning asosiy vazifasi hisoblanishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni 81-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023 yil 31 maydagi 12/31-05-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini gender tenglik asosida amalga oshirish hamda ularga teng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida davlat organlari va tashkilotlarda faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib gender audit uslubiyotiga rioya qilgan holda baholash o’tkazilishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni 82-moddasi birinchi, ikkinchi qismlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 31-maydagi 12/31-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi genderga oid audit o‘tkazish shaffofligini ta’minlab, samaradorlikni oshirishga xamda milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritilishida xotin-qizlar nomzodlarini ko‘payishiga, shuningdek ayol xodimlar qo‘nimsizligi muammosini bartaraf etilishiga erishish hamda ularni mas’ul lavozimlarga tayinlanishi orqali davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar bilim olish huquqini gender tenglik tamoyili asosida imtiyozlar berish orqali ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha davlat granti qabul ko’rsatkichlari doirasidagi tanlovda ishtirok etishlari uchun vakolatli davlat organi tomonidan tavsiyanoma berish tartibini joriy etish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020 yil 23 iyundagi 402-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi 2021 yil 3 iyundagi 338-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 13-sentyabrdagi 12/1-534-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi haqiqiy ehtiyojmand xotin-qizlarning bilim olish huquqini ta’minlash chorasi bo‘lib xizmat qilgan.