Qurbonmurodov Akbar Chorievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Golubika (Vaccinium uliginosum L.) o‘simligining morfo-biologik xususiyatlari va ko‘chatini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx904
Ilmiy rahbar: Normuratov Ilxom Turg‘unovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Qosimov Axmadjon Abduqodirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitiga introduksiya qilingan golubika (Vaccinium uliginosum L.) o‘simligining morfo-biologik xususiyatlarini tadqiq etish va ko‘chatini etishtirish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning markaziy mintaqasi iqlimi sharoitiga mos golubikaning Avrora, Chandler, Dyuk, Patriot, Toro, Legasi, Darrou, Blyukrop navlari introduksiya qilingan va modifikatsiya qilingan sun’iy tuproqlarda (torf+qum) o‘stirish mumkinligi isbotlangan;
issiqlikka eng yuqori chidamlilik golubika o‘simligining Dyuk va Blyukrop navlarida qayd etilgan, ularda +50 ℃ issiqlik shoki ta’siridan keyin barglardagi suv tiklanish darajasi 109,4-112,3% atrofida bo‘lishi aniqlangan; 
Toshkent viloyati iqlimi sharoitida etishtirilganda golubikaning Dyuk (2,54 t/ga) va Blyukrop (2,5 t/ga) navlari eng yuqori hosil berishi aniqlangan va mevasining tovarboplik ko‘rsatkichlari yuqori (4,5 ball) baholangan;
o‘sishni boshqaruvchi modda IMKning 40 mg/l konsentratsiyasida golubika navlari yashil qalamchalarining eng yuqori – 85% ildiz olishi aniqlangan;
golubika navlari yashil qalamchalarining eng yuqori – 85% ildiz olishini ta’minlash uchun torf+qum tarkibli sun’iy substratidan foydalanish va qalamchalarni avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida ekish eng maqbul sharoit ekanligi ilmiy asoslangan (r=91);
golubika navlari yashil qalamchasidan ko‘paytirishning maqbulligi iqtisodiy asoslangan (rentabellik 119,6%).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Golubika (Vaccinium uliginosum L.) o‘simligining morfo-biologik xususiyatlari va ko‘chatini etishtirish texnologik elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun «Golubika (Vaccinium uliginosum L.) ko‘chatini etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 oktyabrdagi 02/21-21-06/1270-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida golubikaning sifatli ko‘chatlarini tezkor etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
golubikaning Avrora, Chandler, Dyuk, Patriot, Toro, Legasi, Darrou, Blyukrop navlarini Toshkent viloyati iqlimi sharoitiga introduksiya qilish va ularni etishtirishni yo‘lga qo‘yish ishlanmasi Toshkent shahar «WORLD EKZOTIK AGRO» MChJ korxonasida 2 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 oktyabrdagi 02/21-21-06/1270-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bugungi kunga qadar respublikamizga faqatgina xorijiy davlatlardan import hisobiga olib kelinayotgan golubika mevalarini respublikamizning o‘zida etishtirish imkoniyati yuzaga kelgan. Ushbu golubika navlaridan navlar bo‘yicha o‘rtacha 1,7-2,5 t/ga atrofida hosil olingan. Eng yuqori hosil bergan Dyuk va Blyukrop navlarida 1 gektar hisobidan olingan o‘rtacha sof foyda 200 000,0 ming so‘m, iqtisodiy samaradorlik 233 % ni tashkil etgan.
golubikaning Dyuk navi ko‘chatlarini yashil qalamchasidan ko‘paytirish texnologiyasi ishlanmasi Toshkent shahar «WORLD EKZOTIK AGRO» MChJ korxonasida 0,1 gektar, Qashqadaryo viloyati «BAXROMBEK AGRO PRODUC» MChJ korxonasida 0,01 gektar, Navoiy viloyati «KARIM-BERDI KARMANA» xususiy korxonasida 0,1 gektar, jami 0,21 gektar issiqxona maydoniga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 oktyabrdagi 02/21-21-06/1270-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bugungi kunga qadar respublikamizga faqatgina xorijiy davlatlardan import hisobiga olib kelinayotgan golubika ko‘chatlarini respublikamizning o‘zida etishtirish imkoniyati yuzaga kelgan. Bundan tashqari, respublikamizda joriy etilgan mevali o‘simliklarni yog‘ochlashgan qalamcha yoki urug‘idan an’anaviy etishtirish usuliga nisbatan tezkorligi va maydon birligidan 2 va undan ko‘proq barobar ko‘chat olishga erishilgan. Ushbu usulda 0,1 gektar maxsus inshootdan 36000 donagacha sifatli ko‘chat olingan, sof foyda inshootning maydon birligidan (0,1 ga) 310,000-375,000 ming so‘m va iqtisodiy samaradorlik 261-372% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish