Safarova Shaxlo Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson huquqlari bo‘yicha ta’limni amalga oshirishning xalqaro va milliy-huquqiy mexanizmlari”, 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu1002.
Ilmiy rahbar: Tillabaev Mirzatillo Alisherovich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.39.30.11.2020.Yu/S.128.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Govxerjan, yuridik fanlar doktori (DSc), professor; Nugmanov Nugman Abdullaevich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson huquqlari bo‘yicha ta’limni amalga oshirishning xalqaro va milliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BMTga a’zo-davlatlarni, mintaqaviy va milliy organlarni demokratiya uchun ta’limni fuqarolik ta’limi, inson huquqlari sohasida ta’lim va barqaror rivojlanish manfaatlarida ta’lim bilan birga davlatlarning ta’lim standartlariga kiritish lozimligi asoslantirilgan;
inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldirishi, inson huquqlari sohasida ta’limni amalga oshirish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashishi lozimligi asoslantirilgan;
oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazlarida kadrlarning inson huquqlari, gender tenglik masalalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirish maqsadida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” o‘quv kurslarini joriy etish lozimligi asoslantirilgan;
inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyatini jamiyat hayotining barcha jabhalarida inson huquqlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning ilmiy asoslarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning samaradorligini inson huquqlarini ta’minlash boyicha huquqiy amaliyot ehtiyojlariga muvofiq oshirish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson huquqlari ta’limining xalqaro va milliy-huquqiy mexanizmlarining nazariy-amaliy muammolarini bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari quyidagilarda foydalanilgan:
BMTga a’zo-davlatlarni, mintaqaviy va milliy organlarni demokratiya uchun ta’limni fuqarolik ta’limi, inson huquqlari sohasida ta’lim va barqaror rivojlanish manfaatlarida ta’lim bilan birga o‘zlarining ta’lim standartlariga kiritish lozimligiga oid takliflari BMT Bosh Assambleyasining 2023-yil 18-yanvardagi “Demokratiya manfaatlarida ta’lim” 77/268-son rezolyusiyasining 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining BMT doimiy vakolatxonasining 2023-yil 3-fevraldagi 034-06-12/136-2-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif inson huquqlari sohasida ta’lim va demokratiya uchun ta’lim o‘rtasidagi bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi xususiyatga ega aloqalarni mustahkamlash, demokratik qadriyatlar va inson huquqlarini qo‘llb-quvvatlash bo‘yicha o‘quv dasturlari va rejalari, o‘quv kurslarini ishlab chiqish borasida davlatlar faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldirishi, inson huquqlari sohasida ta’limni amalga oshirish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashishi lozimligiga doir takliflar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 3-maydagi 02-03/574-son dalolatnomasi). Mazkur taklif inson huquqlari ta’limi orqali inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning faoliyati samaradorligini kuchaytirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazlarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” o‘quv kurslarini joriy etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-son qarorining 2-bandi, qaror bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 19-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 12-maydagi 12-15-11-son dalolatnomasi). Mazkur taklif inson huquqlari, ayollar va bola huquqlariga oid bilimlarni oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash kurslarida yanada chuqur o‘rgatish hamda talaba va tinglovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilgan;
inson huquqlari sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 79-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 12-maydagi 12-15-11-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilmiy ishlar samaradorligini oshirish, inson huquqlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan.