Usmanova Sabohat Sobid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovershenstvovanie protsessov lokalizatsii na predpriyatiyax farmatsevticheskoy promishlennosti Respubliki Uzbekistan”, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1275.
Ilmiy rahbar: Allaeva Gulchehra Jalgasovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc. 03/30.12.2019. I.03.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Xotamov Ibodullo Sadulloevich iqtisodiyot fanlari nomzodi professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi farmatsevtika sanoati korxonalarida mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirishning innovatsion tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish leveragesiga asoslangan innovatsion biznes-model taklif qilingan.
farmatsevtika sanoatida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida kollabaratsiya (ausorsing, innovatsion markazlar va kraudsorsing) asosida mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan yondashuv takomillashtirilgan;
farmatsevtika sanoati infratuzilmasini transformatsion rivojlantirish maqsadida tashkiliy-iqtisodiy mexanizm takomillashtirilgan;
“Remedy Group” MChJ QKda ishlab chiqarilayotgan mahalliy dori vositalarini ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2028-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farmatsevtika sanoati korxonalarida mahalliylashtirish jarayonlarini shakllantirish va joriy etishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalarga asosan:
ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish maqsadida “Remedy Group” MChJ QK faoliyatiga ishlab chiqarish leverajiga asoslangan innovatsion biznes modeli joriy etildi. ("Remedy Group" MChJ, 12 dekabr 2022 yildagi 2081-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu modelni joriy etishda ishlab chiqarish xarajatlari 2% ga kamaydi;
“Remedy Group” MChJ QK faoliyatiga kollaboratsiya (ausorsing, innovatsion markazlar va kraudsorsing) asosida mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan yondashuv joriy etildi. ("Remedy Group" MChJ, 12 dekabr 2022 yildagi 2081-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish mahsulot ishlab chiqarishni 5 foizga oshirish imkonini berdi.
transformatsion infratuzilmani rivojlantirish maqsadida “Remedy Group” MChJ QKda innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mahalliylashtirish jarayonining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi joriy etildi. ("Remedy Group" MChJ, 12 dekabr 2022 yildagi 2081-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizmning joriy etilishi natijasida innovatsion faoliyat samaradorligini 7 foizga oshirish mumkin bo‘ldi.
“Remedy Group” MChJ QKda ishlab chiqarilayotgan mahalliy dori vositalarini ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2028-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. ("Remedy Group" MChJ, 12 dekabr 2022 yildagi 2081-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2028 yilga kelib mahsulot ishlab chiqarish hajmi 25 foizga, ya’ni 45 milliard so‘mga oshadi.