Faqerov Gurezxon Murodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tojikiston ko‘mirlari asosida o‘simliklarning o‘sishini rostlovchi vositalar  va kompleks organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3822.
Ilmiy rahbarlar: Sharipova Xabiba Teshaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent; /Mirzoev Baxodur, texnika fanlari doktori, dotsent/. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nurmurodov Tulqin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sho‘rob ko‘mir koni va Qoratog‘ (Tojikiston) fosforitlari, shuningdek, Markaziy Qizilqum (O‘zbekiston) fosforitlari asosida O‘O‘R va OMO‘ olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sho‘rob koni qo‘ng‘ir ko‘mirini nitrat kislota bilan oksidlash jarayoniga har xil texnologik omillarning ta’sir qilish qonuniyatlari aniqlangan;
ko‘mirni nitrat kislota bilan oksidlashda Sho‘rob koni ko‘miridan kimeviy elementlarni NKA-ga o‘tish dinamikasi asoslangan;
Tojikistonning oksidlangan qo‘ng‘ir ko‘miridan GK-larini natriy va kaliy gidroksidlari eritmalari bilan ekstraksiya qilish kinetikasi va hosil bo‘lgan gumatlarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
NKA li aralashmadan va Sho‘rob konidagi ko‘mirni NNO3 bilan qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan shlamdan hamda Qoratog‘ va Markaziy Qizilqum  fosforitlaridan OMO‘ olish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
OMO‘ fizik-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishini texnologik parametrlarga bog‘liqligi aniqlangan;
o‘simliklarni o‘sishini rostlovchi vositalar, yuqori tovar xossalariga ega bo‘lgan OMO‘, hamda kaliy va natriy nitratlar olishning chiqindisiz moslashuvchan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sho‘rob qo‘ng‘ir ko‘mirini nitrat kislota bilan oksidlashning samarali usuli va uning asosida O‘O‘R vositalar, kompleks organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past navli Sho‘rob ko‘miridan samaradorligi 93,33% bo‘lgan O‘O‘R vositalar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 7 sentyabrdagi 197-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida o‘simliklardan erta hosil olish uchun o‘simliklarni o‘sishini rostlovchi vositalar olish imkonini beradi;
past navli Sho‘rob ko‘miridan samaradorligi 80% -dan yuqori bo‘lgan kompleks OMO‘ olish texnologiyasi  “Elektrokimyozavod” QK AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 7 sentyabrdagi 197-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalari qishloq xo‘jaliklari ekin maydonlaridagi tuproq  unumdorligini, hosildorlikni oshiruvchi eksportga yo‘naltirilgan qattiq azot-fosfor-kaliy-gumusli o‘g‘itlar olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish