Qodirov Isomiddin Eshmo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): G‘o‘zaning suv iste’molini belgilashda agromeliorativ lizimetrlardan foydalanish uslubini takomillashtirish”, 
06.01.02–“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3416.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Avlakulov Meyli, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Saliev Baxodir Kamilovich; qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent Sottorov Oybek Abdig‘anievich. 
Yetakchi tashkilot – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lizimetrik majmua sharoitida tuproq suv-fizik xossalarini, g‘o‘zaning sug‘orish rejimi, uning umumiy suv iste’molini aniqlash, suv-tuz muvozanati elementlari va g‘o‘za navlarining yillik suv iste’molini aniqlash, sho‘rlanish turi va darajasiga mos keluvchi sho‘r yuvish texnologiyasini ishlab ciqish hamda aeratsiya zonasidagi namlik o‘zgarishini nazorat qilish va egatlab sug‘orishda fil`tratsiya jarayonini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ushbu tadqiqot doirasida Qashqadaryo viloyatining sizot suvlari sathi                          2,0; 2,5; 3,0 m chuqurlikdagi sharoitlari uchun kompleks tadqiqotlar o‘tkazish mumkin bo‘lgan, strukturasi buzilmagan monolit tuproqli lizimetrik majmua yaratilgan; 
tuproqning suv-tuz rejimini hisobga olish va monitoring qilishning zamonaviy vositalaridan foydalangan holda lizimetrlarda hisobiy qatlamdagi namlik, tuzlar harakati, gidrogeologik sharoitlar ta’sirini o‘rganish  bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan;
lizimetrik majmua yordamida sizot suvlarining har xil  sathi va turli xil sho‘rlangan tuproqlar sharoitida “Buxoro-6”  va “Porloq-4” navli g‘o‘zalarning sug‘orish rejimi va uning  umumiy suv iste’moli elementlari o‘rnatilgan; 
reprezentativlik darajasiga ko‘ra Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining 55,8% maydonlari sharoiti bilan lizimetrik uchastka tuproqlarining o‘xshashligi asosida hududning suv-tuz muvozanati elementlari aniqlangan;
g‘o‘zani egatlab sug‘orishda infiltratsiya oqimining parametrlari masalasining sonli echimi analitik echim bilan mos kelishi aniqlandi. Bussinesk tenglamasidan foydalanib boshlang‘ich va chegaraviy shartlarni qabul qilgan holda lizimetrik sharoit uchun    oraliqda uzlyuksiz bir xil qiymatga ega bo‘lmagan lizimetrik depressiya egri chizig‘i shakli olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarshi cho‘lining har xil darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida ekinlarni sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish, tuproq suv-tuz tartibini rostlash maqsadida:
er ustidan egatlab sug‘orish jarayonida kechadigan gidromexanik jarayonlar, o‘simliklar yalpi suv iste’molini aniqlash maqsadida qurilgan agromeliorativ lizimetrlarda tadqiqot ishlari olib borilgan. Lizimetrik kuzatuvlar natijalariga asoslangan holda o‘rta mexanik tarkibli, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan va sizot suvlari o‘rtacha sathi 2,0-2,5 m bo‘lgan Qarshi tumani hududi sharoitida g‘o‘zaning “Buxoro-6” navi uchun optimal sug‘orish rejimi aniqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10-dekabrdagi 03/37-2712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yillik evapotranspiratsiya miqdori va sug‘orish suvining samaradorlik koeffisienti yaratilgan;
g‘o‘zaning “Porloq-4” navi uchun evapotranspiratsiyani hisoblashning takomillashtirilgan uslubi yaratildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-dekabrdagi 03/37-2712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada  Nishon tumani irrigatsiya bo‘limi faoliyatiga tatbiq etilgan; 
lizimetrik majmuada o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida egatlab sug‘orish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish, viloyat hududida barpo etilgan lizimetrik majmua kuzatuvlari natijalaridan foydalanib har xil navli g‘o‘zalarning yalpi suv iste’moli (evapotranpiratsiya) miqdorini aniqlash asosida uning sug‘orish tartibini belgilash masalalari bo‘yicha ilmiy tavsiyanoma ishlab chiqildi. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida qo‘llanilgan suv muvozanati elementlari Qashqadaryo viloyatining o‘rta va engil  mexanik tarkibli, o‘rtacha darajada sho‘rlangan erlarida sinab ko‘rildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10-dekabrdagi 03/37-2712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada erlarning meliorativ holatini yaxshilanishi tadbirlari Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tatbiq etilgan.
Dissertatsiya doirasida ishlab chiqilgan uslublar, hisoblash usullari suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha muassasalari va qurilish invest korxonalari faoliyatiga tatbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish