Yuldasheva Manzura Muxamad-Tofik qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda ishemik insul`tlarning patogenetik podtiplariga qarab klinik-neyroimmunologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib635.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 ni boshdan kechirgan bemorlarda, uning patogenetik podtiplariga qarab, miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor II bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 fonida lakunar insul`t (LI) va gemoreologik mikrookklyuziyali kichik insul`tlar nisbatining endotelial disfunksiya va giperkoagulyasiya sababli ortishi isbotlangan;
lakunar insul`t bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 fonida eng yuqori integral sitokin indeksi bilan giperyallig‘lanish tizimli reaksiya sababli yallig‘lanishga javob beruvchi interleykin IL-6ning darajasi orasida bog‘liqlik aniqlangan;
II kichik turlariga qarab COVID-19 bilan kasallangan ayniqsa lakunar II mavjud bemorlarda qon-tomirlarning yallig‘lanishi sababli endotelial shikastlanish belgisi E-selektin darajasi faol bo‘lishi asoslangan;
COVID-19 hamda II birgalikda og‘rigan bemorlarda nafas etishmovchiligining klinik belgilari bo‘lmasligi fonida kislorod darajasining pastligi va ertalabgi soatlarda RCO2ning yuqori darajasida “ovozsiz” gipoksiya keltirib chiqaruvchi xavf omillaridan biri bo‘lishi aniqlangan;
IIning o‘tkir davrida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda vegetativ qon aylanish indeksi (VQAI) qiymatining oshishi va o‘tkir davrning oxirida organizmning moslashish mexanizmlarining kamayishi sababli vagotoniya shakllanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 3 yanvardagi 03/164-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 30 sentyabrdagi 03/125-sonli xati yuborilgan.):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor II bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 fonida lakunar insul`t (LI) va gemoreologik mikrookklyuziyali kichik insul`tlar nisbatining endotelial disfunksiya va giperkoagulyasiya sababli ortishi isbotlangan, bu o‘z navbatida qiyosiy va erta tashxisni amalga oshirilgan va kerakli reabilitatsiya muolajalarni ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirganligi aniqlangan va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 25 avgustdagi 86/4-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasining 2023 yil 21 oktabrdagi 122 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan zamonaviy davolash tadbirlarining kompleks yondashuvidan foydalanish, bemorlarni IIdan keyingi davrda reabilitatsiya muddatini qisqartirishga ta’sir qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishemik insul`t (II) bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 fonida lakunar insul`t (LI) va gemoreologik mikrookklyuziyali kichik insul`tlar nisbatining endotelial disfunksiya va giperkoagulyasiya sababli ortishi erta davrda antikoagulyatlarni joriy etish, natijada ananaviy usulda davolash 400000 ming so‘mda tushsa, taklif etgan usulda 250000 so‘mga tushmoqda, iqtisod qilingan byudjet mablag‘lari har bir bemor uchun 150000 so‘m ni tashkil qilgan, ya’ni ortiqcha dori vositalardan foydalanmaslik hisobiga madlag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: II bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 fonida lakunar insul`t (LI) va gemoreologik mikrookklyuziyali kichik insul`tlar nisbatining endotelial disfunksiya va giperkoagulyasiya sababli ortishi sababli erta davrda antikoagulyatlarni joriy etish natijasida har 1 nafar bemordan 150 000 so‘mni byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: lakunar insul`t bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 fonida eng yuqori integral sitokin indeksi bilan giperyallig‘lanish tizimli reaksiya sababli yallig‘lanishga javob beruvchi interleykin IL-6ning darajasi orasida bog‘liqlik aniqlanganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 25 avgustdagi 86/4 son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasining 2023 yil 21 oktabrdagi 122-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: IIni davolash va reabilitatsiya qilishning muvaffaqiyati nafaqat aniq va o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, balki yaqinda COVID-19 bilan xastalanganlik haqidagi faktni, kasallikning o‘ziga xos, noodatiy kechishini hisobga olish, modifikatsiyalashtirilgan reabilitatsiya, dori-darmon terapiyasidan foydalanish bilan bog‘liqligi, shu tariqa IIda nevrologik tanqislikning tiklanishini tezlashtirish, asoratlar sonini olishi yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: II bilan og‘rigan bemorlarga sarf qilinadigan vaqt 28,3% va xarajatlar esa 23,6% ni tashkil etdi. Xulosa: yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, o‘tkir davrda IS bilan og‘rigan bemorlarni o‘rganishning joriy etilgan usuli samarali va uni amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiq.
uchinchi ilmiy yangilik: II kichik turlariga qarab COVID-19 bilan kasallangan ayniqsa lakunar II mavjud bemorlarda qon-tomirlarning yallig‘lanishi sababli endotelial shikastlanish belgisi E-selektin darajasi faol bo‘lishi asoslanib, Toshkent viloyatining Oqtosh sanatoriysining 2023 yil 5 avgustdagi 98 sonli, Botanika sanatoriysining 2023 yil 15 avgustagi 91/1-t-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: IIda nevrologik tiklanishini tezlashtirish, E-selektin darajasi faol bo‘lishi kasallikni erta aniqlab, asoratlarni kamayish bilan isohlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: II kichik turlariga qarab COVID-19 bilan kasallangan, ayniqsa lakunar II mavjud bemorlarda qon-tomirlarning yallig‘lanishi sababli endotelial shikastlanish belgisi E-selektin darajasi faol bo‘lishi asosida joriy etilgan usul natijasida tadqiqot guruhida davolash usullarini optimizatsiyasi 42,3 foizga, byudjetdan sarf qilinayotgan mablag‘ miqdori 15,4 foizga qisqarishi aniqlangan. Xulosa: II kichik turlariga qarab COVID-19 bilan kasallangan ayniqsa lakunar II mavjud bemorlarda qon-tomirlarning yallig‘lanishi sababli endotelial shikastlanish belgisi E-selektin darajasi faol o‘z qaqtida aniqlab, reabilitatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida joriy qilish davolash usullarini optimizatsiyasi 42,3 foizga, byudjetdan sarf qilinayotgan mablag‘ miqdori 15,4 foizga qisqartirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 hamda II birgalikda og‘rigan bemorlarda nafas etishmovchiligining klinik belgilari bo‘lmasligi fonida kislorod darajasining pastligi va ertalabki soatlarda RCO2ning yuqori darajasida “ovozsiz” gipoksiya keltirib chiqaruvchi xavf omillaridan biri bo‘lishi aniqlanib, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 25 avgustdagi 86/4-son va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasining 2023 yil 21 oktabrdagi 122 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasidan (Covid-19) aziyat chekkan bemorlarni davolashning dastlabki bosqichlarida reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish taktikasini erta qo‘llash orqali boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika sifatini yaxshilashga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: II kichik turlariga qarab COVID-19 bilan kasallangan ayniqsa sitokin shtormni oldini olish uchun kislorod darajasi va oksigenoterapiyani qo‘llash dori-darmonga ketadigan mablag‘larni har bir bemor uchun 78,0 ming so‘mgacha qichqartirish aniqlangan. Xulosa: COVID-19 hamda II birgalikda og‘rigan bemorlarda nafas etishmovchiligining klinik belgilari bo‘lmasligi fonida kislorod darajasi va oksigenoterapiyani yaxshilash orqali har 1 bemordan 78,0 ming so‘m byudjetdan ajratiladigan mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: IIning o‘tkir davrida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda vegetativ qon aylanish indeksi (VQAI) qiymatining oshishi va o‘tkir davrning oxirida organizmning moslashish mexanizmlarining kamayishi sababli vagotoniya shakllanishi isbotlanib, Toshkent viloyatining Oqtosh sanatoriysining 2023 yil 5 avgustdagi 98 sonli, Botanika sanatoriysining 2023 yil 15 avgustagi 91/1-t-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasini - Covid-19ni davolashda qo‘llanilgan kompleks terapiya va reabilitatsiya choralariga qaramay, Covid-19 bilan bog‘liq insultdagi klinik funksiyalarning tiklanishini sekinlashadi. Shu munosabat bilan, bemorlarning klinik ko‘rsatkichlari va nevrologik holatini kamida 90 kun davomida kuzatish, shuningdek, qon ivish parametrlarining klinik va laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish hamda nafas olish tizimiga oid sanator-kurort muassasalarga yuborish muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: IIning o‘tkir davrida COVID-19 bo‘lgan bemorlarga o‘z vaqtida sanator-kurort muassasalarga yuborish natijasida statsionarga qayta murojaatlar soni 1,3 marta, ambulatoriya-poliklinika muassasalariga 2 marta qisqarishi aniqlangan. Bu o‘z navbatida davlat byudejtidan ajratiladigan mablag‘larni maqsadli ishlatish imkonini bergan. Xulosa: IIning o‘tkir davrida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda vegetativ qon aylanish indeksi (VQAI) qiymatining oshishi va o‘tkir davrning oxirida organizmning moslashish mexanizmlarining kamayishi sababli vagotoniya shakllanishini oldini olish maqsadida bemorlarni o‘z vaqtida reabilitatsiyaga yuborish va bunda statsionarga qayta murojaatlar soni 1,3 marta, ambulatoriya-poliklinika muassasalariga esa 2 marta qisqarib, davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larni maqsadli ishlatish imkonini bergan.