Madraximov Alisher Xasanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zararkunanda hashoratlar populyasiyasini aniqlash  model va algortimlari”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4057
Ilmiy rahbar: Muhamedieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori, dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor;
Boltibaev Shuxratjon Komiljanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uchuvchisiz uchish apparati yordamida olib borilgan monitoring asosida zararkunanda hashoratlar populyasiyasi parametrlarini aniqlash,  nochiziqli parabolik differensial tenglama va tenglamalar tizimi orqali ifodalangan matematik modeli hamda uning asosida ko‘p komponentli o‘zaro diffuziya jarayonlarini tavsiflovchi sonli sxemalar, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
echimlarni solishtirish tamoyillari asosida gala bo‘lib yashovchi zararkunanda hashoratlar biologik populyasiyasining ko‘p komponentli kross-diffuzion jarayonlar modeli ishlab chiqilgan;
uchuvchisiz uchish qurilmalari orqali olingan tasvir sohasini sonli parametrlari qiymatlari va o‘lchamliligiga bog‘liq holda gala bo‘lib yashovchi zararkunanda hashoratlar biologik populyasiyasining konvektiv ko‘chishli ko‘p komponentli kross-diffuzion jarayonlari modeli taklif etilgan;
avtomodel yondashuvi asosida gala bo‘lib yashovchi zararkunanda hashoratlar biologik populyasiyasi ko‘p komponentli kross-diffuzion tenglamalar tizimlarining quyi hamda yuqori echimlarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich echimlarni shakllantirish asosida kross-diffuzion tenglamalar tizimlari echishning iteratsion algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Zararkunanda hashoratlar holatini aniqlashning mavjud hamda taklif etilgan model va algoritmlari yordamida ishlab chiqilgan dasturiy majmua asosida:
echimlarni solishtirish tamoyillari asosida gala bo‘lib yashovchi zararkunanda hashoratlar biologik populyasiyasining ko‘p komponentli kross-diffuzion tenglamalarni echish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tizimidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” DUK da joriy qilingan (Raqamli texnologiyalari vazirligining 2023-yil 24-oktyabrdagi 33-8/7390-son ma’lumotnomasi). Natijada uchuvchisiz uchish apparati yordamida zararkunandalarning ko‘payishini tahlil qiluvchi apparat-dasturiy ta’minoti zararkunandalar ko‘payishi holati haqida ma’lumotni online olish imkoniyatini beradi va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ketadigan vaqtni 17 foizga qisqartiradi.
uchuvchisiz uchish qurilmalari orqali olingan tasvir sohasini sonli parametrlari qiymatlari va o‘lchamliligiga bog‘liq holda gala bo‘lib yashovchi zararkunanda hashoratlar biologik populyasiyasining konvektiv ko‘chishli ko‘p komponentli kross-diffuzion tenglamalarshni echish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida  joriy qilingan (Raqamli texnologiyalari vazirligining 2023-yil 24-oktyabrdagi 33-8/7390-son ma’lumotnomasi). Yaratilgan mos boshlang‘ich yaqinlashishlar va sonli modellashtirishni amalga oshiruvchi hisoblash sxemalari, algoritmlar, hamda dasturlar majmuasini tatbiq etish orqali kerakli va yuqori samaradorlik qayd etilgan.
avtomodel yondashuvi asosida gala bo‘lib yashovchi zararkunanda hashoratlar biologik populyasiyasi ko‘p komponentli kross-diffuzion tenglamalar tizimlarining quyi hamda yuqori echimlarini aniqlash algoritmi va boshlang‘ich echimlarni shakllantirish asosida kross-diffuzion tenglamalar tizimlari echishning iteratsion algoritmi dasturlar majmuasi Toshkent shahar “ROBOTICS LAB FUTURE TEChNOLOGY COMPANY” MChJ faoliyatida qo‘llanilgan (Raqamli texnologiyalari vazirligining 2023-yil 24-oktyabrdagi 33-8/7390-son ma’lumotnomasi). Yaratilgan model va dastur ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ketadigan vaqtni 16 foizga qisqartiradi va hashoratlarga qarshi kurashish samaradorligini 14 foizga oshirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish