Baltaniyazov Adilbay Sarsenbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zapoya maydalagichni takomillashtirish va uning asosiy ishchi organlarining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T418.
Ilmiy rahbar: Auezov Ong‘arbay Pirleshovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor;  Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. G‘o‘zapoya maydalagichning konstruksiyasini takomillashtirish va uning ishchi qismlari parametrlarini asoslash orqali g‘o‘zapoyalarning maydalanish darajasini va sifatini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
g‘o‘zapoya maydalagich ishchi qismining konstruksiyasi g‘o‘zapoyalarni qirqib maydalashini hisobga olgan holda takomillashtirilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan; 
g‘o‘zapoya maydalagich ishchi qismi parametrlari va rejimlarining o‘zgarish chegaralari uning g‘o‘zapoyalar bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalaydigan matematik modellar asosida aniqlangan;
g‘o‘zapoya maydalagich kesuvchi pichoqlarining parametrlari g‘o‘zapoyalarning agrotexnik talablar darajasida maydalanishini hisobga olgan holda aniqlangan; 
g‘o‘zapoya maydalagichning ish sifatini ta’minlaydigan ishchi qismlarining maqbul qiymatlari, ularning energetik va agrotexnik ish kursatkichlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zapoya maydalagichni takomillashtirish va parametrlarini asoslashga oid tadqiqotlar natijalari bo‘yicha: 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazidan dalalarni shudgorga tayyorlash jarayonida g‘o‘zapoyalarning maydalanish darajasi va to‘liqligini oshiradigan g‘o‘zapoya maydalagich ixtirosiga patent olingan («G‘o‘zapoya maydalagich», IAP №06060 – 2019 y.). Natijada g‘o‘zapoya maydalagichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan; 
takomillashtirilgan ishchi organga ega g‘o‘zapoya maydalagich Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegayli, Shumanay va Xo‘jayli tumanlarining fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 iyuldagi 
01/01-2455 son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyalarning maydalanish darajasi 96,6 % ni, ya’ni uzunligi 4-6 sm oralig‘ida bo‘lgan g‘o‘zapoyalar 31,6 %, 6-8 sm oralig‘ida bo‘lgan g‘o‘zapoyalar 44,3 %  va  8-10 sm oralig‘ida bo‘lgan g‘o‘zapoyalar 20,7 % ni tashkil etgan;
taklif etilgan g‘o‘zapoya maydalagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) “BMKB–Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etish uchun topshirilgan (Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 5 iyuldagi 01/01-2455 son maʼlumotnomasi).  Natijada takomillashtirilgan g‘o‘zapoya maydalagichni ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish